|
Detalning butun yuzasi bo‘yicha qotirma qo‘yish
|
bet | 36/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslariDetalning butun yuzasi bo‘yicha qotirma qo‘yish - ostki yoqalarga (6.3- rasm,a), cho‘ntak qopqoqlarga ( b ) qotirma qo‘yishdir.
it (f
rasm. Detallarga butun yuzasi bo‘yicha qotirma qo‘yish.
Masalan: ostki yoqaning qotirmasi 2 bo‘lakdan iborat bo‘lib, ostki yoqaning o‘rta choki biriktirib tikilib, choklari yorib dazmollangandan keyin press yordamida yopishtiriladi. Moskva institutida Savostistkiy taklifi bilan bort qotirmasining yangi konstrukstiyasi ishlab chiqilgan. Bunda elka tagligi 45 gradus burchak ostida bichiladi. Bu usul old bo‘lakka forma berish bilan birga uning qattiqligini oshiradi .
Qirqimi ochiq usulda detallarni bukib ishlash - Yeng uchini, ort bo‘lak kesimini, yoqani ishlashda ishlatiladi (6.4-rasm , a ). Masalan: ostki yoqa chetiga ishlov berish uchun OVK-6, OVK-7 yarim avtomat presslari, ort bo‘lak kesimi uchun esa OKSh-1 presslari ishlatiladi.
Detal qirqimlarini yopiq qilib ishlash - listochka, cho‘ntak qopqoqlarini ishlashda ishlatiladi. Buning uchun avval cho‘ntak qopqoq avrasi falst press
yordamida buklanib, buklangan chetiga dozator yordamida yelim kukuni sepiladi
yoki yelim plyonka yopishtiriladi, so‘ngra cheti buklangan astar bilan birlashtirilib,
press yordamida yopishtiriladi (6.4-rasm , b).
|
| |