|
ovqatlar, shirinliklar qabulidan keyin ularning bir qismi tishlarning
|
bet | 4/7 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 287,53 Kb. | | #119775 |
Bog'liq Tish yuzasidan hosil boʻladigan karashlar va toshlar(choʻkmalar)-fayllar.orgovqatlar, shirinliklar qabulidan keyin ularning bir qismi tishlarning retensiya nuqtalarida o`rnashib qolib, achish va chirish jarayonini ta’minlab turadi. Mikroorganizmlarga ovqat mahsuloti bo`lib ularning mikroorganizmlar hayot faoliyati faollashadi. Mikroorganizmlar uglevodli ovqatlarni bijg`itish yo`li bilan sut kislotasi hosil qiladi, bu esa o`z navbatida tish emaliga ta’sir qilib demineralizatsiya jarayonini boshlanishiga sabab bo`ladi. Minerallashgan tish toshlari minerallashish natijasida qotgan yoki qotayotgan massa bo`lib, milkka nisbatan joylashuviga qarab: milk osti va milk usti turlarga bo`linadi. Milk usti toshlari Milk usti toshlari.Milk usti toshlari milk qirrasi ustida joylashgan jigarrang tusda bo`lib, qattiq, tez ushaladigan, loysimon konsistensiyada chekuvchilarda tamakiga bog`liq bo`ladi. Tish toshini alohida bir tishda, tishlar guruhida va butun tishlar qatorida kuzatish mumkin. Ko`pchilik hollarda milk usti toshi ko`plab yuqori chaynov tishlar lunj sathida, quloq oldi so`lak bezining og`iz bo`shlig`iga ochilish sohasida, pastki frontal tishlarning til yuzasida, til osti, jag` osti so`lak bezlar ochiladigan sohada yig`iladi. Bugunki kunda milk usti toshlarining so`lakdan hosil bo`lishi isbotlangan. So`lak tarkibidagi mineral tuzlar konsentratsiyasi oshishi natijasida, ular tish usti yumshoq karashlari ustiga cho`kib, uni to`yintiradi. Tish toshlari o`smirlik davrida paydo bo`la boshlaydi va yosh kattalashgan sari ko`payib boradi.
|
| |