|
Tikuvchilik asoslari cdr
|
bet | 18/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslariTexnik shartlar quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: —modellar chizmasi; —model tashqi ko‘rinishining tavsifi; — kiyimga ishlov berishning texnik talablari;
tavsiya etilgan materiallar ro‘yxati; —kiyim va andazalar o‘lchamlari haqida ma’lumot; — kiyimni qabul qilish, tamg‘alash, o‘rash, saqlash va tashish qoidalari;
texnik-me’yoriy hujjatlar ro‘yxati: andazalar komplekti, andazalar yuzasining jadvali, materiallarni bichish kartasi, joylashtirish sxemasi, yordamchi va tekislovchi andazalar ro‘yxati.
Modelni tikishning texnik shartlari yuqorida aytib o‘tilgan Davlat standartlarini o‘z ichiga olgan amaldagi texnik-me’yoriy hujjatlarga asosan ishlab chiqiladi.
Erkaklar va ayollar gavdasining tasnifi
1-jadval
|
Guruh
|
O‘lchamlar (ko‘krak aylanasining yarmi) sm
|
Bo‘y (oyoq kiyimsiz bo‘yi) sm
|
To‘lalik
|
Erkaklar
|
44, 46, 48, 20, 52, 54, 58, 60
|
I - 155 (152-158)
161 (158-164)
167 (164-170)
173 (170-176)
179 (176-182)
|
O-I
O‘-II
T-III
JT-IV
|
Ayoll
|
a
|
r
|
44, 46, 48, 20, 52, 54, 56, 58, 60
|
144 (141-147)
150 (147-153)
156 (153-159)
162 (159-165)
168 (165-171)
|
O-I
O‘-II
O‘III
|
Kiyim ishlab chiqarish bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi:
Model yaratish va konstruksiyasini tuzish (tikuv korxonasining tajriba sexida amalga oshiriladi).
Gazlamalarni bichishga tayyorlash (tayyorlov sexida amalga oshiriladi).11
Gazlamalarni bichish (bichish sexida bajariladi).
Buyum tikish (tikuv sexida tikiladi).
Buyumni pardozlash (pardozlash yoki tikuv sexida bajariladi).
Ishlab chiqarishni tashkiliy-texnik jihatdan tayyorlashning dastlabki bosqichi kiyimlar modelini yaratish hisoblanadi. Model — tayyorlanadigan kiyimning fasoni hamda shakl namunasidir.
Kiyimning yangi modeli modalar uyida hamda malakali rassom-modelchi yoki m odeler-konstruktorlarga ega bo‘lgan tikuvchilik korxonalarida yaratiladi.
Model yaratish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: gazlama ustida ishlash va model eskizini ishlab chiqish; gazlama va qo‘shimcha bezak materiallarni tanlash; model eskizini korxona bosh muhandisi boshchiligidagi muhandis-texnik xodimlardan iborat badiiy-texnik kengashda tasdiqlash; eskiz bo‘yicha buyumni rassom-modelchi va texnologik laborantlar hamkorligida mulyaj uslubi bilan bichish va tikish; yangi modeldagi kiyimni badiiy-texnik kengashda ko‘rib chiqish va katta badiiy-texnik kengashga tavsiya etish. Katta badiiy-texnik kengash tarkibiga tikuvchilik sanoati, modalar uyi va savdo tashkilotlari xodimlari kiradi. Katta badiiy- texnik kengashdan o‘tgan modellar ommaviy ishlab chiqarishga tavsiya etiladi.
Modellarni ishlab chiqarishni texnik tayyorlash tikuvchilik korxonasining tajriba sexida amalga oshiriladi.
Tajriba sexi ishlab chiqarishning asosiy sexlaridan biri bo‘lib, bu yerda quyidagi ishlar bajariladi:
Model yaratish va konstruksiyasini tuzish.
Model namunalarini tikish.
Andazalar tayyorlash.
Buyumga gazlama sarf normalarini aniqlash.
Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini tekshirish.
