|
-rasm. Qo‘lda bajariladigan ishlar uchun asboblar
|
bet | 24/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslari3.2-rasm. Qo‘lda bajariladigan ishlar uchun asboblar.
Ish vaziyatining to‘g‘ri bo‘lishi ishchining kayfiyatiga va bajariladigan texnologik operastiyaning sifatiga katta tasir ko‘rsatadi. Tikuvchining ko‘zi bilan buyum orasidagi masofa 25 - 30 sm. ga teng bo‘lishi kerak. Tik turib ishlaydigan ishchi gavdani to‘g‘ri va qattiqtutib turishi, bo‘yin va ko‘krak qismida umurtqa to‘g‘ri turishi kerak.
Bu masofani vintli stulning o‘rindig‘ini ko‘tarib yoki tushirib rostlash mumkin.
Oyoqlarni taglik yoki stol tagiga uzunasiga qoqilgan tayoq taxtaga qo‘yish
lozim.
Ish holatining noto‘g‘ri bo‘lishi umurtqaning qiyshayib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qo‘lda bajariladigan ishlarning quyidagi texnik shartlari mavjud.
Bort, yoqa burchaklari ag‘darma choklarining bezak baxyaqatorlar chiziqlarini yordamchi andazalar bilan belgilaganda, belgi chiziqlar yug‘onligi
1sm. dan oshmasligi lozim.
Detallarni bir-biriga vaqtincha qaviqqator bilan ko‘klashda ipning rangi asosiy detal rangidan ancha farq qilishi kerak.
Qaviq yirikligi va qaviqqator zichligi gazlama qalin - yupqaligiga va shu qaviqka qo‘yilgan talablarga bog‘liq bo‘ladi.
Ipning uchi qaviqqator boshida to‘gilib, oxirida bir joyning o‘ziga ikki- uchta qaviq solib puxtalanadi.
Doimiy qaviq va qaviqqatorlar uchun ishlatiladigan ipning rangi asosiy gazlama rangiga mos bo‘lishi kerak.
Qalinligi har xil gazlamadan bichilgan detallarni ulashda yupqa gazlamadan bichilgan detalni ust tomonga qo‘yish kerak.
Kertmalarning uchi detallarning qirqilgan chiziqlarining uchlari baxyaqator yo‘liga 0,1 - 0,15 sm. etmasligi kerak.
Belgi chiziqni iz tushirgich bilan ko‘chirganda uning g‘ildirakchasi chiziq qalinligining o‘rtasidan yuritilishi lozim.
Ko‘klash operastiyasini osonlashtirish va tezlashtirish hamda sifatini Yaxshilash uchun detallar oldin to‘g‘nagichlar bilan tug‘nab olinadi.
Ko‘klash qaviqqatorlarining keyingi tikish paytida mashina baxyaqatori tagiga qolmasligi uchun hamma ko‘klash iplari bo‘r bilan belgilangan chiziqdan detalning qirqimi tomonga 0,1 - 0,15 sm . Yaqinlashtirib bajariladi.
Detallarni vaqtincha ko‘klab qo‘yilgan iplarini so‘kib tashlash uchun qaviqqatorni har 10 - 15 sm. oraliqda qaychi bilan qirqib, so‘ngra iplar uchidan tortib olinadi.
Ignalarning nomeri gazlama qalinligiga va bajariladigan operastiyaning xarakteriga mos bo‘lishi kerak.
Ipak ip bilan bajariladigan bezak qaviqqatorlarning ( izma yo‘rmalash, puxtalash ) uchlari teskari tomondan uch - to‘rt qaytma qaviq bilan puxtalab qo‘yiladi.
Gazlamada igna hosil qilgan qo‘shni teshiklar orasida iplar chalishuvining bitta tugallangan stikli qo‘lda bajarilgan bo‘lsa, qaviq deyiladi. Ketma-ket takrorlangan qaviqlardan qaviqqator hosil bo‘ladi.
Qaviq va qaviqqatorlarni qo‘lda bajarishda diametri 0,6 - 1,8 mm., uzunligi 30 - 75 mm. bo‘lgan 1 - 12 nomerli ignalardan foydalaniladi. Qaviq solishning 2 usuli bor:
1) Igna materialning 1 tomonidan sanchilib, shu tomondan chiqariladi.
2) Bir tomondan sanchilib, boshqa tomondan chiqariladi.
|
| |