|
-rasm. Ziy chok turlari: a — bukma chok; b — mag‘iz chok; d —
|
bet | 29/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslari3.4-rasm. Ziy chok turlari: a — bukma chok; b — mag‘iz chok; d —
ag‘darma chok.
Bezak choklar - har xil taxlamalar va bo‘rtma choklardan iborat bo‘lib,kiyim detallarini bezatish uchun ishlatiladi.
Taxlamalar - bezatuvchi yoki birlashtiruvchi bo‘ladi. Bezak taxlamalar bir tomonga (l) yoki bir-biriga qaratilgan (m) bo‘lishi mumkin. Taxlama haqi bir
tomonga qilib yoki yorib dazmol dazmollanadi. Modelga muvofiq o‘ng tomonidan baxyaqator yuritib, bostirib tikiladi.
Birlashtiruvchi taxlamalar bir necha detalni ulab, taxlama hosil qiladi. Bu taxlamalar bir tomonlama, bir-biriga qaragan va ikki tomonga qaragan bo‘lishi mumkin.
Bunday taxlamalarni tikishda detallar o‘ngi bir-biriga qaratilib ko‘klanadi, hosil bo‘lgan taxlama bir tomonga qaratilib dazmollanadi-da, taxlama qirqimlari bir biriga ulanadi, detalning o‘ngiga baxyaqator bostirib bezatiladi. Ko‘klangan ip so‘kib tashlanadi.
sxema. Bezak choklar ssinflanishi
Bo‘rtma choklar - xilma-xil shakldagi murakkab choklardir. Ular mayda- mayda taxlangan (n), shnur qo‘yib bo‘rtirilgan, ichki va ustki baxyaqator bilan bo‘rttirilgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
|
| |