|
-rasm. Zanjir baxyalarning ko‘rinishi
|
bet | 31/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslari4.3-rasm. Zanjir baxyalarning ko‘rinishi
Zanjirsimon baxyalar bir ipli , ikki ipli va uch ipli bo‘lishi mumkin. Zanjirsimon baxyaqatorning ko‘rinishi ustki tomonidan oddiy moki baxyaqatoriga o‘xshaydi, ostki tomondan zanjirsimon ko‘rinishda bo‘ladi.
Zanjirsimon baxyaqatorning asosiy xususiyatlaridan biri baxyaqatorning oxirgi uchidan oson so‘kilishidir. Zanjirsimon baxyaqatorning iplari gazlama yuzasida chalishadi. Bu baxyaqator bo‘yiga Yaxshi cho‘ziladi (13-15 % o‘rniga 30-
35 % gacha cho‘ziladi), shuning uchun detallar ko‘p cho‘ziladigan joylarda bu baxyaqator qo‘llaniladi.
Zanjirsimon baxyali mashinalar trikotaj sanoatida ko‘p ishlatiladi. Uning Yeng oddiysi bir iplisidir.Bunda baxya birgina igna ipidan hosil bo‘ladi va material pastki tomonidan bir-biri bilan chalishib boradigan halqalar hosil qiladi. Bu baxyalar kiyim tikishda ishlatilmayd
Zanjirsimon baxya quyidagicha hosil bo‘ladi: Igna materialni teshib, ipni uning orasiga o‘tkazadi va halqa hosil qilib, Yana yuqoriga ko‘tariladi. Chatirichning nayza uchi halqa ichiga kirib, uni tortib uzaytiradi. Halqa chalishtirgich uchidan sirpanib, uning badaniga tushadi. Material baxya uzunligiga siljiydi, halqa chalishtirgich orqasiga suriladi va orasidan igna o‘tishi qulay bo‘lgan darajada og‘ib qoladi. Chalishtirgichning orqa qiya qismi halqaning uch tomonini orqadan oldinga o‘tkazadi. Natijada halqa 180 gradus aylanib, chalishtirgichning tashqi tomonidan o‘tib ketadi. Igna materialni teshib ipni olib o‘tadi va uning uchi oldin hosil bo‘lgan halqa ichiga kiradi. Keyin igna Yana yuqori tomonga harakatlanib, o‘z teshigi atrofida 2-halqa hosil qiladi, to‘la aylanib chiqqan chalishtirgichning uchi ana shu 2-halqa orasiga kiradi, uni olib 1-halqa ichiga o‘tqazadi. Iptortgich yuqori tomon ko‘tarila borib g‘altakdan ip chiqaradi.
Kiyim kiyib yurganda choklar so‘kilib ketmasligi uchun ular mustahkam bo‘lishi shart. Tez so‘kilmaydigan choklarga moki baxyaqatorli mashinada hosil qilgan choklar kiradi. Bunday choklarda iplar chalishuvi materiallar orasida bo‘lib, materiallar bir-biriga qattiq yopishib turgandagina mustahkam bo‘ladi. Agar iplar chalishuvi material yuzasida bo‘lsa, u tez so‘kilib ketadi. Bunday baxyaqatorlar burmalar hosil qilishda, siniq baxyaqatorlar esa izmalar yo‘rmalashda qo‘llaniladi.
Bir ipli zanjirsimon baxyaqator ipining bir uchi tortilsa, u tez so‘kilib ketadi. Bunday baxyaqatorlar detallarni o‘zaro vaqtincha ko‘klash uchun (ziy ko‘klash), yoki buyum ko‘rinmaydigan joylarini doimiy ulash (adip qaytarmalarini va ostki yoqalarni qavish, bortlar qirqimlariga uqa bostirib tikish, mo‘ynali kiyim detallarini o‘zaro ulash, kiyimga izmalar yo‘rmalash va tugmalar qadash) uchun ishlatiladi.
Bir ipli Yashirin zanjirsimon baxyaqatorlar ayollar ko‘ylagi, paltosi, yubkasi etaklarini, shimlar pochalarini bukib tikishda qo‘llaniladi.
Zanjirsimon baxyaqator hosil qilishda mokili baxyaqatorga nisbatan 1,5 marta ortiq ip sarf bo‘ladi.
Kiyim tikishda sarflanadigan ip normasi tajriba usuli bilan aniqlanadi. Buning uchun baxyaqatordan ipni bo‘shatib o‘lchash, yoki baxyaqator solishdan oldin ipni o‘lchab, shu uzunlikdan baxyaqatordan qolgan ipni ayirish yo‘li bilan aniqlash mumkin.
Ipak tolali, sintetik tolali, jun gazlamalardan tikiladigan kiyimlarning yuz tomoniga yurgiziladigan baxyaqatorlar uchun ipak , lavsan va kapron tolali iplar ishlatiladi. Shu iplar bilan shifon, krep-jorjet, sintetik tolalardan tikilgan ayollar ko‘ylaklarining qirqimlari yo‘rmalanadi. Erkaklar va o‘g‘il bolalar ko‘ylaklarini tikishda, tashqi choklar paxta yoki lavsan tolali iplar yordamida bajariladi. Iplar rangi kiyim avra va astari materiallari rangiga mos b o‘lishi kerak.
Mashinada bajariladigan ishlar uchun
Univesal mashinalarga 97-A kl.OZLM, 1022-M kl,PMZ, 697 kl,OZLM, 8332/2705 kl. «Tekstima», 292/163061 kl. «Dyukopp», 803 kl.PMZ kabi mashinalar misol bo‘la oladi.
Maxsus mashinalar moki va zanjirsimon baxyali bo‘ladi. Moki baxyali maxsus mashinalarga Yengni Yeng o‘miziga o‘tqazuvchi 302 kl.PMZ, siniq baxyaqatorli 26 kl.PMZ, 335-121 kl. Minerva», 1026 kl.PMZ, bortga adipni ulaydigan 297 kl.OZLM, 272-140042-E2f « Dyurkopp», astarni isituvchi qatlam bilan qaviydigan KSI22 ESO «Meka», shim pochasiga tasma bostirib tikadigan 428
kl. «Minerva», 72314-101«Minerva» va ikki ignali 852-1kl. mashinalari kiradi.
Zanjirsimon baxyali maxsus mashinalarga detallar chetlarini yo‘rmalaydigan 51-Akl.PMZ, detallar ziyini ko‘klaydigan 2222kl., Yashirin baxyali bukib tikadigan 85 kl.PMZ, kamar tutgich tayyorlaydigan 3076-1kl.PMZ, tikib- yo‘rmalaydigan 408-AM kl., detallarni bir-biriga vaqtincha ko‘klaydigan 63 kl., mo‘ynadan tikiladigan kiyimlar detallarini biriktirib-yo‘rmalaydigan 10-B kl., Trikotaj kiyimlar detallarini biriktirib tikadigan 851 kl. mashinalari kiradi.
YArim avtomatlarga cho‘ntak qopqoqni tayyorlaydigan 570-1 kl.PMZ, ASD-59555 «Djukki», izma yo‘rmalaydigan 525 kl.OZLM, 811 kl. Minerva», 73401-R3 «Minerva», vitachka tikadigan 3022-M kl.OZLM, puxtalaydigan 220-M kl.OZLM, qirqma cho‘ntaklarni tayyorlaydigan 746 kl. Dyurkopp», tugma qadaydigan 1095 kl.PO, 1495 kl.PO, 1695 kl.PO, erkaklar ko‘ylagi manjetini tikadigan 570-2 kl. kabilar kiradi.
Moki baxya ikki ipdan: ustki ipdan va ostki ipdan hosil qilinadi. Ustki va ostki ip tikilayotgan gazlamalar orasida chalishib, gazlama ustidan uzluksiz joylashgan ip qatorini hosil qiladi, bu iplar to‘g‘ri chiziq, siniq chiziq bo‘ylab yoki boshqacha joylashishi mumkin. Moki baxya To‘g‘ri va qiya qaviqlarni hosil qilish usullari: a va b — qo‘lda qaviq solish usullari; d — to‘g‘ri qaviq, e — qiya qaviq (l — to‘g‘ri qaviq yirikligi; a — gazlama o‘ngidagi ipning uzunligi; b — gazlama o‘ngidagi interval; s — qiya qaviq yirikligi). mashinalarida uch xil baxyaqator: choklash
baxyaqatori, siniq baxyaqator va yashirin baxyaqatorni bajarish mumkin. Moki baxya baxyaqatorga nisbatan to‘g‘ri chiziqli yoki siniq bo‘lib joylashishi mumkin. Moki baxyaqatorlar ikki ipli, uch ipli, to‘rt ipli, besh ipli bo‘lishi mumkin. Moki baxyalar bir chiziqli va ko‘p chiziqli bo‘lishi mumkin. Siniq baxya ignani baxyaga ko‘ndalang sanchib yoki materialni baxyaga ko‘ndalang qilib hosil qilinadi, masalan, tugma, halqa va mahkamlagichlarni qadashda, qaviq uzunligi 1,5—10 mm. Uchma-uch ulashda va detallarning qirqimini titilishdan saqlashda shunday baxyachok qilinadi. Zanjirsimon baxyalarning ochiq, yashirin va yo‘rmalangan xillari bo‘ladi. Zanjir baxya hosil qilishda moki o‘rniga chalishtirgich qo‘llaniladi. Zanjir baxyalar bir, ikki, uch va to‘rt ipli bo‘lishi mumkin. Zanjir baxyalar hosil qilishda nisbatan ip ko‘p ketadi, lekin ular ancha elastik va pishiq chiqadi. Zanjirsimon baxyaqatorning asosiy xususiyatlaridan biri baxyaqatorning oxirgi uchidan oson so‘kilishidir. Shuning uchun bir ipli zanjirsimon baxyaqatorni ko‘pincha vaqtinchalik biriktirib ko‘klash, detal ziylarini ko‘klash, detal chetlarini bukib ko‘klash operatsiyalarini bajarishda ishlatiladi.
|
| |