-rasm. Kashtalarning ko‘rinishi




Download 7,12 Mb.
bet68/85
Sana02.02.2024
Hajmi7,12 Mb.
#150514
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85
Bog'liq
Tikuvchilik asoslari

20.1-rasm. Kashtalarning ko‘rinishi.





KASHTACHILIKDA ISHLATILADIGAN ASOSIY IPLAR VA GAZLAMALAR





Oddiy bezaklarni tayyor kiyimga tikish mumkin. Bunda gazlama tagiga qattiq qog’oz yoki taxtacha qo‘yib, ustiga kashta gulini ko‘chiriladi.

Kashta turli rangdagi ipak, mulina, zar ip bilan igna, ilmoqli bigizda har xil matoga mashinada gul tikishdir. Kashta har xil kiyim-larga, ro’zg’or buyumlariga tikiladi. Kashtachilikda mato, kigiz, charm, karton, zig’ir, jun, ipak, sun’iy iplar, zar iplar, mayin sim, xom charmdan tayyorlangan tasmalar, munchoq, marjon, metall pulakcha, qimmatbaho tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan tayyorlangan munchoqlar va boshqa materiallar ishlatiladi. Kashtachilikda o’ziga xos ish qurollari mavjud bo’lib, ular o’ziga xos operatsiyani bajaradi. Kashtachilikda ignalar, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar, to’g’nag’ich, angishvona qaychi hamda chambaraklar ishlatiladi,
Chambarak asosan yog’ochdan yasaladi, u doira, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’ladi. Kichik kashtalarga doira chambarak ishlatiladi, chunki u qulaydir. Hamma kashtalarga ham chambarak ishlatilavermaydi. Ip va igna kashta tikiladigan matolar qalinligiga mos qilib tanlanadi. Kashtachilikda yog’och dastali ikki xil, ya’ni ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Ayrim materiallarga masalan, charm va kartonga qiynalmasdan tikish uchun ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Naqshlar uchun o’tkir uchli 10-12 sm uzunlikdagi qaychilar ishlatiladi. Tikish qulay bo’lishi uchun qatim 50-60 sm dan uzun bo’lmasligi lozim, kashta chambarakda tikilsa angishvona qo’llanilmaydi. Naqsh nusxasi har xil materiallarga har xil yo’llar bi lan tushiriladi. Masalan, nusxa ko’chiriladigan qog’ozlar axta, yorug’lik yordamida, naqsh chizilgan qog’ozni material ustidan ko’klab chiqiladi keyin bu qog’ozlar yirtib olinadi. Kashtaga iplar rangini moslab tanlash kashtado’zdan katta mahorat hamda did talab qiladi. To’g’ri tanlangan ip kashtaning jozibador chiqishiga sabab bo’ladi.
Qo’lda kashta tikishning ikki turi mavjud: birinchisi matoning arqoq hamda o’rim iplarini sanab kashta tikish, ikkinchisi esa matoga gul tasviri konturini chizib, erkin kashta tikish turlari. Arqoq o’rim iplari kesishtirib tikilgan polotno yoki bo’z shaklida to’qilgan matolarga tikiladi. Buning sababi kashta tikishda mato iplarini sanab tikishga qulaydir. Sanama kashta turi O’zbekistonda keng tarqalgan. Erkin kashta mato tanlamaydi, tushirilgan tasvir chiziqlari asosida tikiladi. O’zbek kashtachiligida yo’rma, ilma, iroqi, bosma, xomdo’zi, chamak, chipta xayol, baxya choklar keng tarqalgan. Badiiy kashtalarda turli joydan turli choklar ishlatiladi. Chunonchi Shahrisabzda yo’rma, kandaxayol, Iroqi, Toshkentda ko’proq bosma choki, Buxoro, Nurota, Samarqand yo’rma choki bilan tikiladi.








Download 7,12 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85




Download 7,12 Mb.