• Asosiy
  • Visual C++ muhitida hisobot shaklini tayyorlash va chop etish elementlari




    Download 0,81 Mb.
    bet135/143
    Sana20.07.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #268096
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   143
    Bog'liq
    Tiplarni dinamik tarzda-fayllar.org

    Visual C++ muhitida hisobot shaklini tayyorlash va chop etish elementlari.




    Kalit so’zlar: Operatsion tizim, amaliy dastur, kichik loyiha, axborot tizimi, IDEF, DFD, Hayot sikli, algoritm, EPS metodologiyasi, BRMI metodologiyaisi, hisobot, hisobot paneli.
    Visual C++ muhitida turli sohaga oid masalalarni yechish uchun kichik loyihalarni loyihalash usullari asosan axborot tizimlarni loyihalashtirish usullari nazarda tutiladi. Shuning uchun axborot tizimining obʻyektlari va usullari, algoritmlariga, qo‘llanish sohasi va chegaralariga qarab loyihani katta, kichik loyihalar deyish mumkin. Shuning uchun kichik loyiha deganda funksional imkoniyatlari sanoqli bo‘lgan axborot tizimlari tushuniladi.
    Axborot tizimlarining loyihalashtirish uchun axborot tizimining hayot davrini yaxshi bilish va tushunish kerak. Chunki axborot tizimini loyhalashda uchun hayot davri muhim ahamiyatga ega.
    Axborot tizimining hayot davri. Hayot davri (HD) tushunchasi axborot tizimlarini loyihalash metodologiyasining asosiy tushunchalaridan biridir. Axborot tizimining hayotiy dari - bu axborot tizimini yaratish fikridan boshlanib, u butunlay foydalnishdan chiqqan paytda tugaydigan uzluksiz jarayondir. Hayot davrining tuzilishini belgilovchi asosiy standart GOST ISO/IEC 12207-02 hisoblanadi. Standartga ko‘ra, hayot davri strukturasi uchta jarayon guruhiga asoslangan:



    • Asosiy (buyurtma, ishlab chiqish, etkazib berish, sinov, texnik xizmat ko‘rsatish);



    • Yordamchi (asosiy jarayonlarning bajarilishini taʻminlash uchun):



    • Hujjatlar uchun - barcha manfaatdor shaxslar tomonidan zarur bo‘lgan hujjatlarni ishlab chiqish, tahrirlash, tarqatish va saqlash bo‘yicha ishlar;



    • konfiguratsiyani boshqarish (configuration management) quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tizimdagi dasturiy obʻyektlarning holatini aniqlash va o‘rnatish; obʻyektlarning o‘zgarishi va chiqarilishini boshqarish; obʻyektlarning to‘liqligi, mosligi va to‘g‘riligini taʻminlash; obʻyektlarni saqlash, tashish va etkazib berishni boshqarish;



    • sifatni taʻminlash – yaratilayotgan tizim va amalga oshirilayotgan hayot davri jarayonlarining belgilangan talablar va tasdiqlangan rejalarga javob berishini taʻminlash ishlari;



    • tekshirish - loyiha amalga oshirilayotganda yaratilgan muvaqqat natijalarning belgilangan talablarga javob berishini tekshirish uchun tegishli shaxs (buyurtmachi, etkazib beruvchi yoki mustaqil tomon) ning ishi. Shartnoma, jarayon, talablar, loyiha tizimi, qurilish tizimi va hujjatlarni tekshirishni ajrata;



    • sertifikatlash - alablarning va yakuniy mahsulotning tizimning funksional maqsadiga to‘liq mosligini tekshirish uchun tegishli shaxsning ishi;



    • qo‘shma tahlil – har qanday ish (tizim) holatini yoki natijalarini baholash uchun ish);



    • audit - mustaqil (loyihaga nisbatan) ekspertlarning korxona faoliyatining qabul qilingan talablar, rejalar va shartnoma shartlariga muvofiqligini aniqlash ishlari;



    • muammoni hal qilish - loyihani amalga oshirish vaqtida topilgan muammolarni tahlil qilish va tuzatish ishlari;

      1. Tashkiliy:



    • loyiha boshqaruvi - rejalashtirish va jarayonlarni boshqarish, shu jumladan monitoring, tekshirish va hisobot bilan tugallangan ishlarni baholash;



    -loyiha infratuzilmasini yaratish - boshqa har qanday jarayon uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani tashkil etish va taʻminlash uchun ishlaydi. Infrastrukturada texnik va dasturiy vositalar, vositalar, usullar, standartlar va tizimni ishlab chiqish, ishlatish yoki xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘lishi mumkin;



    • yaxshilash - hayot davri jarayonlarini baholash, kuzatish va yaxshilash uchun ishlash;



    • o‘quv-kadrlar tayyorlashni rejalashtirish va o‘tkazish, shu jumladan o‘quv materiallarini ishlab chiqish. Shu bilan birga, xodimlar nafaqat tizimni boshqaradigan oxirgi foydalanuvchilarga, balki tizim ishlab chiquvchilariga ham tegishlidir. Masalan, ishlab chiquvchilar tashkilotda qabul qilingan texnologiyalar va dasturiy vositalar bo‘yicha o‘qitilishi, hatto oxirgi foydalanuvchilarni tizim bilan ishlashni to‘g‘ri amalga oshirish va o‘qitishga o‘rgatilishi kerak. Qanchalik paradoksal bo‘lmasin, lekin o‘qitishning to‘g‘ri usul va metodlarini o‘rgatish ham kerak.



    Download 0,81 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   143




    Download 0,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Visual C++ muhitida hisobot shaklini tayyorlash va chop etish elementlari

    Download 0,81 Mb.