|
Temir ilgak, izma va knopkalar
|
bet | 26/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslariTemir ilgak, izma va knopkalar 3-4 joydan chatiladi, har bir ko‘zi va bukilgan- joyga 3-4 qiya qaviq solib chatiladi
Mashinada bajariladigan ishlar haqida ma’lumot.
Mashina chok
turlari
Birlashtiruvchi chok
Ziy chok
Bezak chok
Birlashtiruvchi chok kiyim detallarini birlashtirishga,
Ziy chok detallar ziylarini ishlashga va qirqimlarini titilib ketishdan saqlashga,
Bezak chok kiyim detallarini bezatishga xizmat qiladi.
Birlashtiruvchi choklar quyidagilardan iborat: biriktirma chok, yorma chok, qo‘yma chok, bostirma chok, ichki chok, tutashtirma chok, qo‘sh chok.
Biriktirma chok - Yeng ko‘p tarqalgan choklardan bo‘lib, detallarning yon, elka va boshqa qirqimlarini birlashtirish uchun ishlatiladi. U yorib yoki bir tomonga yotqazib dazmollab qo‘yiladi. Chok kengligi 5, 7, 10, 12, 15 mm. bo‘lib, gazlamalarning turiga, choknig vazifasiga bog‘liq bo‘ladi.a)
Yorma chok - ham bezak ham birlashtiruvchi hisoblanadi. Bu chok dazmol tutmaydigan, sun'iy charmdan kiyim tikishda, sport kiyimlari tikishda ishlatiladi. Oldin detallarga 7-10 mm. kengliklarda biriktirma chok solinadi, chok ikki tomonga yorib dazmollanadi va chokning ikki tomoniga undan 0,2 sm. masofada baxyaqator
yuritiladi (b).
|
| |