|
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua
|
bet | 26/88 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 439,37 Kb. | | #262851 |
Bog'liq Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmuaInterpolyatsiya. Interpolyatsiyalashda diskretlash chastotasi N martaga oshirish kerak, ya’ni mavjud qiymatlar orasidagi bo‘shliqlarni yangilari bilan to‘ldiriladi. N butun son bilan vazifa qiyin bo‘lmaydi, kasr son bilan vazifa ancha murakkablashadi. Ushbu muammoning har qanday yechimida interpolyatsiya matematik yaqinlashuv usullari yordamida amalga oshirilishi kerak. Sonli usullar va interpolyatsiya formulalari yordamida hal qilingan interpolyatsiya masalalari algebraik polinomlar ko‘rinishida signallarni yoki ularning segmentlarini approksimatsiya va aks ettirishda yanada murakkab matematik protseduralarni talab qiladi [9, 10].
Interpolyatsiyalashda diskretlash chastotasi N martaga oshirish kerak, ya’ni mavjud qiymatlar orasidagi bo‘shliqlarni yangilari bilan to‘ldiriladi. N butun son bilan vazifa qiyin bo‘lmaydi, kasr son bilan vazifa ancha murakkablashadi. Ushbu
muammoning har qanday yechimida interpolyatsiya matematik yaqinlashuv usullari yordamida amalga oshirilishi kerak. Sonli usullar va interpolyatsiya formulalari yordamida hal qilingan interpolyatsiya masalalari algebraik polinomlar ko‘rinishida signallarni yoki ularning segmentlarini approksimatsiya va aks ettirishda yanada murakkab matematik protseduralarni talab qiladi.
To‘liq bo‘lmagan N qiymati uchun diskretlash chastotasini o‘zgartirishning umumiy tartibi qayta diskretlashdir.
Qayta diskretlash – bu interpolyatsiya va detsimatsiya kombinatsiyasidir.
Dastlabki diskretlash chastotasini P/Q ga ko‘paytirilishi kerak bo‘lgan variantni ko‘rib chiqamiz, bu holda P ning qiymati Q dan kichik, ya’ni kasr koeffitsiyenti bilan detsimatsiyaning umumiy vazifasi qo‘yiladi. Bunday holda, avval P-koeffitsiyent interpolyatsiya qilinadi, so‘ngra Q-koeffitsiyent detsimatsiya amalga oshiriladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, Naykvist qoidasi bilan bog‘liq buzilishlarning oldini olish uchun raqamli signal avval RAO‘ orqali, so‘ngra past chastotali silliqlash filtri qo‘llanilishi kerak va keyin Q-koeffitsiyent bilan miqdori aniqlanadi [16].
Ushbu harakatlar raqamli filtrlar yoki signal protsessor dasturlari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Real vaqt rejimidagi ba’zi bir tizimlarda, kasrli koeffitsiyentli asosida diskretlash chastotasini o‘zgartirish zarur bo‘lsa, raqamli signal analog shaklga o‘tkaziladi, agar kerak bo‘lsa filtrlanadi, keyin ema diskretlash va kvantlash protsedurasi belgilangan chastotada amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, diskretlash chastotasini o‘zgartirish tartibi ko‘pincha signallarni yuqori tezkorlikdagi qayta ishlash asosidagi aloqa va ma’lumotlarni uzatish tizimlarida qo‘llaniladi, ya’ni turli xil diskretlash chastotasi asosida signallarga ko‘p kanalli ishlov berish.
|
| |