|
Yelimli birikmalar yordamida detallarga ishlov berish
|
bet | 35/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslariYelimli birikmalar yordamida detallarga ishlov berish.
Kiyim tikishda yelimli birikmalarni ishlatish turli usullarda bajariladi. Bunda
operastiyalarning bir qismi ketma-ket bajariladi. Masalan: uqa qo‘yish, yelimli ip
yordamida baxyaqator yuritish, o‘rgimchak uya tipidagi noto‘qima materilni
yopishtirish. Bir qismi esa parallel bajariladi. Masalan: detallarning butun yuzasi
bo‘yicha yelim qotirmani ulash. ya'ni ostki yoqaga qotirmani ulash, old b o‘lakka
bort qotirmasini va hokazo. Shuning uchun ko‘pincha parallel -ketma-ket usuli
ishlatiladi. Chunki yelimlab ulashning bu usulining unumdorligi ip yordamida
ulashdan ancha katta.
Detallarni yelimlab
ulashda quyidagi
parallel va ketma -ket
usullari shlatiladi:
Detallarning butun yuzasi bo'yicha qotirma yopishtirish
Detal ziylarini ochiq qirqimli qilib bukish
Detal ziylarini berk qirqimli qilib buklash
Detallarni biriktirma chok bilan ulash
Uqa qo‘yish - uqa dazmol yordamida belgilangan chiziq bo‘ylab palto old bo‘lagining kesimiga, yoqa va Yeng o‘miziga (3.2.1-rasm, a ) qoplama cho‘ntak yuqori qirqimiga ( b ), Yengning pastki qirqimiga ( v ) ziylarni cho‘zilishdan saqlash uchun yopishtiriladi.
rasm. Detallarga yelimli uqa qo‘yish.
Pidjaklarga kengligi 10 mm, paltolarga 12 mm, qotirmasiz kiyimlarga esa 6 mm li uqalar ishlatiladi. Uqalarni yopishtirish uchun Rossiyada chiqarilgan UPP-M dazmolli SU dazmollash stoli, Vengriyaning "Pannoniya" firmasida chiqarilgan Ss- 392 dazmolli Ss-394 KE dazmollash stoli ishlatiladi. Erkaklar pidjagining yeng o‘miziga uqa yopishtirish uchun esa Franstiyada chiqarilgan "Vestra" maxsus yarim avtomati ishlatiladi.
|
| |