|
Tikuvchilik asoslari cdr
|
bet | 12/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslariGarderob - so‘zining dastlabki manosi - «kiyimxona» bo‘lib, hozirda ham «kiyim shkafi»,«kiyim turadigan joy» ma'nosini bildiradi. Lekin bir kishining kiyimlari yig‘indisi ham garderob deyiladi.
Eng muhim termin - kostyum ( franstuzcha costyme - qiyinish), kiyimning mazkur xalq, tabaqa, davr uchun turg‘un, tipik umumiy bo‘lgan formasi shu termin bilan ataladi.
Proporstiyalar - bu kostyum qismlarining o‘lchamlariga binoan bir - biriga va odam gavdasiga taqqoslangan nisbatlari. Kiyimning bo‘yi, eni, ko‘krak qismi bilan yubkasining, yenglarining, yoqasining, bosh kiyimining, detallarining hajmi, uzunligi, kostyum kiyilgan qad - qomatni ko‘rib idrok etishga, uning o‘lchamlari monandligini fikran baholashga tasir ko‘rsatadi.
Kiyimning asosiy funksiyalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
sxema. Kiyim funksiyalari.
Utilitar funksiya himoyaviy va fiziologik-gigiyenik funksiyalarga ajratiladi. Har bir funksiya keyingi pog‘onada yanada kengroq aniqlanadi.
Axborot funksiyalar odam (kasbi, didi, madaniyati) va uning kiyimi to‘g‘risida axborot beradi (kiyim vazifasi, o‘rinliligi, zamonaviyligi, yangilikligi va h.k).5
Kiyim turi aholining didi, talabining o‘sishi, madaniyati va yangilikka intilishi natijasida doimo o‘zgarib turadi.
Kiyimga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1) kiyimning sifati va aholi talabi xususiyatlarining shakllanishini ta’minlovchi iste’molchi talablari; 2) kam mehnat va kam material sarflab, yuqori sifatli kiyim tayyorlashga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish talablari.
Kiyimning talab xususiyatlari quyidagilar bilan aniqlanadi: gigiyenik, ekspluatatsion, estetik.
|
| |