|
Tikuvchilik asoslari cdr
|
bet | 16/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslariBilaman
|
Bilib oldim
|
Bilishni xoxlayman
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Uyga vazifa
6-ilova
Mavzuni takrorlash. Mavzuga oid 5 tadan test tuzish.
Foydalaniladigan adabiyotlar
Rasulova M.K. “Tikuv buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyasi” Toshkent, 2006 yil.
S. Tashpulatov. S. Nishanova, D. Rasulova. “Xalq iste’mol buyumlarini modellashtirish va loyihalash” Kasb- hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. «SHARQ», 2007.
F. Otaxonova “Zamonaviy liboslarni modellashtirish” G’. G’ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi. Toshkent - 2008-yil.
Uyga vazifaning bajarilishi 0-5ball
|
O‘quvchining faolligi 0-5 ball
|
Topshiriqning to‘g’ri bajarilishi 0- 5 ball
|
Jami ball
|
|
|
|
|
9-6 ball - “qoniqarli” 12-10 ball - “yaxshi” 15-13 ball - “a’lo” O‘tilgan mavzuni takrorlash
2-ilova
“Blits-so’rov” metodi
“blits - so’rov” (ing.”blits” - tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lo’nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod.
O’qituvchi tomonidan o’tgan mavzuga oid savollar beradi, o’quvchilar individual tarzda savollarga tez, qisqa javob qaytaradilar
Blits-so‘rov savollari
Tikuvchilik asoslari fani nimalarni o‘rgatadi?
Tikuvchilik asoslari fani qaysi fanlar bilan bo‘g’liq?
Kiyim atamasiga ta’rif bering.
Kiyim rivojlanishi nechta va qanday bosqichlardan iborat?
Ustki kiyimlarga nimalar kiradi?
Moda so‘zining ma’nosi nima?
Kiyimga qanday talablar qo‘yiladi?
Y osh guruhiga nisbatan kiyimlar qanday sinflanadi?
Garderobe so‘zining ma’nosi nima?
Hunarmandchilikning ahamiyati haqida so‘zlab bering.
Yangi mavzuning bayoni
3-ilova
Mavzu: Texnik me’yoriy hujjatlar
Reja
Texnik me’yoriy hujjatlar
Standartlar.
Tikuv va tikuv-trikotaj korxonasida bajariladigan ishlar va
ularning bosqichlari.
J
Tayanch atamalar: standart, razmer, befarqlik intervali, rost, texnik shart, modalar uyi, modelyer, badiiy texnik kengash, texnologik guruh, normalovchi guruh.
Standart deganda nimani tushunasiz?
Insonning razmeri qanday aniqlanadi?
Kiyim ishlab chiqarish necha bosqichdan iborat?
Modelyer deganda nimani tushunasiz?
Tikuv korxonasi deganda nimalar ko‘z oldingizga keladi?
Loyiha chizma deganda nimani tushunasiz?
Andaza anima?
Standart - bo‘lajak mahsulotning, materiallarning yoki texnologik jarayonlarning barcha sifat va o‘lcham tasniflari bir joyga to‘planib, rasmiy yozib qo‘yilgan hujjatdir.
Ommaviy tikiladigan hozirgi zamon kiyimining assortimenti nihoyatda xilma-xil. Kiyimning turi va kiyim tikiladigan materiallar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ommaviy kiyim tikish aniq bir umumiylikka asoslangan bo‘lib, standart o‘lchamlarda bo‘ladi.
Ommaviy kiyimlar ishlab chiqarishda, kiyimlar turli o‘lcham, bo‘y va to‘lalikka binoan tikiladi. O‘lcham ko‘krak aylanasi bo‘yicha aniqlanadi.
Kiyim uzunligi gavda bo‘yidan aniqlanadi. Uzunliklararo farq paltolar va ayollar ko‘ylaklarida 6 sm, pidjak va jaketlarda 2 sm, erkaklar ko‘ylaklarida 6 sm bo‘ladi.
Maishiy kiyimlar uchun to‘lalik guruhlarga ajratiladi: Erkaklar uchun bel aylanasiga ko‘ra 1-, 2-, 3-to‘lalikka, ayollar uchun bo‘ksa aylanasiga ko‘ra 1-, 2-, 3- to‘lalikka bo‘linadi.
Ommaviy kiyim tikishda kiyim uzunligining o‘lchami va to‘laligini markalashda bir necha raqam qator yoziladi.
|
| |