72
Nizomaddin XUDAYBERGANOV, Shaxboz HASANOV
b satrning i-o‘rindagi qiymati va c satrning xuddi shu qiymatlari
solishtiriladigan bo‘lsa nazariya to‘g‘riligini ko‘rish mumkin
bo‘ladi. Demak, a va c orasidagi Hamming masofasi a va b hamda
b va c orasidagi Hamming masofalarining yig‘indisidan katta emas.
Ikkita ikkilik sanoq sistemasidagi a va b qiymatlar uchun Hamming
masofasi a XOR b dagi birlar soniga teng. Ushbu qiymat esa kodlash
nazariyasida xatolikni aniqlash va xatolarni tuzatish yo‘nalishida
foydalaniladi [Derek, 2003, 255].
Tabiiy tilni qayta ishlash yo‘nalishida qisqa uzunlikdagi
so‘zlar orasidagi masofalarni aniqlash hamda ularni to‘g‘irlash
orqali foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari
kodlash nazariyasi sohasida ham ikkilik sanoq sistemasida berilgan
xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish uchun samarali yechim bo‘la
oladi. Katta hajmdagi matn yoki hujjatlar uchun foydalanish uchun
yuqori samaradorlikka ega emas.