• TILSHUNOSLIK FANINING TARMOQLARI
  • TILSHUNOSLIKNING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI.
  • E’tiboringiz uchun rahmat!
  • Til faqat kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan oʻrni, jamiyat taraqqiyoti yoʻllarini bilish, oʻrganish mumkin emas




    Download 3,35 Mb.
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,35 Mb.
    #120866
    Bog'liq
    1 mavzu Tilshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari

    • Til faqat kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan oʻrni, jamiyat taraqqiyoti yoʻllarini bilish, oʻrganish mumkin emas.
    • Tilshunoslik yoki til bilimi (lingvistika til haqidagi mustaqil va aniq fan boʻlib, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosda oʻrganadi. Bu fan muayan va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat.
    • Muayan (xususiy) tilshunoslik maʼlum bir tilning lugʻat tarkibi, fonetik tizimi va grammatik qurilishi, taraqqiyot yoʻllari hamda qardosh tillarga munosabatini ilmiy asosda sinchiklab oʻrganadi va shu yoʻl bilan tilning lugʻat boyligi, fonetikasini sinchiklab tekshiradi, ilmiy grammatikasini yaratib beradi.
    • Umumiy tilshunoslik esa umuman tilning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyatini, jamiyatdagi oʻrni va vazifasini, taraqqiyot yoʻlini, til bilan tafakkurning bir-biriga uzviy bogʻliqligini, tilning oʻzaro munosabatini oʻrganadi hamda tilshunoslikni tekshirish usullarini yaratadi. Umumiy tilshunoslik ayrim tilshunoslikni, bir guruh tilshunoslikni va qardosh tilshunoslikni oʻrganish, tekshirish natijasida aniqlangan til hodisasini, til dalillarini umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqaradi va shu asosda til qonuniyatlarini aniqlab beradi.
    • Koʻrinadiki, tilshunoslik inson tilini oʻrganadigan mustaqil fandir. Tilshunoslik dastlab, amaliy ahamiyatgagina ega boʻlgan fan sifatida yuzaga kelgan boʻlsa, hozir sof nazariy xarakterdagi fanga aylandi.
    • Maʼnaviy boyliklar orasida tilshunoslik ilmida toʻplangan bilimlar muhim oʻrin tutadi. Har bir davrning buyuk tilshunoslari boʻladi. Ular oʻz yurti va xalqining tili haqidagi fikrlarini oʻrtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bayroq sifatida namoyon boʻladigan gʻoyalarning muayan davr mafkurasiga aylanishida tilshunoslik bilimlari katta ahamiyat kasb etadi.
    • Til va uning taʼrifi. Hozirgacha til ikkita bir-biriga zid dunyoqarash idealistik va materialistik nuqtai nazardan taʼriflanadi. Ongni birlamchi, materiyani ikkilamchi deb biluvchi idealistik yoʻnalishdagi olimlar tilga quyidagicha taʼrif berishadi: "Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir" (F.de Soseyur). "Til – odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan boʻlgan mexanik harakatidir" (L.Blumfild). "Til fikrni ifoda qilishga moʻljallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan tovushlar majmuidir" (B.Grosse).
    • Bu taʼriflarning birortasi tilning toʻliq taʼrifi emas, chunki ular tilning ijtimoiy mohiyatini ochib berolmaydi.
    • TILSHUNOSLIK FANINING TARMOQLARI
    • TILSHUNOSLIK FANINING TARMOQLARI
      • Intralingvistika. Bunda tilning ichki tizimi, uning birliklari va kategoriyalari, tilning fonologik, leksikologik va grammatik qurilishi oʻrganiladi.
    • Tilshunoslik fanining aspektlari.
    • Tilshunoslikda til komponentlarining ichki munosabatlarini, oʻzaro bogʻliqligini, tilning struktura tomonini yoritish maqsad qilib qoʻyilgan yoʻnalishi struktural tilshunoslik deb ataladi.
    • Xususiy (konkret) tilshunoslik har bir konkret tilning fonetik tizimi, lugʻat tarkibi, grammatik qurilishi va ularning taraqqiyot yoʻllari hamda bu tilning boshqa tillarga munosabatini oʻrganadi va shu asosda konkret tilning ilmiy grammatikasini yaratishga intiladi.
    • Umumiy tilshunoslik maʼlum bir tilning emas, balki umuman til qonunlari, tilning paydo boʻlishi, tilning jamiyatdagi oʻrni va vazifasi kabi masalalarni tadqiq etadi. Shuningdek, bu fanda konkret tillarni, til guruhlarni, qardosh tillarni oʻrganish natijasida aniqlangan til faktlari umumlashtirilib, muhim ilmiy-nazariy xulosalar chiqariladi.
    • TILSHUNOSLIKNING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI.
    • Nutq tovushlari xususiyatlarini tasnif qilish tamoyillarini oʻrganishda fizika fanining akustika boʻlimi tilshunoslikka, uning fonetika sohasiga katta yordam bermoqda.
    • Chet tillarni oʻqitish, mashina yordamida tarjima qilish, turli tipdagi lugʻatlarni tuzishda tilshunoslik matematik metodlarga va kibernetika fani yutuqlariga tayanadi.
    • Tovushlar artikulatsiyasi va eshitish qobiliyatini oʻrganganda, nutqiy qobiliyatning buzilish sabablarini tekshirganda tilshunoslik fiziologiya, tibbiyot singari fanlarning yutuqlariga tayanib ish koʻradi.
    • Tilshunoslikning turli fanlar bilan aloqasi natijasida har xil nazariyalar paydo boʻldi.
    • Tilshunoslik til haqidagi mustaqil ijtimoiy-tarixiy fan boʻlib, uning obʼekti boʻlgan til tilshunoslikdan tashqari bir necha fanlar tomonidan oʻrganishni talab qiladigan murakkab soha boʻlib hisoblanadi.
    • Shunday qilib, tilshunoslik tilning paydo boʻlishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi oʻrni, ichki tuzilishi – tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi masalalarni oʻrganadigan fandir.
    • E’tiboringiz uchun rahmat!

    Download 3,35 Mb.




    Download 3,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Til faqat kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan oʻrni, jamiyat taraqqiyoti yoʻllarini bilish, oʻrganish mumkin emas

    Download 3,35 Mb.