• 5-MA’RUZA. SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH TIZIMLARINING ISHLASH REJIMLARI 5.1. Signallarni qayta ishlash tizimlarining apparat ta’minoti
  • Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/101
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,7 Mb.
    #126923
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101
    Bog'liq
    UMK TSQI

     
    Nazorat uchun savollar 
    1. Signallarni diskret Fure o‘zgartirish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 
    2. Teskor Fure o‘zgartirishi jarayonini tushuntirib bering? 
    3.
    Signallarni diskret-kosinus o‘zgartirish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 
    4. Adamar o‘zgartirishi qanday xususiyatlarga ega signallar uchun qo‘llaniladi? 
    5. Hara bazis tizimi qanday bazis tizimlar guruhiga kiradi? 
    6. Veyvlet o‘zgartirishiga ta’rif bering. 
    7. Signalning kepstral parametrlarini hisoblash nima maqsadda ishlatiladi? 


    72 
    5-MA’RUZA. SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH TIZIMLARINING 
    ISHLASH REJIMLARI 
    5.1. Signallarni qayta ishlash tizimlarining apparat ta’minoti 
    Raqamli ishlov berish tizimlari odatda real vaqtda ishlaydi. Real vaqt tizimlari 
    (RVT) - bu obyektlarni yoki jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatib borish va 
    boshqarish uchun kompyuter vositalari, ya’ni ma’lumotni (signallarni) obyekt yoki 
    jarayondan olish darajasi bo‘yicha yig‘ish, qayta ishlash va berish jarayonidir [18, 
    19]. Ob’ekt texnik tizim (robot, mashina, samolyot, odam) bo‘lishi, jarayon esa 
    sanoat texnologiyasi, geofizik hodisa, biotibbiyot yoki fizik-kimyoviy jarayon 
    bo‘lishi mumkin. Ob’ekt ovoz yozish studiyasi yoki turli xil audio va video 
    signallarni qayta ishlash uskunalari bo‘lgan xonaning video kuzatuv tizimi bo‘lishi 
    ham mumkin. 
    RVT uchun SRIB apparat majmuasi (5.1-rasm): 
    5.1-rasm. Real vaqt tizimlarining tuzilishi 
    – axborotni o‘lchash uskunalari – signal datchiklari (D), kirish kanallarining 
    kommutatorlari, tasodifiy shovqinlarni silliqlash uchun analog filtrlar, o‘lchash 
    signallarining kuchaytirgichlari, ARO‘ va RAO‘ signallari, buferlash va formatga 
    mos kelish vositalari; 
    Qurilma-Kirish
    Qurilma-Chiqish
    Kamutator
    ARO’ 
    Filtri
    SP
    Kamutator
    RAO’ 
    Rele
    chiqishi
    D1
    D

    D
    n
    In
    I
    1
    I
    2


    73 
    – signalni qayta ishlash vositalari - signal protsessorlari (SP) chiplari yoki 
    ixtisoslashtirilgan dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar shaklida 
    tayyorlangan funksional signalni qayta ishlash protsessorlari; 
    – monitor va boshqaruv paneli ko‘rinishidagi tasvirlash va ro‘yxatga olish 
    vositalari; 
    – obyektni ijro etuvchi aloqa kanali orqali axborotni boshqarish va yetkazish 
    vositalari (agar zarurat bo‘lsa) (I). 
    Signallar – bu o‘lchangan dinamik jarayonning modellari bo‘lib, ular vaqt 
    argumentiga ega funksiya sifatida ifodalanadi, chunki ular obyektning xatti-
    harakatidagi o‘zgarishlarning xususiyatini yoki jarayon parametrlarini o‘z vaqtida 
    aniqlashga imkon beradi. Signallar bir o‘lchovli (yozib olingan), ikki o‘lchovli (tekis 
    shakl) yoki uch o‘lchovli (fazoviy tasvirlar) bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, SRIB 
    – bu tashqi hodisalar oqimiga belgilangan vaqt ichida javob berishga qodir bo‘lgan 
    apparat-dasturiy kompleks hisoblanadi. 

    Download 2,7 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua

    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish