Tikuvchilik asoslari cdr




Download 7,12 Mb.
bet65/85
Sana02.02.2024
Hajmi7,12 Mb.
#150514
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85
Bog'liq
Tikuvchilik asoslari

ZARDO’ZLIKDA
ISHLATILADIGAN
ASOSIY
GAZLAMALAR





Uy-ro‘zg’orda ishlatiladigan zardo‘zi buyumlar inson atrofidagi narsalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, insonga estetik zavq bag’ishlash va uning ijtimoiy mavqeini ko‘rsatishga xizmat qilgan. Uy-ro‘zg’orda ishlatiladigan zardo‘zi buyumlarning quyidagi turlari mavjud: choy xaltai zard o‘zi, muxr xaltai zardo‘zi, pul xaltai zardo‘zi, jildi soat, g’ilofi zardo‘zi, tumorchai zardo‘zi, so‘zanai zardo‘zi, chimildiki zardo‘zi, joynomozi zardo‘zi, choynakpo‘shaki zardo‘zi va hokazo. Uy- ro‘zg’orda ishlatiladigan zardo‘zi buyumlarni bichish usullari hamda bichimining tuzilishiga qarab uch turga ajratish mumkin:


  1. Bichimi to‘g’ri chiziqdan iborat bo‘lgan kichik xajmli zardo‘zi uy-ro‘zg’or buyumlari;

  2. Bichimi ma’lum shaklga ega bo‘lgan kichik xajmli uy-ro‘zg’or buyumlari;

  3. Bichimi to‘g’ri chiziqdan iborat bo‘lgan katta xajmli uy-ro‘zg’or buyumlari.

Zardo‘zlikda ishlatiladigan materiallar (gazlamalar turlari, zar iplar). Zardo‘zlik buyumlarining xususiy texnologiyasi, o‘sha buyum uchun material tanlash va uni bichishdan boshlanadi. Zardo‘zlik mahsulotlarining asosiy


xususiyatlaridan biri ularning sirtida zardo‘zi naqshlarning bo‘rtib turishidir. Shuning uchun, naqshlar tagiga tukli material ishlatiladi. Zardo‘zlikda asosiy gazlamalardan duxoba , velyur gazlamalari ishlatiladi.


Duxoba — tukli o‘rishlarda to‘qilgan gazlama bo‘lib, uning asosi paxta ipidan, faqat tuklarigina tabiiy ipakdan bo‘ladi. Duxoba, asosan, uy -ro‘zg’or buyumlarida ishlatilgan.
Velyur — sidirg’a, zich to‘kilgan, tukli gazlama. Tuklari tik, jun ipdan to‘qilgan. Hozirgi kunda zardo‘zlikda sintetik tola aralashtirib to‘qilgan, zardo‘zlar «taqir velyur» deb atashadigan turi ko‘p ishlatiladi. Undan barcha turdagi zardo‘zlik buyumlari tikiladi. Bu velyur turi chidamliligi, pishiqligi, qattiqligi, ko‘rkamligi va boshqa xossalari bilan zardo‘zlikka juda mos tushadi.
Zardo‘zlikda ishlatiladigan yordamchi gazlamlarga quyidagilar kiradi:
Bo ’z (xom surp) — pardozlanmagan ip — gazlama, ancha qalin va og’ir material. Bo‘z karda ipdan polotno o‘rishlarda to‘qilgan, shuning uchun pishik va cho‘zilmaydi.
Surp — oqartirilgan va pardozlangan bo‘z. XX asrgacha bo‘lgan zardo‘zlikda surp chakmon, poyabzallarda naqshlar ostiga tagzamin sifatida ishlatilgan. Hozir ham kumush rangli ip bilan tikiladigan naqshlar ostiga qo‘yiladi.
Turli navdagi simli iplar zardo‘zlik uchun asosiy xom-ashyo bo‘lib hisoblangan. Oq va tillarang tusdagi yassilangan kumush tolasi sim deb atalib, u Buxoro zardo‘zlari tomonidan keng qo‘llanilgan.
Dumaloq metall ip (likkak) — pishiq yigirilgan ingichka dumaloq metall ipdan iborat bo‘lib, u prujinaga o‘xshab likillb turadi.
Zar iplardan tashqari zardo‘zlikda jaydari rangdor ipak iplardan ham foydalanib, ular asosan gullarga qo‘shimcha oro berishda hamda matoga zar yo‘l tushirishda ishlatiladi.
Zar ipni o‘rash. Zardo‘zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar unchalik ko‘p bo‘lmasa-da, ular o‘ziga xos tuzilishga ega. Zardo‘zlikda ishlatiladigan asosiy asbob korcho‘b bo‘lib, u ikki qismdan iborat: chambarak va xorak. «Korcho‘b» forscha so‘z bo‘lib, «kor» — ish, «cho‘b»- taxta, yog’och ma’nolarni anglatadi.
Chambarak uzunligi 320 sm gacha bo‘lgan ikkita teng yonli yog’och dasta va ularning maxsus qismida harakatlanuvchi silliq taxta, ya’ni shamshirakdan iborat. Shamshirakdagi ovalsimon o‘yiqchalar yog’och dastalarga mato tortilganda ularnitarang ushlab turishga xizmat qiladi.
Korcho‘bning ikkinchi qismi xoraklardir. Xoraklar yog’och poylar bo‘lib,ishlagan vaqtda chambarak ular ustiga qo‘yilgan, chunki qadimda zardo‘zlar ko‘rpacha ustida o‘tirib, ish tikishgan.
Hozirgi zamonaviy sexlarda metalldan (temir va uning qotishmalaridan) tayyorlangan zardo‘zlik dastgohlari ishlatiladi. Bu sexdagi zard o‘zlki dastgohlarni ikki turga bo‘lish mumkin:

  1. Kichik o‘lchamli uy — ro‘zg’or buyumlari va zardo‘zlik kiyim — kechaklarni tikish uchun mo‘ljallangan dastgohlar;

  2. Katta o‘lchamdagi buyumlarni, masalan, zardo‘zi gilam, so‘zana va hokazolarni tikishga mo‘ljallangan dastgohlar. Ular tuzilishi bilan emas, balki chambarak qismining o‘lchamlari bilangina farq qiladi, xolos.




Zardo‘zlikda korcho‘pdan so‘ng turadigan asbobdan biri — patila hisoblanadi. Patila — to‘rt qirrali
va nafis qilib tarashlangan, ichi kavlanib, qo‘rg’oshin quyib vazminlashtirilgan, uzunligi 18 — 20 sm li oddiy yog’och tayoqcha. Patila zar iplarni zich va bir tekis qilib o‘rashda ishlatilgan, bu tikilayotgan zardo‘zning bir tekis chiqishiga yordam bergan, zar ipning chalishib isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan.
Zardo‘zlikda angishvona ham zarur. Chunki zardo‘zlik naqshlari faqat qo‘lda tikiladi. Angishvona igna qo‘lga kirib ketmasligi uchun ishlatiladigan metall g’ilofdir. Uning ustki va yon tomonlarida igna toyib ketmasligi uchun chuqurchalar o‘yilgan.
Zardo‘zlikda barcha jarayonlar qo‘lda bajariladigan choklar orqali amalga oshiriladi, shuning uchun ignalar va ularni tanlay bilish muhim ahamiyatga ega.
Zardo‘zlikda asosan ikki xil turdagi ignalar ishlatiladi:

  1. Tikish ishlari uchun 2 sonli ignalar ishlatiladi.

  2. Bezatish ishlari uchun esa 1 sonli ignalar ishlatiladi.

Zardo‘zlikda uch turdagi qaychilardan foydalaniladi:

  1. Naqshlar, gullarni qirqishda ishlatiladigan qaychi o‘rdakburun va tuyabo‘yin qaychi. Bu qaychilar faqat gullarni qirqishda kerak bo‘ladi.

  2. Pardozlashda kerak bo‘ladigan qaychilar. Bu qaychilar kichikroq bo‘lib, dastgoh ustida ishlashda qulay.

  3. Andoza bichishda kerak bo‘ladigan qaychilar. Bunday qaychilar kattaroq va o‘tkirroq bo‘lishi zarur.

Zardo‘zlikda ishlatilidigan asbob -uskunalar o‘tkir uchli asboblar bo‘lib, ular bilan ishlaganda ehtiyot bo‘lish va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur. Avvalo, ularni saqlash uchun alohida moslama bo‘lishi darkor. Ignalar bilan ishlayotganda, albatta ularni igna qadagichlarga qadab qo‘yiladi. Ulardan foydalanganda angishvona kiyib olinadi. Ignaga ip o‘tkazganda hech qachon ularni lab orasida ushlab turmaslik lozim. Nafas olayotganda yoki gapirmoqchi bo‘lganda ular bexosdan ichga ketib qolishi mumkin. Qaychilar ham uchi o‘tkir asboblardan biri bo‘lib, ulardan noto‘g’i foydalanish o‘zigagina emas, bilki atrofdagilarga xam zarar keltirishi, ish sifatining buzilishiga, ishning to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin.
Zar iplardan foydalanishdan ilgari ular belgilangan chegarada uzun qilib olinadi va patilaga 4 qavat qilib, ya’ni zar o‘raydigan cho‘pga o‘raladi. Zar iplar to‘g’ridan-to‘g’ri patilaga o‘ralmasdan, avval oddiy ip patilaga mahkam qilib bog’lanadi, so‘ng shu ipga zar iplar ulanadi. Zar iplar to‘g’ridan-to‘g’ri patilaga ulansa, tezda uzilib ketishi mumkin. Zar iplarni o‘rayotganda ularning tekis o‘ralashiga e’tibor berish zarur. Keyin zar ip bilan maxsus kartondan kesilgan gullar ustidan tikib chiqiladi.






Download 7,12 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85




Download 7,12 Mb.