|
O‘quvchilar bilimini faollashtirish uchun savollar
|
bet | 17/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslariO‘quvchilar bilimini faollashtirish uchun savollar:
4-ilova
Masalan: erkaklar kiyimi 170—100—88, ayollar kiyimi 158—96—104 deb markalanadi.
Odam gavdasi va gavdaning ayrim qismlari o‘lchanganda aholining hamma gavda turlarini nisbatan ko‘p bo‘lmagan gavda xillariga bo‘lish mumkin. Natijada kiyim o‘lchamlari orasida intervallar qancha bo‘lishini belgilash mumkin bo‘ladi. Bu interval loqaydlik intervali deb ataladi.
Ust kiyimlar uchun ko‘krak aylanasidagi loqaydlik intervali 4 sm (yarim aylanasi 2 sm), kiyim o‘lchamlari esa 44, 46, 48, 50, ..., 60 kabilar belgilangan.
Mahsulotning sifatini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish jarayonining har bir pog‘onasida uni idora qilib turish zarur.
Muayyan sohadagi faoliyatni tartibga solish uchun qoidalar belgilash va ularni qo‘llash maqsadida standartlash qabul qilingan.
Standartlash tizimining asosiy vazifalari tayyor mahsulotning, xomashyo va materiallarning sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash, mahsulot sifati ko‘rsatkichlari yagona tizimini, bu tizimni sinab ko‘rish usul va vositalarini belgilash, birxillashtirish usullarini ishlab chiqish va joriy etish, mamlakatda o‘lchash ishlarining bir xilda bo‘lishini va to‘g‘riligini ta’minlash, hujjatlar yagona tizimini o‘rnatish va h. k. hisoblanadi.
Standartlashtirish Davlat tizimi uchta standartlar toifasidan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlari, soha standartlari va korxona standartlari.
Davlat standarti huquqiy va texnik norma hisoblanadi, unda standartga mos bo‘lmagan mahsulot yetkazib berilgani uchun korxonalarning mulkiy javobgarligi ko‘zda tutilgan bo‘ladi va mahsulot sifatiga davlat qo‘ygan talablar ko‘rsatiladi. Standartlarda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar mahsulot sifatining eng past chegarasi bo‘lib, bundan past sifatli mahsulot sifatsiz hisoblanadi.
Davlat standartlarini respublikamizdagi hamma korxonalar, tashkilotlar va muassasalar qo‘llashi shart.
Soha standartlarini qo‘llash mazkur sohadagi hamma korxonalar va tashkilotlar uchun, shuningdek, shu soha mahsulotini ishlatuvchi (iste’mol qiluvchi) boshqa sohalardagi (buyurtmachi) korxonalar va tashkilotlar uchun majburiydir. Korxona standartlari muayyan korxona uchungina majburiydir. Amaldagi standartlar bevosita modellarga bog‘liq talablarni aks ettirmaydi. Korxonalarda kiyim tikishda kerakli hujjat muayyan modellar uchun ishlab chiqilgan texnik shartlar hisoblanadi. Texnik shartlarni modelxonalar, modalar uyi yoki laboratoriyalar ishlab chiqib, keyin andazalar bilan butlangan tarzda korxonalarga jo‘natadi.
|
| |