Bu ishlarni bajarish uchun sexda xodimlar quyidagi guruhlarga ajratilgan:
Modelchi-konstruktorlar guruhi.
Texnologik guruh.
Normalovchilar guruhi.
Andazachilar guruhi.
Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash laboratoriyasi.
Yangi modeldagi buyumning konstruksiyasini konstruktor tuzib chiqadi va
konstruksiyani tekshirish maqsadida namuna tikiladi. Namuna tikish jarayonida konstruksiyaga o‘zgartirishlar kiritib boriladi. O‘zgartirish kiritilgan konstruksiya bo‘yicha yana ikkinchi namuna tikiladi va ushbu jarayonda konstruksiya bo‘yicha etalon-andaza tasdiqlanadi. Etalon-andaza o‘rtacha o‘lcham-bo‘yga yaratilganligi uchun texnik-konstruktor ushbu model tavsiya etilgan boshqa o‘lcham-bo‘ylarga ko‘paytiradi.
Agar model modalar uyida yaratilgan bo‘lsa, unda tikuv korxonaning tajriba sexiga modelning namunasi, tavsiya etilgan hamma o‘lcham-bo‘ydagi andazalar hamda modelning texnik hujjati keltiriladi. Bunda konstruktor namuna va andazalarni texnik hujjatga solishtiradi. Andazalar qanchalik to‘g‘ri qilinganligini aniqlash maqsadida model namunasi tikiladi.
Tajriba sexi konstruktorlari etalon-andaza qanchalik to‘g‘ri qilinganligini aniqlab chiqib, shu sexdagi andaza tayyorlash guruhiga beradi. U yerda uch xil andaza tayyorlanadi: a) ishchi andazalar — detallarni bichish, bo‘rlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi; b) yordamchi andazalar — vitachka, cho‘ntak, tugma, izma joylari va h.k. ni belgilash uchun ishlatiladi; d) qo‘shimcha andazalar — kiyim detallarini tekislab qirqish uchun ishlatiladi.
Ishchi andazalar 5 ta komplektda tayyorlanadi. Ulardan ikkitasi tajriba sexida gazlama sarflash normasini aniqlash uchun, bittasi tayyorlov sexida bo‘rlama tayyorlash uchun, ikkitasi bichish sexiga nuqsonli gazlamalarni bichish va bo‘rlamalarda, o‘chib ketgan joylarini bo‘rlash uchun ishlatiladi. Andazalar 0,9— 1,2 mmli qattiq kartondan tayyorlanadi. Qo‘shimcha andazalar qirqimiga tunuka- mag‘iz qoplanadi. Ko‘p ishlatiladigan andazalar duralumin yoki boshqa metall tunukalardan tayyorlanishi mumkin.
Andazalar igna o‘rniga pichoq o‘rnatilgan universal tikuv mashinasida yoki andaza qirqadigan maxsus MRL mashinasida qirqiladi. Andazalar tekshiriladi va ularning cheti aylantirib tamg‘alab chiqiladi. Har qaysi andazada tanda ip yo‘nalishi va undan qanchalik chetga chiqish mumkinligi ko‘rsatiladi. Detallar chegarasi bir- biriga to‘g‘ri ulanishi uchun andazalarga kertimlar qo‘yiladi. Hamma andazalarga
model raqami, o‘lchami, bo‘yi yoziladi. Andazalar komplektining asosiy detalida shu komplektga kiradigan andazalar ro‘yxati yoziladi. Ishchi va yordamchi andazalar oyda bir yoki ikki marta etalon andaza bilan solishtirib tekshiriladi. Etalon andazalar ham kvartalda bir marta tavsiyada ko‘rsatilgan o‘lchamlarga solishtirib tekshiriladi.
Normalovchi guruhning vazifasi materiallar harajatini ratsional normallashtirishdan iboratdir, chunki tikuv kiyimlarining tannarxini kamaytirish tadbirlari ichida materiallar harajatini kamaytirish birinchi darajali ahamiyatga egadir. Material mahsulot tannarxining 80—90 foizini tashkil qiladi. Bu vazifani bajarish material sarfini to‘g‘ri normallashtirish, ulardan foydalanishni nazorat qilishga bog‘liq.
