Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/101
Sana22.12.2023
Hajmi2,7 Mb.
#126923
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101
Bog'liq
UMK TSQI

5.2. Real vaqt rejimi 
Tizimning kritik vaqtining reaksiya qiymati har xil bo‘lishi mumkin (hodisa 
xususiyatiga qarab), lekin tizimning o‘zi shakllantirilgan va oldindan 
bashoratlaniladi. Ovoz signallarini yoki nutqni qayta ishlash tizimlari uchun ishlab 
chiqilgan qayta ishlash tizimining sifatini belgilaydigan eng muhim omil bu bitta 
qiymatini hisoblash vaqti. Darhaqiqat, 0,1 soniyada bitta qiymat u(n) hosil bo‘lsin. 
Unda, agar bu nutq signalining qiymati bo‘lsa, unda protsedura, matematik jihatdan 
to‘g‘ri, amaliy esa tezlik bo‘yicha deyarli mutlaqo foydasiz; agar bu havo harorati 
sezgichidan kelib chiqadigan juda sekin o‘zgaradigan signal qiymatlari bo‘lsa, 
foydalanuvchi tomonidan foydalaniladigan protsedura juda qoniqarli hisoblanadi. 
Shunday qilib, protseduraning aniqlovchi xususiyati uning amaliy hisoblanishi, 
ya’ni u(n) kirish signalining joriy qiymatini oniy vaqt ichida yoki ular aytganidek, 
real vaqtda ishlov berish qobiliyatidir, bu esa majburiy ravishda aniqlikka erishish 
[18, 19, 20, 21]. 


74 
Real vaqt tizimlarida real vaqt operatsion tizimlari (RV OT) muhim rol 
o‘ynaydi. RV OT-da asosiy vazifa - bu obyektda sodir bo‘layotgan hodisalarga 
akstasir tezligi va resurslardan foydalanish esa ikkinchi fonga o‘tib qoladi. 
RV OT-ning asosiy ajralib turadigan xususiyati - bu obyektda sodir 
bo‘layotgan dinamik jarayonlarni boshqarishda obyektning apparat qismi bilan 
bog‘lanishidir. Signal protsessori tomonidan boshqariladigan apparat-dasturiy 
majmua, obyektdagi voqealarni ro‘yxatdan o‘tkazadigan sensorlar bilan bir qatorda, 
kiritish/chiqarish modullarini o‘z ichiga oladi, ularning yordamida signal protsessori 
tashqi hodisalarni qayta ishlash uchun operatsion tizimdan foydalanadi. Shuning 
uchun RV OT tuzilishi, yadro funksiyalari va kiritish/chiqarish tizimini qurishda 
umumiy maqsadli operatsion tizimlardan sezilarli farqlarga ega. Real vaqt tizimi 
asosiy xotirada bir vaqtning o‘zida bir necha dasturlarni joylashtirish asosidagi ko‘p 
dasturli ishlov berish rejimida ishlaydi. Bunda SP vaqti va resurslari tashqi 
qurilmalarning so‘rovlariga binoan taqsimlanadi. Bunday holda, yadroning 
vazifalari ma’lumotlarni qabul qilish, algoritmlarni qayta ishlash, ishlov berishni 
to‘xtatish va real vaqt rejimini ta’minlash dasturlarini rejalashtirish va 
sinxronizatsiya qilishdir iborat bo‘ladi (5.2-rasm). 
5.2-rasm. Real vaqt operatsion tizim tuzilishi 
Yadro
Foydalanuvchi vazifalari
Nosozliklarni
tuztuvchi
Fayl tizimi
Drayverlar
Dinamik
xotirani
taqsimlash
Terminal
emuliyatori
Tizimli
vazifalar


75 
RV OT – bu o‘zining nostandart dastur modullarini rivojlantirish va dasturiy 
amalga oshirish vositalarga ega bo‘lgan ochiq tizimdir. 
RV operatsion tizimining yana bir farqi - bu ishlanma tizimlari va ijro etuvchi 
tizimlarning aniq ajratilganligidadir. Ishlanma tizimi bu real vaqtda dasturlarni 
tuzish va otladka vositalarining to‘plamidir. Ijro etuvchi tizimi bu amaliy 
vazifalarning real vaqt rejimida ishlashini ta’minlaydigan vositalar to‘plami (yadro, 
drayvlar, bajariladigan modullar). 
Real vaqt tizimlari ikki xil turi mavjud: "qattiq" va "yumshoq" real vaqt 
tizimlari [22]. 
Qattiq” real vaqt tizimlari ishlov berish dasturlarini bajarishda hech qanday 
kechikishlarga yo‘l qo‘ymaydi, chunki bu ishlash jarayoninig buzilishiga (ishlamay 
qolish, rejimdan chiqish, jadvalning buzilishi) yoki hatto to‘xtab qolish va baxtsiz 
hodisaga olib kelishi mumkin. Parvozlarni boshqarish tizimlari (samolyotlar, raketa, 
sun’iy yo‘ldosh) qattiq tizimlarga misol bo‘lishi mumkin. 
Yumshoq” real vaqt tizimlari uchun ishlov berish jarayonidagi kechikish 
juda muhim emas, ammo bu ishlamay qolishi va ishlashning pasayishiga olib kelishi 
mumkin. Kompyuter tarmog‘ini boshqarish yumshoq tizimga misol bo‘la oladi. 
Agar tizim keyingi qabul qilingan ma’lumot paketini qayta ishlashga ulgurmagan 
bo‘lsa, bu ma’lumotlar yo‘qotilishiga olib keladi, ammo tizim ma’lumotlar 
uzatishning umumiy tezligini pasaytirish orqali takroriy jo‘natishni ta’minlay oladi. 

Download 2,7 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua

Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish