|
Tish yuzasidan hosil boʻladigan karashlar va toshlar(choʻkmalar) Tozalash usullari. Asbob–uskunalar
|
bet | 2/7 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 287,53 Kb. | | #119775 |
Bog'liq Tish yuzasidan hosil boʻladigan karashlar va toshlar(choʻkmalar)-fayllar.orgTish usti karashi-blyashka rangsiz, yumshoq cho`kma bo`lib, maxsus tarkibida yod saqlovchi eritmalar yoki fuksin, eritrozin kabi bo`yoqlar bilan yaxshi bo`yalib aniqlanadi. Tish usti karashi og`izni chayish, cho`tka, pasta yordamida tozalashdan keyin ham tish bo'yin sohalarida notekis, silliq bo`lmagan yuzani hosil kilib turadi. Aynan mana shu sohada mikroorganizmlarning faol hayot faoliyati kechadi. Bu faoliyat natijasida fermentlar ishtirokidagi, faol parchalanish, bijg'ish, kislotalar hosil bo`lish jarayoni kuzatiladi. Blyashka tozalanib emal yuzasi ochilganda ba'zan emal sathida xiralashgan demineralizatsiya sohalarini ko`rish mumkin. Bu tuzilmalar asosan mikroorganizmlarning emal yuzasiga adsorbsiyasi natijasida yuzaga keladi va navbatma-navbat kokksimon floralar, keyin tayoqchasimon va ipsimon bakteriyalarni qavatma-qavat joylashuvidan iborat kompleksdir. Tish usti karashi (blyashka) asosan ko`payuvchi mikroorganizmlar, epiteliotsitlar, leykotsitlar makrofaglardan tashkil topgan. Tish usti karashlari quruq qismining 70% ni bakteriyalar, 20% ni organik va anorganik moddalar tashkil qiladi. Tish usti karashi oddiy struktura tuzilishiga ega bo`lganligidan uning tarkibiy qismiga uglevodli molekulalar qiyinchiliksiz singib kiradi. Yumshoq, uglevodga boy ovqatlar is’temol qilinganda tish usti karashlari juda tez o`sadi va qalinlashadi. Tish usti karashlari asosan tishning milk usti sathida, fissuralarga kirish sohasida, kontakt yuzalarda tez vujudga keladi. Karashlarning 80- 85% i suv bo`lib, mineral moddalarning asosini kalsiy , anorganik fosfatlar va ftoridlar tashkil qiladi. Kalsiy moddasi tish usti karashlarida bakteriyalar, hujayralardan tashqari oqsillar, fosfatlar bilan bog`langan holda bo`lib, anorganik ortofosfat yoki organik birikmalar hosil Oq yumshoq tish karashi
|
| |