• TT i \
  • A b rasm. Termoplastik materiallami payvandlash
  • Mavzuni mustahkamlash
  • Tikuvchilik asoslari cdr




    Download 7,12 Mb.
    bet40/85
    Sana02.02.2024
    Hajmi7,12 Mb.
    #150514
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   85
    Bog'liq
    Tikuvchilik asoslari

    i


    SB


    24


    TT


    i


    \


    -ЩИ-





    A b

    1. rasm. Termoplastik materiallami payvandlash


    1. usul. Ultratovush bilan payvandlab ulashda va bezak bahyaqatorlar bosish uchun ipsiz tikish BSHM mashinasi ishlatiladi. Termoplastik materialga ultratovush tebranishi va bosim ta'siretadi. Ultratovush bir-biriga tegib turgan detallar orqali o‘tib, tebranishning mexanik ta'siri va to‘lqinlanish ta'sirida issiqlik xosil bo‘lib, material payvandlanadi.

    BSHM mashinasida quyidagi baxyaqtorlar xosil bo‘ladi: \\\\\\\\, , ,


    sssss, ******, ooooo,


    Payvandlash yo‘li bilan biriktirma, qo‘yma, bukma, tutashtirma choklar
    xosil qilinadi. Erkaklar ko‘ylagiga " Kombi-teks" usuli bilan oyoqchali tugmalarni chatish mumkin.

    1. Biriktirma payvand chok - oddiy bo‘lib, suv o‘tkazmaydi, unchalik pishiq emas (3.2.6-rasm, a).

    2. Ochiq qirqimli bukma chok - bort cheti, yoqa chetiga ishlov berishda, yeng va kiyim etagini bukib payvandlashda ishlatiladi (b ).

    3. Ochiq qirqimli qo‘yma chok - kiyimning yon, yelka, yeng qirqimlarini biriktirishda ishlatiladi. U suv o‘tkazmaydi( v ).

    4. Bir qirqimi yopiq qo‘yma chok - qoplamali materiallarning xamma detallarini biriktirishda ishlatiladi. U pishiqroq va chiroyliroq( g ).


    5. Tutashtirma chok - adip bo‘laklarini, ostki yoqa bo‘laklarini payvandlashda ishlatiladi (d).


    1. rasm. Payvandchoklar: a-biriktirma payvand chok; b-ochiq qirqimli bukma chok; v-ochiq qirqimli qo‘yma chok; g-bir qirqimi yopiq qo‘yma chok; d-

    tutashtirma chok.
    Payvandlashni robotlashtirishda YuChT va UT bilan payvandlash katta ahamiyatga ega. Masalan: kiyimga emblema yopishtirish uchun UZP-2500-A (BolgariYA) pressi ishlatiladi. UT pressining UPU-1 qurilmasi esa kiyim detallariga izma va puxtalama tayyorlash uchun ishlatiladi. Payvand chokning konstrukstiyasi va o‘lchamlari materialning qalinligiga, payvandlash usuliga va chok nimaga mo‘ljallanganiga qarab har xil bo‘ladi. Payvand chokning qalinligi payvand qilinayotgan gazlama bitta qatlamining qalinligidan kam bo‘lmasligi kerak. Agar chokning qalinligi payvand qilinayotgan gazlama bitta qatlami qalinligidan kam bo‘lmasa, uning statik pishiqligi kamayadi.
    Chokning konstrukstiyasi va o‘lchami chok nimaga mo‘ljallangan ekaniga ham bog‘liq. Agar chok unchalik zo‘r kelmaydigan detallarni ulashga mo‘ljallangan, uning cheti odam badaniga tegmaydigan bo‘lsa, bunday chok qirqilgan, ochiq bo‘lishi mumkin.
    Payvand chokning xususiyatlarini belgilaydigan asosiy kursatkichlar chokning uzilishga nisbatan pishiqligi, uning cho‘ziluvchanligi, qattiqligi, chidamliligi hisoblanadi. Uzilishga nisbatan pishiqlik chok buzilgunga qadar unga bir bor tasir etgan kuch qiymati qanchaligini belgilaydi. Agar bu kuch qiymati chokning uzilishiga nisbatan pishiqligi qiymatidan ortiq bo‘lsa, chok yirtilib ketadi. Demak kiyim ishlatilishi jarayonida uning chokiga tasir etadigan kuchlardan ko‘ra chokning uzilishga nisbatan pishiqligi ancha ortiq bo‘lishi kerak. Chokka tasir etadigan kuchlarning bir qismini gazlama o‘ziga olib, chok bilan birga cho‘ziladi. Chok gazlama bilan birga qancha ko‘p cho‘zilib turgan bo‘lsa, chokni yirtadigan darajadagi kuchning qiymati shuncha kam bo‘ladi. Shuning uchun choklar cho‘zila olishining payvand choklar xususiyatini baholashda ahamiyati katta. Choklar qanchalik qattiq bo‘lsa, buyumni ishlatish jarayonida chok pishiqligining shunchalik ko‘p qismi yuqoladi. Nihoyat, choklarning chidamliligi tikuvchilik buyumining qancha vaqt ishga yarashini belgilaydi. Choklarning chidamliligi qancha yuqori bo‘lsa, ularning xizmat qilish muddati shuncha uzoq bo‘ladi.





