|
rasm. Birlashtiruvchi chok turlari: a — biriktirma chok; b — yorma chok; d — qo‘yma chok; e — bostirma chok; f — tutashtirma chok; g —
|
bet | 28/85 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 7,12 Mb. | | #150514 |
Bog'liq Tikuvchilik asoslarirasm. Birlashtiruvchi chok turlari: a — biriktirma chok; b — yorma chok; d — qo‘yma chok; e — bostirma chok; f — tutashtirma chok; g —
qo‘sh chok; h — ichki chok.
Ziy choklar- buklama chok, mag‘iz chok, ag‘darma choklardan iborat.
Buklama chok - ochiq yoki yopiq qirqimli bo‘ladi. Ochiq qirqimli buklama chok qalin gazlamalardan kiyim (yubka, ayollar paltosi etaklarini) tikishda ishlatiladi. Chok kengligi 0,7- 4 sm. Yopiq qirqimli buklama chok (z) erkaklar, ayollar ko‘ylaklari etaklarini, Yeng uchlarini, choyshablar chetlarini tikishda ishlatiladi.
Mag‘iz chok - ochiq qirqimli, yopiq qirqimli va tasmali bo‘ladi. Ochiq qirqimli mag‘iz chok (i) adip ichki qirqimlarini, astarsiz ust kiyimlar qirqimlarini mag‘izlash uchun ishlatiladi.
3.2-sxema. Ziy choklar ssinflanishi
Yopiq qirqimli mag‘iz chok ayollar ko‘ylaklarining va ich kiyimlarning yoqa, Yeng o‘mizlariga mag‘iz qo‘yish uchun ishlatiladi. Mag‘iz chok solish uchun maxsus 2-35 buklagich moslamadan yoki 1022-3 kl., 1022-4 kl. tikuv mashinalaridan foydalanish mumkin. Mag‘iz parchasi o‘rniga maxsus tasma ishlatilsa, tasma chetini bukmay turib, tasma milkidan 0,1 - 0,15 sm. oraliqda baxyaqator yuritib tikiladi.
Ag‘darma chok- kantli, ramkali, qistirma kantli bo‘ladi. Bu chok cho‘ntak qopqoqlarning, yoqalarning, bortlarning chetlarini tikishda ishlatiladi.
Kantli ag‘darma chokda detallardan biri ikkinchisidan 0,1 -0,3 sm. qochiribrok bukilgan bo‘ladi (k).
Ramkali ag‘darma chok pidjak cho‘ntaklari, ko‘ylakning tugmalanadigan joylarini tikishda ishlatiladi. Hosil bo‘lgan ramkani saqlab qolish uchun ag‘darma chok ustidan baxyaqator yuritib qo‘yiladi. Qistirma kantli ag‘darma chok yoqalarni, ko‘ylak bortlarini bezashda, xizmat formalarining yoqalari, shim yon choklarini tikishda ishlatiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
rasm. Birlashtiruvchi chok turlari: a — biriktirma chok; b — yorma chok; d — qo‘yma chok; e — bostirma chok; f — tutashtirma chok; g —
|