• Mavzuni mustahkamlash
  • Foydalaniladigan adabiyotlar
  • O‘tqazma qopqoqli taqilma




    Download 7,12 Mb.
    bet50/85
    Sana02.02.2024
    Hajmi7,12 Mb.
    #150514
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85
    Bog'liq
    Tikuvchilik asoslari

    O‘tqazma qopqoqli taqilma (12.3-rasm). Qopqoq o‘ngini ichkariga qaragan holda uzunasiga ikki bukiladi va yuqori cheti ag‘darma chok bilan tikiladi. Qopqoq o‘ngiga ag‘darilib, choki to‘g‘rilanadi va yuqorisi bilan yon tomondagi bukilgan ziylari dazmollanadi. Chap va o‘ng qopqoqning tikilmagan yon chetlari asosiy detalning o‘ngiga belgilangan chiziq bo‘ylab ulanadi. Bu chiziqlar orasi esa qopqoqlarning tayyor bo‘lgandagi eniga teng bo‘ladi. Burchak joylarda chok haqi asosiy detal tomonidan qirqib qo‘yiladi. O‘ng qopqoqni chap qopqoq ustiga qo‘yib, pastki uchlari to‘g‘rilanadi va universal mashinada ikkita yoki uchta qaytma baxyaqator yuritib puxtalanadi. Qopqoqlar ulangan choklari bilan pastki qirqimlari maxsus mashinada yo‘nnaladi.





    12.2-rasm.





    12.3-rasm.


    Bostirma qopqoqli taqilma.


    Ostki va ustki qopqoqlarning o‘ngini kiyimning teskarisiga qaratib qo‘yiladi va qopqoqlar bilan kiyim kesimi qirqimlari to‘g‘ri keltirib ulanadi. Choklar qopqoq tomonga yotqizib to‘g‘rilanadi va dazmollanadi. qopqoqlar kertimlarga moslanib, o‘ngini ichkariga qaratib bukiladi va yuqori uchlari bukilgan ziydan kertimgacha ag‘darma chok bilan tikiladi. Hosil bo‘lgan burchak o‘ngiga ag‘darib to‘g‘rilanadi va dazmollanadi. Ostki qopqoqning yon cheti 0,5 - 0,7 sm ichkariga bukiladi, qopqoq ulangan chok 0,1 - 0,2 sm yopib turadigan qilib bukilgan ziyidan 0,1 sm masofada bostirib tikiladi. Ostki qopqoqning pastki uchini bukib, ziy bo‘ylab tikish bir vaqtda uni asosiy detalning kesimidan 1 sm pastroq joyiga tikiladi. Ustki qopqoq asosiy detalning o‘ng tomoniga bukilib, tashqi ziy bo‘ylab bostirib tikiladi. Bunda baxyaqator taqilma kesimidan 1 sm pastroqqa yotqiziladi. Ustki qopqoq pastki qopqoq ustiga, uning tashqi cheti pastki qopqoqning ulangan chokini yopib turadigan qilib qo‘yiladi. Qopqoqning tikilmagan cheti 0,5 - 0,7 sm bukib, ichki ziy va pastki uchi bo‘ylab bostirib tikiladi. Ustki taqilma qirqim uchidan yuqoriroq joyiga bitta ko‘ndalang baxyaqator yuritiladi (12.4-rasm).





    12.4-rasm.


    «Molniya» tasma asosiy detalning choksiz joyiga yoki chokiga qo‘yib tikilishi mumkin. «Molniya» tasma choksiz joyga tikiladigan bo‘lsa (12.5-a
    rasm), u joyga oldin mag‘iz qo‘yib olinadi. Buning uchun mag‘izlar cheti kant kengligidan 0,7-1,0 sm ortiq kenglikda teskarisini ichiga qilib bukiladi. Ularning o‘ngini asosiy detalning o‘ngiga qaratib, qirqimlarini taqilma kesimi tomonga qaratib qo‘yiladi va belgilangan chiziqlar bo‘ylab universal mashinada ulanadi. Asosiy detalning baxyaqatorlar orasidagi joyi o‘rtasidan qirqilib, kesim uchlari baxyaqatorlar oxiriga

    1. 1 sm yetkazmay qiyalatib kertib qo‘yiladi.

    Mag‘iz asosiy detal teskarisiga qayirib o‘tkaziladi va choklari to‘g‘rilanib, qaytma baxyaqator yuritib puxtalanadi. Mag‘izlar tagiga «molniya» tasma qo‘yib, uni universal mashinada mag‘iz ulangan choklar yonidan baxyaqator yuritib, asosiy detalga bostirib tikiladi. «Molniya» tasma chokka qo‘yib tikiladigan bo‘lsa (12-b rasm), chok tikilayotganda tasma qo‘yiladigan joy tikilmay qoldiriladi.
    Tikilgan chok yorib dazmollanadi va taqilma uchun tikilmay qoldirilgan joy chetlari bukib dazmollanadi. Bukib dazmollangan ziylar tagigaasosiy detalning teskari tomonidan «Molniya» tasma qo‘yib, asosiy detalga bostirib tikiladi. Bunda baxyaqator bukib dazmollangan ziylardan 0,4 - 0,7 sm masofada, taqilma uchida


    esa kesimga perpendikular yo‘nalishda, tasma tishlaridan 0,1 - 0,5 sm masofada o‘tadi.







    12.5-rasm. «Molniya» tasmali taqilmalarni tikish.


    Mavzuni mustahkamlash

    1. ilova

    Guruhlar topshirig’i:

    1. Gurux

    Uzungigi etak chizigigacha etadigan bostirma qopqoqli bort taqilmasini tikish ketma ketligini tuzish

    1. Gurux

    Adip qo‘yib tikilgan bort taqilmasini tikish ketma ketligini tuzish.

    1. Gurux

    Uzunligi etak chizigigacha yetadigan molniya tasmali bort taqilmasini tikish ketma- ketligini tuzish
    Uyga vazifa

    1. ilova

    Mavzuni takrorlash. Taqilmalar turlaridan namunalar tikish.


    Foydalaniladigan adabiyotlar

    1. Tikuvchilik ishlab chiqarish” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasi

    (kasb-hunar kollejlari uchun 2-kitob) Toshkent-2004.

    1. M.K. Rasulova “Tikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi” Toshkent “Turon-Iqbol” 2012




    1. N.S.Gaipova, M.tursunxo‘jayeva, Q.Abdullayeva, X.Boboxonova “Tikuvchilik texnologiyasi va jixozlari” (kasb-hunar kolleji talabalari uchun o‘quv qo‘llanma) 3- nashr. Toshkent-2016y.

    2. Qaxramon Olimov “Tikuvchilik korxonalari, jixozlari va uskunalari”. (kasb-hunar kollejlari uchun darslik) qayta nashr. Toshkent-2013y.

    Internet manbaalari

    1. https://burdastyle.ru/master-klassy/detali/shveynye-uzly-kak-delat-planku 2043/

    2. https://korfiati.ru/2008/12/kak-pravilno-sshit-planku-rubashki-bluzki-2/

    3. http://www.fashionbabies.ru/zastezhka-vtachnymi-plankami/

    4. https ://www.yandex.ru/search/?text=obrabotka+planki&lr= 191035&clid=227439








    Download 7,12 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85




    Download 7,12 Mb.