    TIKUV BUYUM DETALLARINI PAYVANDLAB BIRIKTIRISH




    Tikuvchilik korxonalarida kiyim tikishda polivinilxlorid qoplangan materiallar ko‘p ishlatilmoqda. Bu materiallarning asosi ip gazlama, sun’iy va sintetik tolali material yoki trikotaj polotno bo‘lib, uning ustiga polivinilxlorid qoplangan bo‘ladi. Bundan tashqari, plyonka shaklidagi materiallar ham ishlatiladi. Bu materiallarni ip bilan ulashda choklar uncha pishiq chiqmaydi va suv o‘tkazuvchan bo‘ladi. Ularni yelimlab, ulab bo‘lmaydi, chunki issiq pressda presslash mumkin emas. Bundan tashqari yelimning hojati yo‘q, chunki termoplastik plyonkalar va polivinilxlorid qoplangan materiallarning o‘zi termoplastik xususiyatga ega. Shuning uchun bu materiallardan kiyimlar tayyorlashda payvandlab ulash usulidan foydalaniladi. Payvandlash yo‘li bilan pishiq choklar hosil qilish, ayrim detallarni esa bezash ham mumkin. Payvand choki hosil qilishda hech qanday begona modda aralashtirilmaydi.
    Termoplasitk material ma’lum haroratgacha qizdirilganda, yuksak elastik holatdan yopishqoq cho‘ziluvchan holatga o‘tadi, shunda ma’lum kuch bilan tasir etib, keyin sovitilsa, pishiq payvand chok hosil bo‘ladi. Tikuvchilik sanoatida, elektrda qizdirib payvandlash, yuqori chastotali tok va ultratovush bilan payvandlash usullari bor.
    Elektrda qizdirib payvandlash usulida termoplastik materialning ulanadigan joyini qizdiruvchi asbobda kontakt yo‘li bilan qizdirib yumshatiladi. Sovitilgandan keyin yumshatilgan joyda payvand chok hosil bo‘ladi. Qizitgich har xil o‘lchamli va shaklli elektr asbob bo‘lib, o‘lchami va shakli detal shakliga va payvandlanadigan materialga bog‘liq bo‘ladi. Plyonkalarni payvandlashda, plyonka qizigan metall yuziga yopishib qolmasligi uchun, payvandlanayotgan detal ustiga kalka qog‘oz yoki yupqa ftoroplast yopib qo‘yiladi. Elektrda qizdirib payvandlashda rolikli qizdirgichdan foydalaniladi yoki «Pfaff» firmasining 8300 klass mashinasi qo‘llaniladi.
    Yuqori chastotali tok bilan payvandlashda termoplastik material yuqori chastotali o‘zgaruvchan elektr tok bilan qiziydigan ikkita plastinka orasiga joylashtiriladi. Plastinkalar orasida issiqlik ajralishiga yuqori chastotali tok elektr maydonida polimerlardagi dipol ( bir-biridan muayyan masofada joylashgan qarama-qarshi ishorali elektr zaryadli) molekulalar siljib, muayyan ish bajarishi sabab bo‘ladi. Issiqlik ta’sirida
    material yumshab, payvandlanadi.
    Termoplastik material yuqori chastotali maydonda juda tez payvandlanadi. Masalan, qalinligi 0,15—0,2 mm bo‘lgan plashlik polivinilxlorid plyonka 2—3 sekundda payvandlanadi.
    Ultratovush bilan payvandlash usulida termoplastik materialga ultratovush tebranishi va bosim ta’sir etadi. Tebranayotgan jism shu tebranish energiyasini yutib, uni issiqlikka aylantiradi. Ultratovush chastotali tebranishlar bir-biriga tegib turgan detallar orqali o‘tayotganda bu tebranishlarning mexanik ta’siri va to‘lqinlanishi ta’sirida material payvandlanadi.




