• System komponentalarining xususiyatlari va hodisalari. Kalit so‘zlar
  • Komponenta tushunchasi va xususiyatlari.
  • - MA’RUZA MAVZU: Komponentalar bilan ishlash




    Download 1,83 Mb.
    bet99/131
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #228405
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131
    Bog'liq
    Tiplarni dinamik tarzda

    10- MA’RUZA


    MAVZU: Komponentalar bilan ishlash.


    Reja:

    1. Komponenta tushunchasi va xususiyatlari.

    2. Standart komponentalarining xususiyatlari va hodisalari.

    3. Additional komponentalarining xususiyatlari va hodisalari.

    4. System komponentalarining xususiyatlari va hodisalari.

    Kalit so‘zlar: IDE, Visual C++, user interface, OYD, komponenta, xususiyatlari, hodisalari, Toolbox, Tab, Add Tab, Delete Tab, Mantlarni tahrirlash, Maʻlumotlarni ko‘rsatish (faqat o‘qish uchun), CheckBox, NumericUpDown, Label, Button, Additional komponentasi, Panel, TabControl, System komponentasi, MenuStrip, ContextMenuStrip.
    MS Visual Studio da ishlash tamoylining asosiy qulayliklari bu komponentalaridir. Foydalnuvchining UI ni tahlil qilib qaralsa, unda juda ko‘plab kompnentalar joylashtirilgan. Bu juda osondir. MS Visual Studio Visual C++ da turli vazifalarni amalga oshirish komponentalari muvjud. Ularni asosan Toolbox deb ham yuritiladi. Toolbox dagi har bir komponentaning nomlar fazosi va sinflari mavjud. Ulardan foydalanganda shu sinflardan merosxo‘r olib yaratiladi va bir oynada bir xil tipdagi kompanentadan bir nechtasidan foydalanish mumkin.
    Komponenta tushunchasi va xususiyatlari. Komponenta bu MS Visual Studio ning eng asosiy qurolidir. Dasturchi bular orqali tez dasturlash va IDE muhitning imkoniyatlaridan foydalaniladi. Komponentalar to‘plamini Toolbox deb yuritiladi.
    Toolbox interaktiv oynasi muhitning ixtiyoriy joyida joylashgan bo‘lshimi mumkin. Loyihalovchi uni o‘ziga mos qilib joylashtirish mumkin. Agar muhitning oynasida Toolbox oynasini ko‘rmayotgan bo‘lsangiz, menyudan foydalanib, [view
    → Toolbox] buyruqlari bajaring. [Ctrl + W, X] tugmachalar majmuasini ham bosish orqali Toolbox oynasiga o‘tish/chaqirish mumkin. Muhit komponentalar soni nechta degan savolga javob berishdan boshlaymiz. Muhit integrallashgan muhitligini bilamiz, shuning uchun undagi komponentalar soni oldindan xech kim ayta olmaydi. Yangi kutubxonalarni joriy qilish yangi komponentalarni olib kiradi. Standart foydalanuvchilar uchun Toolbox oynasi 10.1-rasmda tasvirlangan.

    10.1-rasm. Toolbox oynasi.
    Toolbox oynasi tahrirlash mumkin. Buning uchun sichqonchaning o‘ng tugmasini Tab ga, yaʻni komponentalar guruhining nomiga bosib, 10.2-rasmdagi kontekst menyuni, Tab ning ichiga kirib komponentani ustiga bossak 10.3- rasmdagi kontekst menyuni chaqiramiz.





    10.2-rasm. komponentalar guruhi
    uchun kontekst menyu.

    10.3-rasm. Komponenta uchun
    kontekst menyu.

    Rasmlarga qarasak, ularda bir xil nomli buyruqlar uchraydi, bular butun Toolbox oynasi uchun xizmat qiladi va 5 ta bo‘limdan iborat. Har bo‘limga va uning buyruqlariga to‘xtalib o‘tamiz:

      1. Bo‘lim. Komponentalar ustida amal bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, [Cut] – komponentani buferga olish va joyidan o‘chirish uchun, [Copy] komponentaning nusxasini olishsh uchun, [Paste] – komponentaning olingan nusxasini joylashtirish, buni komponenta guruhiga qo‘llash mumkin, [Delete] – komponentani guruhdan o‘chirib tashlash, [Rename item] – komponenta nomini o‘zgartirish.

      2. Bo‘lim. Toolbox oynasiga xizmat qiladi.[List View] – tanlagan guruh komponentalarini ro‘yxat qilib chiqaradi, o‘chirilgan bo‘lsa, uskunalar to‘plami sifatida ko‘rsatadi. [Show All] – muhitdagi barcha faollashtirilgan komponentalar chiqarib beradi. komponentlar juda ko‘pligi uchun bu ishlatish o‘ta mushkul ish deb hisoblayman. Tajribamda men ham bularning hammasini ishlatolmaganman.

      3. Bo‘lim. Toolbox oynasiga xizmat qiladi va komponentalar hosil qilish uchun ishlatiladi. [Choose Items..] – yangi komponentalarni qo‘shish uchun ishlatiladi, [Sort Items Alphabetically] – komponentalarni alfavit bo‘yicha saralash, [Reset Toolbox] - Toolbox komponentalarni sozlamalarini standart shaklga keltirish.

      4. Bo‘lim. Toolbox oynasiga Tab larni, yaʻni komponenta guruhlari ustida ishlash imkoniyatini beradi. [Add Tab] - yangi komponenta guruhi qo‘shish, [Delete Tab] - komponenta guruhini o‘chirish, [Rename Tab] - komponenta guruhi qayta nomlash, standart nomlaganlarini ham bu amallar bilan o‘zgartirish mumkin.

      5. Bo‘lim. komponenta guruhi va komponentalarning o‘rinlarini almashtirish uchun ishlatiladi. [Move Up] – yuqoriga ko‘chirish, [Move Down] – pastga ko‘chirish. Bularning barchasi muhitning dasturchiga moslashuvchanligi bildiradi.

    Yangi komponentalarni qo‘shish ko‘rib chiqaylik, bu buyruq bosilishi bilan 10.4-rasmda tasvirlangan muloqot oynasi chiqadi.

    10.4-rasm. Yangi komponentalarni qo‘shish.
    Bu rasmdan komponentalarning turlari ko‘rish mumkin, har bir bo‘limi 1000 dan ortiq sinflarga ega. Har bir sinf esa, bitta komponenta hisoblanadi. Agar tizimda mavjud bo‘lmagan komponentalarni ham shu oyna orqali qo‘shish mumkin, masalan, MySql, oqimlar bilan ishlash, OpenCV, OpenMP, Fuzzy ToolBox kabi komponentalarni qo‘shish mumkin.

    Download 1,83 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131




    Download 1,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - MA’RUZA MAVZU: Komponentalar bilan ishlash

    Download 1,83 Mb.