|
Kiyim sifatini yaxshilash uchun
|
bet | 11/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslariKiyim sifatini yaxshilash uchun kimyoviy materiallarning yangi turlaridan foydalanish kerak bo‘ladi. To‘qima va trikotaj, suniy mo‘yna, suniy teri va suniy zamsha, sun iy gazlama va sun iy trikotaj, plyonka qoplangan materiallar, noto‘qima materiallar, yelim qoplamali maxsus qotirmalar, xilma-xil furnituralar va h.k. ana shunday material turlaridan hisoblanadi.
Respublikamizda hamma sohalar singari yengil sanoat sohasiga alohida e’tibor qaratilgan, chunki bizda paxta, ipak, jun kabi xomashyo mahsulotlari yetishtiriladi. Xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga olib chiqish bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlabchiqarishdek mas’uliyatli vazifani talab etadi. Hozirda yangi texnika va texnologiyaning respublikamizga kirib kelishi ham amaliy, ham nazariy bilimga ega bo‘lgan, maxsus fanlardan chuqur bilimli ishchilar kerakligidan dalolat beradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uzluksiz ta’limni mazmunli va tashkiliy rivojlantirishga doir strategik yo‘nalishga asoslangan holda aniq belgilangan. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradigan omillardan biri yangi texnika va texnologiyadan mohirona foydalanib, ijodiy vayuksak unumli ishlay oladigan, zamon taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘la oladigan, mutaxassislikka oid har qanday masalalarni yechishga qodir malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Hozirda respublikamizda bu masalaga katta e’tibor qaratilgan. Ko‘plab kasb-hunar maktablarining tashkil topishi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi o‘quvchilarning mutaxassislik fanlarini chuqur egallashlari uchun yetarli sharoitlar yaratilganligidan dalolatdir. «Tikuvchilik asoslari » fani kiyim haqida umumiy ma’lumotlar, tikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bosqichlari, ya’ni tayyorlov-bichish jarayoni, tikuv buyum detallarini biriktirish usullari, ustki kiyim tikish texnologiyasi asoslari yoritilgan bo‘lib, bunda, ishlov berishning an’anaviy va takomillashtirilgan usullari berilgan.
Kiyim - odamzod rivojlanishining ilk bosqichlarida iqlim ta’siridan himoya qilish vositasi sifatida paydo bo‘lgan.
Uning keyingi rivojida turli tarixiy o‘zgarishlar, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, milliy xususiyatlar va jamiyatdagi estetik tasavvur evolutsiyasi ta’siri ostida shakli va xillari o‘zgarib, amaliy san’at obyektiga aylandi.
Kiyim — odam tanasini tashqi ta’sirlardan muhofaza qiluvchi hamda estetik funksiyalarni bajaruvchi buyum va buyumlar majmuyi. Kiyim deganda ich kiyim, ko‘ylak va ust kiyim, bosh kiyim, poyabzal, qo‘lqop, paypoq kabilarning keng majmuasi tushuniladi.
Kiyim rivojlanishining tarixini uning ishlab-chiqarilishiga qarab 3 bosqichga bo‘lish mumkin:
Kiyim haqida gapirganda Moda nima degan savol tug‘ilishi mumkin.
Moda - lotincha so‘z ( modus - ish o‘lchami, usuli, yo‘sini ); bizlar uchun esa bu biron diddagi kiyimning vaqtincha ko‘payganganligi.
Modani «tan olish» yoki «tan olmaslik», undan zavqlanish yoki xafa bo‘lish, uning ijodkori yoki qo‘li bo‘lish mumkinu lekin modadan chetda bo‘lish mumkin emas ekan. Demak, moda sostial hodisa, jamiyat hayotining bir qismi ekan.
Did masalasi ham oddiy masala emas. Did - bu avvalo, hamma narsadagi (nimani, qaerda kiyishni, o‘zining tashqi qiyofasiga qanday munosabatda bo‘lishni, o‘zini qanday tutishni va hokazo bo‘lishdagi ) me'yor tuyg‘usi.
Kiyim - bu badanni yopadigan nimaiki bo‘lsa hammasi.
Libos - «kiyim kechak» so‘zlariodatda hozir «ansambl» (franstuzcha ensemble - «birgalikda») deb yuritiladigan to‘shunchani yoki tarkibiy qismlarining, qo‘shimcha bezaklarining xarakteriga, rangi, fakto‘rasiga va hokazog‘a qarab malum marosimlarga mo‘ljallangan kostyumni bildiradi.
|
| |