    Payvandlash yo‘li bilan biriktirma, qo‘yma, bukma, tutashtirma choklar hosil qilish mumkin (3.11-rasm).
    Biriktirma payvand chok suv o‘tkazmaydigan bo‘lib, boshqa payvand choklarga qaraganda oddiyroq. Bu chok pishiqlikni talab qilmaydigan va suv o‘tkazmaydigan joylarda qo‘llaniladi.
    Ochiq qirqimli bukma payvand chok bort cheti, yoqa chetiga ishlov berishda, kiyim etagini va yeng uchini bukib payvandlashda ishlatiladi. Ochiq qirqimli qo‘yma payvand chok suv o‘tkazmaydigan kiyimlarning yelka, yon, yeng va boshqa qirqimlarini biriktirish uchun ishlatiladi.





    7.3-rasm. Kiyim detallarini payvandlab biriktirish choklari.


    Mavzuni mustahkamlash
    4-ilova

    "BBB" metodi bu B-B-B sxemasi bo'yicha o'quvchilar bilan mavzuni mustahkamlash uchun ijodiy ishlash metodi.
    O'quvchilar guruhlarga bo'linishadi. O'tilayotgan mavzu yoki tushuncha yuzasidan har bir guruh o'zaro hamkorlikda «Bilamiz» ustunini to'ldirishadi. Doskadagi birinchi ustunga esa barcha guruhlaming javoblari jamlanadi. Berilgan javoblar toifalar bo'yicha gumhlanadi.
    Keyi har bir guruh a’zolari o'zaro kelishilgan holda “Bilib oldim” ustuniga mavzu bo’yicha olgan maTumotlarini kiritadilar. Doskada ikkinchi ustunga har bir gumhning javoblari jamlanadi.
    «Bilishni xohlayman» ustuniga mavzu yuzasidan o'zini qiziqtirgan savollarni yozib chiqishadi. Doskadagi uchinchi ustunga esa barcha guruhlaming savollari jamlanadi. Shundan so ng o’quvlar mavzu yuzasidan matn (ma’ruza) bilan to'liq tanishib chiqadilar va jadvalning uchinchi ustuniga qaytib, o'zlari bilishni xohlagan savollardan qaysilariga javob topganligini belgilab chiqishadi. Savollarga topilgan javoblar daftarlariga qayd etadilar. O’quvchilami qiziqtirgan qaysidir savolga javob chiqmay qolgan bo'lsa, uni o'qituvchi to'ldirishi yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshirishi mumkin



    Bilaman

    Bilib oldim

    Bilishni xoxlayman






































    Uyga vazifa
    5-ilova
    Mavzuni takrorlash. Payvand chok turlari mavzusida albom tayyorlash.
    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. M.K. Rasulova “Tikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi” Toshkent “Turon-Iqbol” 2012

    2. N.S.Gaipova, M.tursunxo‘jayeva, Q.Abdullayeva, X.Boboxonova “Tikuvchilik texnologiyasi va jixozlari” (kasb-hunar kolleji talabalari uchun o‘quv qo‘llanma) 3- nashr. Toshkent-2016y.

    3. Qaxramon Olimov “Tikuvchilik korxonalari, jixozlari va uskunalari”. (kasb-hunar kollejlari uchun darslik) qayta nashr. Toshkent-2013y.

    4. М.Т.Труханова, «Справочник молодого швейника». Бывшая школа 2005 год.

    5. М.Т.Труханова, «Технология женской и детской легкой одежды». 2005 год.

    Internet manbaalari

    1. https://sheisama.ru/publ/tekhnologija shvejnogo proizvodstva/razdel 1/15 proc essy vlazhno teplovoj obrabotki detalej odezhdy/114-1-0-1155

    2. https://wanttosew.ru/blog/chto-takoe-vto/

    3. https://burdastyle.ru/master-klassy/tips/vlazhno-teplovaya-obrabotka-9-prostyh-


    sovetov-po-utyuzhke-v-processe-shitya 31421/






    Download 7,12 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   85




    Download 7,12 Mb.