Tikuvchilik sanoatida quyidagi gazlama chiqindilari mavjud: andazalar orasidagi chiqindilar, gazlama eni bo‘yicha chiqindilar, noratsional qoldiqlar (asosiy bitta to‘liq buyumni ishlab chiqarishga yaroqsiz), to‘shamalar uzunligi bo‘yicha chiqindilar.
Gazlama sarfini normalash jarayonida ushbu chiqindilarni iloji boricha kamaytirish ko‘zda tutiladi.
Andazalar orasidagi chiqindilarni kamaytirishning asosiy omillaridan biri, bir necha o‘lcham-bo‘ydagi andazalarni birlashtirib bichishdir.
Bunda o‘lcham-bo‘ylar quyidagi prinsipda birlashtiriladi: ketma-ket o‘lcham- bo‘y birlashtirish, har xil o‘lcham-bo‘ylarni birlashtirish, o‘lcham va bo‘ylarni andazalar sathi ketma-ket ortib borishi tartibida birlashtirish.
O‘lcham-bo‘ylar birlashmalarini tuzib chiqishdan keyin ularga gazlama sarfi normallashtiriladi.
Tikiladigan kiyim chiroyli chiqishi bilan birga unga ketadigan gazlama ham tejamliroq sarf bo‘lishi uchun andazalarni tajribali joylashtirishda ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak:
Andazalar gazlamaning o‘rish va arqoq yo‘nalishiga moslab joylashitiriladi.
Joylashmada oldin katta detallar andazalarini qo‘yib, ular orasiga mayda detallar andazasi joylashtiriladi.
Guli bir tomonga qaragan yoki tukli gazlamalarni bichishga mo‘ljallangan joylashmada andazalar shunday joylashtiriladiki, kiyim detallaridagi gullar yoki tuklar bir tomonga qaragan bo‘lsin. Kiyimdagi simmetrik joylashgan detallarning gullari bir xil joyga to‘g‘ri kelishi kerak.
Bobrik, baxmal, yarim baxmal, velvet kabi gazlamalardan tikiladigan kiyimlar barcha detallarining tuki yuqoriga yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
Gazlamaning tuki uzun bo‘lib aniq bir tomonga taralgan bo‘lsa, kiyim detallarida tuklar pastga qaragan bo‘lishi kerak.
Andazalarni joylashmaga joylashtirilganda to‘shamada gazlamani to‘shash usuli hisobga olinadi.
Joylashmada joylashtiriladigan andazalar qancha komplekt bo‘lishiga va bichiqlar soniga ahamiyat beriladi.
Andazalar orasidagi chiqindilar miqdoriga ta’sir etadigan omillar quyidagilardan iborat: a) joylashmadagi andazalar komplektining soni (bir, bir
yarim, ikki va undan ortiq komplekt); b) gazlamani to‘shash usuli ( yalang qavat, o‘ngini-o‘ngiga qaratib va o‘ngini pastga qaratib); d) gazlamaning turi (sidirg‘a, gulli yoki tukli); e) joylashmaning eni; f) andazalarni joylashtirishda gazlamaning tanda iplari yo‘nalishiga nisbatan yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlar, kiyim detallariga tushadigan uloqlar soni; g) joylashmadagi o‘lcham-bo‘ylar soni; h) andazalarning shakli.
Bozor iqtisodiyoti va erkin raqobat sharoitida yengil sanoat korxonalari ishlab chiqarishda va ular rivojlanishida mahsulot sifatli va raqobatbardosh bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Insonlarning zamonaviy sifatli kiyimlarga ehtiyoji doimo ortib borishi tikuv korxonalarining assortimentlarini ko‘paytirish bilan bog‘liq. Buning uchun esa zamonaviy, takomillashtirilgan texnika va texnologiyalardan foydalanish hozirgi zamon talabidir.
|
| |