Gigiyenik talablar — insonni tashqi muhitning turli xil omillaridan himoyalash (sovuq, issiq, yomg‘ir), mexanik va kimyoviy zararlanishdan himoyalash, organizmning normal hayot faoliyatini ta’minlash vazifasini bajaradi.
Ekspluatatsion talablar — foydalanishda qulaylik va ishonchlilikni ta’minlaydi.
Estetik talablar — zamonaviy, modaga mos keluvchi kiyimni badiiy bezashni ta’minlaydi (siluyet, rang, qo‘llanadigan gazlama guli, kiyim qismlari proporsiyasining detal shakli).
Ishlab chiqarish talablariga mehnat sarfini qisqartirish va materiallardan ratsional foydalanish yo‘li bilan mahsulotni tayyorlashda texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ta’minlash kiradi.
Tikuv buyumlari quyidagicha tasniflanadi.
sxema. Tikuv buyumlarining tasnifi.
Bolalar kiyimi, o‘z navbatida, yoshiga qarab: yasli yoshidagi bolalar kiyimi, maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimi, maktab yoshidagi bolalar kiyimi, o‘smirlar kiyimiga bo‘linadi.
Maishiy kiyim vazifasiga ko‘ra: kundalik kiyim, tantanalik kiyim, uy kiyimi bo‘lishi mumkin. Tikuv buyumlari: ust kiyim, ichki kiyim, korset buyumlari, cho‘milish kiyimlari, bosh kiyimlar, boshqa kiyimga taalluqli bo‘lmagan tikuv buyumlariga ajratiladi.
Maishiy ust kiyimlarga kiradigan tikuv buyumlari assortimenti har xil bo‘ladi. Unga palto, kalta palto, plash, pidjak, nimcha, jaket, yubka, ko‘ylak, xalat, bluzka, erkaklar ko‘ylagi, kombinezonlar kiradi.
Ichki kiyim bu — ich ko‘ylaklar, ostki yubkalar, tungi ko‘ylaklar, bolalar ko‘ylakchalari, ishtonlar, kolsonlar, pijamalardir.
|