Raqam-analogli o‘zgartirgich. Signallarni raqamli qayta ishlashning ko‘pgina masalalarida analog signalni qayta tiklash talab etiladi. Buning uchun raqam-analog o‘zgartirgichlar (RAO‘)dan foydalaniladi, uning kirishida signal qiymatlarining raqamli ko‘rinishi qabul qilinadi va chiqishida esa analog signal uzatiladi [15].
RAO‘ qurilish sxemalari bir-biridan kam farq qiladi va ular vaznli rezistorlar kommutatsiyasiga asoslangan (1.10-rasm).
Um R1
1.10-rasm. Raqam-analogli o‘zgartirgich sxemasi
Bu sxema moslama kuchlanishini Um manba kuchlanishiga ko‘paytirish tamoyiliga asoslangan. Analogli chiqish kuchlanishi darajasini aniqlovchi ko‘paytirish koeffitsiyenti kirish va teskari aloqadagi vaznli rezistorlarning og‘irliklari nisbatiga bog‘liq (R1/R va R1/2R). Har bir rezistor mos ravishda moslama kuchlanish manbaiga Um yoki yer nuqtasiga ulanishi mumkin. Birinchi holat koddagi “1” holatga, ikkinchi holat esa kirish binar koddagi “0” holatiga mos keladi. Boshqacha aytganda, kalitlarning holati K1, ..., Kn ga aylantirilgan binar kodning bitlari qiymati mos keladi.
Kalitlarni yopish va ochish natijasida kuchaytirgichning chiqishida sodir bo‘ladigan kuchlanishning keskin o‘zgarishlari RAO‘ chiqishidagi analog filtr bilan silliqlanadi. Hozirgi vaqtda boshqarish tizimlarida filtr, ARO‘ va RAO‘ lar alohida
sxemalar uchun ishlatiladi, lekin signal protsessorlarida filtrlash, o‘zgartirish va uzatishning barcha funksiyalarini birlashtiruvchi integral qurilmalar sifatida shakllantirilgan (1.11-rasm). Shunday qilib, integrallashgan qurilmalar signallarga boshlang‘ich ishlov berishning butun siklini amalga oshiradi:
signal spektrini cheklash ;
signalning raqamlashtirilishi;
daraja bo‘yicha kvantlash;
kuchlanishga teskari o‘zgartirish;
analog chiqish signalini silliqlash;
aloqa kanaliga yuborish.
Analogli kirish
Raqamli
chiqish
Analogli chiqish
1.11-rasm. Integrallashgan qurilma sxemasi
Mikro-miniatyura integrallashgan qurilmalari ko‘pincha harbiy va mobil aloqa va ishlov berish tizimlarida qo‘llaniladi.
|