• Mavzuni mustahkamlash 5-ilova
  • Juftlab ko‘rsating topshiriqli kartochka
  • Gazlamalarni to‘shash jarayonida quyidagi texnik shartlarga rioya qilinadi




    Download 7,12 Mb.
    bet21/85
    Sana02.02.2024
    Hajmi7,12 Mb.
    #150514
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85
    Bog'liq
    Tikuvchilik asoslari

    Gazlamalarni to‘shash jarayonida quyidagi texnik shartlarga rioya qilinadi:

    1. Gazlamaning guli va tuki yo‘nalishiga e’tibor berish.

    2. Barcha qavatlarning milklarini to‘shamaning bir tomoniga tekislab, bir- biriga to‘g’ri keltirish.

    3. Gazlama qavatlarini tartibli joylashtirish yoki tartibli to‘g’rilashga yo‘l qo‘yilmasligi

    4. To‘shama oxirida va gazlama uchlari tutashgan joylarda gazlamani uning uzunasiga aniq perpendikular qirqish.

    5. Gazlamadagi yo‘l-yo‘l yoki katak gulli to‘shamaning hamma qavatlarini ustma-ust bir-biriga to‘g’ri keltirish.

    Gazlamalarni ikki usulda to‘shash mumkin: «o‘sgini o‘ngiga» qaratib yalang qavat to‘shash va «o‘ngini pastga» qaratib yalang qavat to‘shash.
    Asosan simmetrik juft detallardan iborat kiyimlarni bichishda, gazlamani «o‘ngini o‘ngiga» qaratib to‘shab bichganda, bir yo‘la ikkita detal chiqadi. Simmetrik detallari yo‘q kiyimni bichishda esa detallarni bo‘rlab chiqish kerak bo‘ladi. Shuning uchun simmetrik juft detallari bo‘lmagan kiyimlarni bichishda ko‘pincha gazlama «o‘gini pastga» qaratib to‘shaladi. «O‘ngini o‘ngiga» qaratib to‘shash andazalar joylashtirishni osonlashtiradi. «O‘ngini pastga» qaratib to‘shalganda bo‘rlovchi juft detallarni joylashtirishda juft detaldan bittasi chap tomon uchun, ikkinchisi o‘ng tomon uchun bichiladigan bo‘lib joylashtirilishi kerak. Gazlama «o‘ngini o‘ngiga» qaratib to‘shalganda juft detallar aniqroq bichiladi, chunki ular birga bichiladi.
    Gazlamani qo‘lda yoki mashina yordamida to‘shash mumkin.




    Ust kiyim gazlamalarini to‘shashda baravariga ikki kishi ishlaydi. Ular to‘shashni boshlashdan oldin hisob kartasi bilan tanishib chiqadi. To‘shama stollariga kerakli belgilar qo‘yib chiqqandan keyin, to‘shama boshlanadigan joyiga cheklovchi chizg’ich o‘rnatadilar.
    Gazlamalar qo‘lda to‘shaladigan bo‘lsa, ishchilar gazlama to‘pini maxsus moslamalarga o‘rnatadilar va gazlama uchini ikki burchagidan ushlab, stol ustidan tortib borib, cheklovchi chizg’ichga yetkaziladi. Gazlama uchini cheklovchi chizg’ich bilan bostirib qo‘yib milkini to‘g’rilaydilar. Qavat oxirini maxsus keskich chizg’ichda kesadilar. Agar gazlama ensiz bo‘lsa uni bitta ishchi to‘shaydi. To‘shovchilar ishini yengillashtirish maqsadida to‘shash mashinalaridan foydalanadilar. To‘shash mashinalarida gazlama rulonining uchi mashinaga qistiriladi. Bunda to‘shash tezligi mashinaning harakat tezligiga baravar bo‘ladi. Rulon o‘ramini ochish uchun tezlikni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan maxsus o‘ram ochar qurilmalar ishlatish ham mumkin. Bunda to‘shash tezligi mashinaning to‘shash tezligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Gazlama rulonning ochilish tezligidan ortiqroq bo‘lgani uchun, to‘shalgan qavatlar tortilib turmaydi.
    Tikuvchilik korxonalarida gazlamalarni ketma-ket, parallel yoki aralash usulda to‘shash mumkin. Ketma-ket usulda avval bitta stolga mo‘ljallangan to‘shamani to‘la bajarib bo‘lib, keyin navbatdagi stollarga birin-ketin to‘shala boriladi. Bunda gazlama to‘plari oxirigacha to‘shalishi kutilmaydi. Gazlamani ketma-ket to‘shashning afzalligi bichiqchilik stolining sathidan ratsional foydalanishdir. Ketma-ket to‘shashning afzalligidan yana biri shuki, unda keyingi stoldagi to‘shamalar tayyor bo‘lishi kutilmaydi, to‘shab bo‘lingan stoldagi to‘shama qavatlari qirqilaveradi. Kamchiligi esa, rulon o‘ramini ochishni ko‘p marta takrorlashda kuzatiladi.
    Parallel to‘shash usuli shundan iboratki, unda har qaysi gazlama to‘pi oxirigacha to‘shama stollariga yoki bir necha stolga bir vaqtda to‘shaladi, to‘shamalar esa barcha to‘plar to‘shab bo‘lingandagina qirqiladi. Parallel to‘shash usulida to‘shovchilar zvenosi bitta hisob kartasida qancha to‘shama ko‘rsatilgan bo‘lsa, shuncha stolda baravar ishlaydilar. Hisob kartasida bir nechta bo‘yi qisqa to‘shamalar nazarda tutilgan bo‘lsa, brigada zvenolari sarflaydigan vaqtni tenglashtirish maqsadida birorta zveno ikkita qisqa to‘shamani bir stolda to‘shaydi. Parallel to‘shash usulining eng katta kamchiligi shuki, buning uchun bichish sexining sathi anchagina keng bo‘lishi kerak.
    Gazlamani aralash to‘shash usuli parallel to‘shash usulining ikki yoki undan ortiq marta ketma-ket takrorlanishidan iborat. Bu usulda to‘shalganda, ikki kishidan iborat to‘shovchilar bitta hisob kartasida ko‘rsatilgan besh-olti to‘shamani ikki-uch stolda baravar to‘shaydilar.
    Bichish ishlarini mexanizatsiyalash yuzasidan konstruktorlik byurolarida va tikuv korxonalarida olib borilayotgan ishlardan biri ko‘p qavatli to‘shash stollarini yaratishdir. Bunda stollarning qavatlari ma’lum tartibda o‘rin almashib turadi. Har bir stolning konstruksiyasi ikkita texnologik zonadan iborat, ya’ni to‘shash va bichish zonalari. Tikuvchilik sanoatida bunday stollarda ikki qavatli mexanizatsiyalashtirilgan stol, gazlamani to‘shash va bichishga mo‘ljallangan besh qavatli stol va yetti qavatli ANK agregati ko‘proq ishlatiladi.




