Signal protsessorlarida qo‘llaniladigan manzillash usullari




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/101
Sana22.12.2023
Hajmi2,7 Mb.
#126923
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101
Bog'liq
UMK TSQI

6.2. Signal protsessorlarida qo‘llaniladigan manzillash usullari 
Istalgan kompyuterning buyruqlar tizimi arxitekturasida, jumladan, signal 
protsessorlarda operandlarni manzillashlashning turli usullari ko‘zda tutilgan. Eng 
avval “ijrochi manzil” va “manzilli kod” tushunchalarini aniqlash kerak. 
Operandning ijrochi manzili deb, xotira yacheykasi nomerining operand 
manbai va priyomnigi sifatida xizmat qiluvchi ikkilamchi kodi ataladi. Ushbu kod 
xotiraning manzilli kirishlariga uzatiladi, u orqali ko‘rsatilgan yacheykaga murojaat 
amalga oshiriladi. Agar operand asosiy xotirada emas, signal protsessor registrida 
saqlansa, ushbu registr nomeri uning ijrochi manzili bo‘ladi.
Buyruqning manzilli kodi – buyruqning manzilli maydonidagi ikkilamchi kod 
bo‘lib, undan operandning ijrochi manzilini shakllantirish kerak.
Zamonaviy kompyuterlarda ijrochi manzil va manzilli kod, qoida bo‘yicha 
mos kelmaydi va ma’lumotlarga kirish uchun tegishli o‘zgartirish talab qilinadi. 
Manzillash usuli – bu operandning ijrochi manziliniing buyruq manzilli kodi 
bo‘yicha shakllantirish usulidir. Manzillash usuli axborotni ishlash jarayoni 
parametrlariga katta ta’sir ko‘rsatadi [22].
Buyruqda manzillar bilan bir qatorda bajarilishi kerak bo‘lgan amal turi ham 
ko‘rsatiladi. Shunday qilib, buyruq umumiy holatda:
− bajarilishi kerak bo‘lgan amalni; 
− amal bajarilishi kerak bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar manzillari; 
− amal natijasi joylashtirilishi kerak bo‘lgan amalni ko‘rsatishi kerak.
Shunga binoan buyruq operatsion qismdan va manzilli qismdan tuzilgan (6.3-
rasm). Buyruq formati uning strukturasini, buyruqning alohida maydonlari soni va 
joylashishini belgilaydi. 
Shunday qilib, manzillash – bu operandga murojaat bo‘lib, buyruqda unga 
ko‘rsatma bor. Operandlar, saqlanish joyiga ko‘ra, turli usullar bilan ko‘rsatilishi 
mumkin. Saqlanish joyiga ko‘ra operandlar: 


85 
− ma’lumotlar xotirasi yacheykalari manzillari bilan (yacheyka nomeri 
manzil deyiladi); 
− agar operandlar registrlarda saqlansa, registrlar nomi bilan; 
− agar operand buyruqning o‘zida bo‘lsa, konstantalar bilan ko‘rsatilishi 
mumkin. 
Saqlanish joyi operandni ko‘rsatish mumkin usullarini belgilaydi. 
Ma’lumotlar xotirasi yacheykalari manzillari uchun to‘g‘ri yoki bevosita manzillash 
qo‘llaniladi, ragistrlar nomi uchun to‘g‘ri manzillash, konstantalar uchun – bilvosita 
manzillash qo‘llaniladi.

Download 2,7 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Signal protsessorlarida qo‘llaniladigan manzillash usullari

Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish