• Uyga vazifaning bajarilishi 0-5ball
  • 9-6 ball - “qoniqarli” 12-10 ball - “yaxshi” 15-13 ball - “a’lo” O‘tilgan mavzuni takrorlash 2-ilova
  • Blits so‘rov savollari
  • Yangi mavzuning bayoni 3-ilova
  • QO‘LDA BAJARILADIGAN ISHLAR HAQIDA MA’LUMOT
  • Qo’l ishlari
  • ishlar ishlar
  • 3.1-rasm. Qo‘l ishi uchun stol.
  • Tikuvchilik asoslari cdr




    Download 7,12 Mb.
    bet23/85
    Sana02.02.2024
    Hajmi7,12 Mb.
    #150514
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85
    Bog'liq
    Tikuvchilik asoslari

    Internet manbalari

    1. www.google.com

    2. www.yandex.ru

    3. http://www.ziyonet.uz

    4. https://studopedia.ru/23 50075 osnovnie-tseha-shveynoy-fabriki-i-ih- naznachenie.html

    5. https://raydget.ru/3938-organizatsionnaya-struktura-shvejnogo-proizvodstva/

    6.
    https://www.yandex.ru/yandsearch?text=shveynaya+fabrika%2C+tsexa&clid=227


    4395&lr=191035




    Uyga vazifaning bajarilishi 0-5ball

    O‘quvchining faolligi 0-5 ball

    Topshiriqning to‘g’ri bajarilishi 0-5 ball

    Jami ball


























    9-6 ball - “qoniqarli” 12-10 ball - “yaxshi” 15-13 ball - “a’lo” O‘tilgan mavzuni takrorlash
    2-ilova


    Blits-so’rov” metodi





    “blits - so’rov” (ing.”blits” - tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lo’nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod.


    O’qituvchi tomonidan o’tgan mavzuga oid savollar beradi, o’quvchilar individual tarzda savollarga tez, qisqa javob qaytaradilar





    Blits so‘rov savollari


    1. Standart nima?

    2. Inson razmeri qanday aniqlanadi?

    3. Razmerlar aro loqaydlik intervali necha sm?

    4. Erkaklarda nechta to‘lalik guruhi mavjud?

    5. Soha standarti nima?

    6. Tikuv korxonasi qanday tsexlardan iborat bo‘ladi?


    1. Model eskiz chizmasini kim chizadi?

    2. Andazalarni kim ishlab chiqadi?

    3. Material sarf normasini qaysi guruh aniqlaydi?

    4. Tayyorlov tsexida qanday ishlar amalga oshiriladi?

    5. Gazlamalar nuqsoni qanday aniqlanadi?

    6. To‘shama nima?

    7. Bo‘rlama nima?

    8. Qanday qirqish uskunalarini bilasiz?


    Yangi mavzuning bayoni
    3-ilova


    1. Mavzu: Tikuv va tikuv-trikotaj kiyim bo’laklarini ipli biriktirish

    Reja

    1. Kiyim bo’laklarini ipli biriktirish.

    2. Qo’lda bajariladigan ishlar

    3. Qo’l qaviqlari.


    Tayanch atamalar: ipli biriktirish. Payvandlash, ish o‘rni, qo‘l ishlari, dukcha, igna, qaychi, bo‘r, qaviqqator, mashina choklari, ziy chok, bezak chok, mag’iz





    Ip bilan biriktirish usulida tikuv buyum detallarini biriktirishda iplar asosiy vosita hisoblanadi.







    Ip bilan biriktirish


    # %

    qo'lda ^4

    mashinada

    biriktirish

    biriktirish


    Iplar tabiiy (paxta, ipak, zig‘ir), sintetik (poliefir, poliamid) va sun’iy (viskoza, polinoza) tolalardan ishlab chiqiladi. Iplar qalinligini belgilash maqsadida shartli raqamlar qabul qilingan. Masalan, kiyim detallarini biriktirishda oddiy iplarning —

    1. 30, 40, 50, 60, 80; ipak iplarning — 18, 33, 65; lavsan iplarning 90/3, 90/4 va kapron iplarning 64/3 raqamlari ishlatiladi.

    QO‘LDA BAJARILADIGAN ISHLAR HAQIDA MA’LUMOT
    Boshdan oyoq qo‘lda bajariladigan barcha operastiyalar qo‘lda bajariladigan ishlar hisoblanadi. Bular igna, qaychi, bo‘r yordamida bajariladigan, shuningdek kiyimni ip, bo‘r, changdan tozalash kabi ishlardir. Qo‘lda bajariladigan operastiyalarga mashinada bajarishdan ko‘ra ko‘p vaqt ketadi.


    Qo’l ishlari





    Tikr'b bajariladigan O’tirib bajariladigan
    ishlar ishlar


    Tik turib bajariladigan ishlarda kiyim yoki detal stol ustiga qo‘yiladi, o‘tirib bajariladigan ishlarda kiyim yoki detalni ham stol ustiga, ham ishchining tizzasiga qo‘yib bajarilishi mumkin. Shunga ko‘ra ish jihozlari va ish o‘rnining tashkil qilinishi har xil bo‘lishi mumkin. Ish o‘rnining to‘g‘ri tashkil qilinishi har bir operatsyada mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi va ishning yuqori sifatli chiqishini ta’minlaydi.