    Ikki qavatli mexanizatsiyalashtirilgan stolning konstruksiyasi gazlamalarni faqat ketma-ket usulda to‘shashga mo‘ljallangan. Ma’lumki, parallel to‘shash usulida hisob kartasida ko‘rsatilgan to‘shamaning hammasi bir vaqtda baravar to‘shaladi. Ikki qavatli to‘shash stolida esa, to‘shalib bo‘lingan stol qavatida, to‘shama qirqilayotgan vaqtda bo‘sh stolda gazlama to‘shab turiladi.
    To‘shamalar ustki qavatiga bo‘rlama joylashtiriladi va to‘shama bo‘laklarga qirqib bo‘linadi. Tikuvchilik sanoatida ishlatiladigan to‘qimachilik materiallari xususiyat va tuzilish jihatidan turli xil bo‘ladi. Shuning uchun gazlamalarni bichish usuli bir xil bo‘lmaydi. Gazlamalarning xususiyatiga, bichish usuliga, korxonaning turiga qarab, bir vaqtda necha qavat gazlamani baravar qirqish mumkinligi aniqlanadi.
    Gazlama bichishning ikki xil usuli: gazlamani universal asbobda bichish va maxsus asbobda bichish usullari bor. Konstruksiya jihatidan xilma-xil qaychilar va arralar ishlatilib, gazlama bichishning universal usuli kengroq tarqalgan. Bunday usulda to‘qimachilik materiallarini har qanday fason va har qanday o‘lchamdagi kiyimlarga mo‘ljallab bichaverish mumkin. Bunda bir xil kiyimlarni bichib, ikkinchi xil kiyimlarni bichishga o‘tishda bichish uskunasi ham, qirqish asbobi ham o‘zgartirilmaydi. Universal asbobda gazlama bichishning eng asosiy afzalligi ham shundan iborat. Universal usulning kamchiligi shuki, bunda kiyim detallari aniq bichib olinmay, balki kengaytiribroq bichiladi va bichish jarayonining o‘zidan oldingi ishlar, qavatlarni to‘shash va tekislash ko‘p mehnat talab qiladi.
    Ommaviy tikishning rivojlanishi, tikuv fabrikalarining ixtisoslashuvi, mehnat unumdorligini yanada oshirish va tikuv mahsulotlarini yaxshilash zarurati, gazlama bichishning samaraliroq usullarini topishni talab qiladi.


    Mavzuni mustahkamlash
    5-ilova
    Juftalab к o’r sating” mashqi mavzuni mustahkamlashda qoTlaniladi. O’quvchilar mavzu yuzasidan olgan bilimlarini tekshirib mustahkamlashga
    yordam beradi.
    Topshiriqli kartochka individual yoki kichik guruhlarga tarqatiladi, o’tilgan mavzuga oid tayanch iboralami tartibsiz joylashtirilgan kartochkada javob variantlarini chiziq orqali belgilanadi. Javoblar bitta yoki bir nechta atama bilan juftlashishi mumkin





    Juftlab ko‘rsating topshiriqli kartochka





    Download 7,12 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85




    Download 7,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gazlamalarni to‘shash jarayonida quyidagi texnik shartlarga rioya qilinadi

    Download 7,12 Mb.