• Yelim plyonka
  • O‘rgimchak uya tipidagi noto‘qima yelim material




    Download 7,12 Mb.
    bet34/85
    Sana02.02.2024
    Hajmi7,12 Mb.
    #150514
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85
    Bog'liq
    Tikuvchilik asoslari

    O‘rgimchak uya tipidagi noto‘qima yelim material P -548, P-12/6/66 yelimlarining eritmasidan olingan tolalar yoki yuqori bosimda olingan polietilyon




    tolalar bir-biri bilan tartibsiz chalishgandan hosil bo‘lgan noto‘qima material. Uning eni 0,6-0,9 m.,1 m.kv.ning massasi 25-60 g., tolalar yo‘g‘onligi juda kichik. U bort chetlarini tikishda, kiyim etaklarini, Yeng uchini bukib yopishtirishda ishlatiladi. Bort ziyini ko‘klashda, kiyim etagini bukib ko‘klashda 1-1,5 sm kenglikdagi o‘rgimchak uYA tipidagi yelim material shunday q o‘yiladiki, u chok tagiga kirsin.
    Yelim plyonka - termoplastik polietilyon yelimdan tayyorlanadigan material. U 3-6 mm. kenglikda maxsus mashinada kesib olinadi va ulanadigan detallar chetiga MPP-1, PPT-2 mashinasida yopishtiriladi va yarim avtomat apparatda yig‘iladi. Masalan: erkaklar paltosi yengining uchi, ort bo‘lak kesimini yig‘ish uchun GPKS - R, GPKSp, GPKSl yarim avtomatlari ishlatiladi. Bu presslarga ishlov berilayotgan joyda qotirma rulondan, yelim ip esa g‘altakdan avtomatik tarzda uzatiladi.
    Kiyim detallariga ishlov berib turg‘unlashtirish texnika va texnologiyaning yangi yo‘nalishi bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri turg‘unlashtirish usuli deyiladi. Bu usulda suyuqlik fazasidagi polimer aralashma kiyim detallarining teskari tomoniga sepiladi. Yelim aralashmasi bir necha sekund issiq ta' sir ettirish natijasida qotadi. To‘g‘ridan- to‘g‘ri turg‘unlashtirish texnologiyasini qo‘llash tikuvchilik korxonalardagi qo‘shimcha qotirmalarini detalga yopishtirish operastiyalariga hojat qoldirmaydi, har bir kiyimga sarflanadigan 0,5 m.kv. gacha qotirma gazlama tejab qolinadi.
    Kiyim detallariga kerakli qattiqlik va egiluvchanlik berish uchun har bir qavati turli fizik-mexanikaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan ko‘p qavatli qotirmalar ishlatiladi. Masalan: bort qotirmasi- asosiy qotirma, qil qatlam va elka taglikdan iborat. Press ostki yostig‘iga asosiy qotirma, qil qatlam va yelim kukuni sepilgan elka taglik qo‘yilib yopishtiriladi. Yelimlab yopishtirishda, yig‘ish bilan bir vaqtda, biri qabariq ikkinchisi botiq yostiqchalari bor pressda bort qotirmasiga kerakli shakl beriladi (3.2.1-rasm. a)





    1. rasm. Bort qotirmasini tayyorlash.

    Erkaklar paltosi va pidjagi old bo‘laklarini turg‘unlashtirish uchun zonalari bo‘yicha turli zichlik va qattiqlikka ega bo‘lgan qotirmalik gazlama ishlatiladi (3.2.11-rasm, b). Bu zonali qotirmalik gazlamani hosil qilish uchun, gazlama uchastkalariga turli qalinlikda yelimlovchi pasta surtiladi. Zonali gazlamani 3 ta institut: StNIIShP, StNIISherst va StNILV birgalikda yaratgan. Bu gazlama kiyim paketining qavatlar sonini, massasini, gazlama sarfini kamaytirib, ishlov berish texnologiyasini soddalashtiradi va mehnat unumdorligini oshiradi.

    1. - poliamid qoplangan pishiq qismi.

    2. - nuqtalar tarzida yelim qoplangan yumshoqroq qismi.

    3. - Yeng yumshoq qismi.




    Kiyim detallarini ulashda ulangan joy qattiq bo‘lmasligi katta ahamiyatga ega. Ulanayotgan kiyim detallari ko‘pincha egiluvchan bo‘lib, qattiq bo‘lmasligi lozim. Bunday ko‘rsatkichga ip bilan ulashda erishiladi. Yelim bilan biriktirilgan detallarning qattiqligi yelim sifatiga, surtilgan qalinligiga, qotirma materialning qalinligiga, yelimning strukturasiga (sidirg‘a yoki nuqtali yopishtirilganligiga) bog‘liq bo‘ladi. Agarda adip qaytarmasini qavish operastiyasida qotirmaga sidirg‘a qilib yelim yopishtirilsa (plyonka shaklida), detalning birlashtirilgan joyining qattiqligi ip bilan qavilgandan 5 marta ortiq bo‘ladi.
    Qotirma gazlamalarga nuqtali yelim kukuni qoplangan bo‘lsa, biriktirilgan joyning qattiqligi ip bilan biriktirilgan detalning qattiqligiga teng b o‘ladi.
    Detallarni bir-biriga yelim ip yordamida ulash oddiy dazmallash presslarida yoki dazmollarda bajariladi. Buning uchun presslarda termorostlagich hamda vaqt relesi, dazmollarda esa termorostlagich bo‘lishi kerak.



    Download 7,12 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85




    Download 7,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘rgimchak uya tipidagi noto‘qima yelim material

    Download 7,12 Mb.