• GAZLAMALAR BICHISHNING TEXNOLOGIK JARAYONI
  • Bichish sexining ishlab chiqarish jarayoni alohida-alohida bitta yoki guruh ishchilari tomonidan bajariladigan quyidagi texnologik operatsiyalardan iborat
  • -rasm. Statsionar qurilmalar: a — ko‘p qavatli javon; b — kataksimon javon; d—supacha taglik




    Download 7,12 Mb.
    bet20/85
    Sana02.02.2024
    Hajmi7,12 Mb.
    #150514
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   85
    Bog'liq
    Tikuvchilik asoslari

    2.3-rasm. Statsionar qurilmalar: a — ko‘p qavatli javon; b — kataksimon javon; d—supacha taglik.





    2.4-rasm. Harakatlanuvchi yacheykalari bor qurilmalar: a —baraban tipidagi mexanizatsiyalashgan javon; b — elevator.


    Ayrim korxonalarda hisob kartasiga asosan, gazlama to‘plari, to‘shama qavatlar uzunligida qirqib olinadi. Har bir to‘shamaga mo‘ljallangan qavatlar alohida-alohida aravacha-konteynerga solinadi. Gazlama to‘pini qavatlarga qirqib olish MPM mashinasida bajariladi. Mashinani 2 ishchi boshqaradi. Gazlamaning bir qavatiga hisob kartasida ko‘rsatilgan o‘lcham-bo‘y andazalar bo‘yicha bo‘rlab chiqiladi.
    Bo‘rlama va gazlama qavatlari solingan aravachalar bichish sexiga uzatiladi.
    GAZLAMALAR BICHISHNING TEXNOLOGIK JARAYONI
    Tikuv sexlarini buyum bichiqlari bilan bir tekis va uzluksiz ta’minlab turish, bichish sexining asosiy vazifasi hisoblanadi.
    Bichish sexi gazlamalar to‘plamini (avra, astar, qo‘shimcha materiallarni) va bichish uchun hujjatlarni (hisob va bichish kartasini) tayyorlov sexidan; kerakli miqdorda furniturani furnitura omboridan; bosh mexanik bo‘limidan asbob- uskunaning ehtiyot qismlari va yordamchi moslamalarni; tajriba sexidan andazalarni, texnik hujjatlarni, gazlama sarfini va joylama nusxasini qabul qilib oladi.
    Bichish sexining ishlab chiqarish jarayoni alohida-alohida bitta yoki guruh ishchilari tomonidan bajariladigan quyidagi texnologik operatsiyalardan iborat:

    1. Gazlama qavatlarini to‘shash.

    2. To‘shama sifatini tekshirish.

    3. To‘shamaning birinchi yuqori qavatida bo‘rlama bajarish yoki tayyor bo‘rlamani yozib, o‘chgan bo‘r chiziqlarini tiklash.

    4. To‘shamani tamg’alash.

    5. To‘shamani rasmiy hujjatlashtirish.

    6. To‘shamani bo‘laklarga bo‘lish va asosiy katta buyum detallarini qirqib olish.

    7. To‘shama bo‘laklaridan buyum detallarini tasma pichoqli bichish mashinasida qirqib olish.

    8. Bichiqlar sifatini tekshirish.

    9. Bichiqlarni komplektlash.

    10. Buyum detallarini raqamlash.


    1. Preyskurant yorliq va kalkulatsion talonlarini chop etish.

    2. Buyumning yo‘l varaqasini yozish.

    3. Avra bichiq detallarini astar, qotirma bichiq detallari bilan komplektlash va preyskurant yorlig’i, kalkulatsion taloni, yo‘l varaqasi bilan bog‘’ash.

    4. Bichiqlarni saqlash (ko‘pi bilan 1—2 kun) va tikuv sexiga uzatish.

    Bichish sexining asosiy texnologik operatsiyasi gazlama qavatlarini bichish
    stolida to‘shash hisoblanadi.
    Bichish sexiga gazlamalar (avra, astar) gazlama to‘pi holida yoki gazlama to‘pidan to‘shama uzunligida, qavatlarga qirqib olingan holida aravachalarda keltiriladi. Gazlama hisob kartasiga asosan to‘shaladi. To‘shamaning asosiy parametrlari — to‘shama uzunligi va to‘shama balandligi (ya’ni qavatlar soni). To‘shama uzunligi bitta buyum gazlama sarfiga va joylamadagi andazalar komplektiga bog’liq. To‘shama uzunligi 8—9 m ortsa (ayniqsa, jun gazlamalar uchun) to‘shamaning sifati pasayadi hamda gazlamani to‘shash qiyinlashadi.
    To‘shamaning balandligi 15—18 sm dan ortmasligi kerak. To‘shama balandligi, ya’ni to‘shamadagi qavatlar soni gazlama turiga bog‘liq bo‘lib, quyidagicha tavsiya etiladi: Kastumbop gazlamalar 28—34 qavat.
    Drap gazlamasi 18—24 qavat.
    Ipak va astarli gazlamalar 50—60 qavat.
    Ip gazlamalar 100—120 qavat.

    Download 7,12 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   85




    Download 7,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Statsionar qurilmalar: a — ko‘p qavatli javon; b — kataksimon javon; d—supacha taglik

    Download 7,12 Mb.