    3.1-rasm. Qo‘l ishi uchun stol.


    Kiyim tikishda qo‘l ishlari uchun mo‘ljallangan ish o‘rnida stol (3.1-rasm), stul va oyoq qo‘yiladigan taglik (3.2-rasm) bo‘lishi lozim. Stulning konstruksiyasi har xil bo‘lishi mumkin, lekin u o‘rindiqni burish va balandlikni rostlash, suyanchiqning vaziyatini o‘zgartirish imkonini berishi kerak. Stol o‘ng tomonining old qismida chegaralangan joy bo‘lib, bu yerda qaychi, bo‘r va hokazolar saqlanadi. Stol o‘ng tomonining yuqori burchagiga organik
    shisha tagiga chiqindilar idishi qo‘yiladi. Buyumning xili va bajariladigan operatsiyaga qarab ish o‘rinlarining o‘lchamlari har xil bo‘ladi.
    Qo‘l ishlarini bajarishda quyidagi talablar qo‘yiladi:

    • bir detaldan ikkinchi detalga bo‘r chiziqlarini o‘tkazish uchun solqa qaviq bilan yoki yordamchi andaza bilan bo‘rlanadi;

    • detallarni bir-biriga vaqtincha qaviqqator bilan ulashda ipning rangi asosiy detal rangidan ancha farq qilishi kerak;

    • qaviqlarni detallarga tushirishda qaviq yirikligi o‘ng tomonida ham, teskari tomonida ham bir xil bo‘lishi kerak;

    • detallarni ko‘klashda qaviqqator shu detaldagi solqa qaviqqator ustidan yoki bo‘r chizig‘i ustidan tushiriladi. Ko‘klab bo‘lgandan keyin solqa qaviq iplari olib tashlanadi;

    • qo‘l qaviqqatorini bajarishda ishlatiladigan ip raqami qaysi qaviq qayerda bajarilishiga qarab tanlanadi;

    • qaviq yirikligi va qaviqqator zichligi gazlama qalin-yupqaligiga va shu qaviqqa qo‘yilgan talablarga bog‘liq bo‘ladi;

    • doimiy qaviq va qaviqqatorlar uchun ishlatiladigan ipning rangi asosiy gazlama rangiga mos bo‘lishi shart;

    • qo‘l ishlarini bajarishda tikilayotgan kiyimning sifati va mehnat unumdorligi asbob va moslamalarning to‘g‘ri tanlanganligiga, ularning sifatiga va ish o‘rnida ratsional joylashtirilganligiga ko‘p darajada bog‘liq bo‘ladi.

    Qo‘lda bajariladigan ishlar uchun zarur asboblarga:
    qo‘l ignalari, angishvona, qaychi, santimetrli lenta, moslamalarga esa maneken, andaza, pichoqli halqa, qoziqcha, to‘g‘nag‘ich va boshqalar kiradi (3.3- rasm).
    Bajariladigan operatsiya va tikiladigan material turiga qarab turli raqamdagi igna va angishvonalar ishlatiladi.
    Qo‘l ignalari o‘tkir, elastik, sinmaydigan, silliq, teshigidan ip bemalol o‘tadigan bo‘lishi lozim. Ignalarning yo‘g’onligi va uzunligi, teshiklarning kattaligi har xil bo‘ladi. Ignalar uzunligi va diametri bo‘yicha 1 dan 12 gacha raqamlarga bo‘linadi. Toq raqamli ignalar juft raqamli ignalardan uzunroq bo‘ladi.
    Angishvona ignani gazlamaga qadash paytida barmoqni ignadan asrash uchun xizmat qiladi. U o‘ng qo‘lning o‘rta barmog‘iga taqiladi. Ishlatiladigan iplarning raqami ham ignalar va gazlamalarga moslab tanlanadi. Yupqa ip gazlamalardan kiyim tikishda 50—80 raqamli iplar, chit, satin, flanel kabi ip gazlamalardan yengil ko‘ylaklar tikishda 50—60 raqamli iplar ishlatiladi. Yupqa shoyi gazlamalar, masalan, shifon, krepjorjet 65, 75 raqamli shoyi iplar va 80 raqamli paxta iplar bilan,




    yupqa va yengil shoyi gazlamalar 60—80 raqamli iplar bilan, jun ko‘ylaklar 50—60 raqamli iplar bilan tikiladi.
    Bichish operatsiyalarini va qirqish, detallarni aniq qirqish singari yordamchi operatsiyalarni bajarishda ishlatiladigan qaychining shakli va o‘lchamlari har xil bo‘lishi mumkin. Detal chetlarini titilishdan saqlash uchun tig‘i tishli qilib kertilgan maxsus qaychi ishlatiladi.






    Download 7,12 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85




    Download 7,12 Mb.