• Qiymat teoremasi.
  • Kotelnikov teoremasi
  • Vaqt bo‘yicha diskretlash –




    Download 439,37 Kb.
    bet16/88
    Sana12.06.2024
    Hajmi439,37 Kb.
    #262851
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88
    Bog'liq
    Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua

    Vaqt bo‘yicha diskretlash – bu signal amplitudasining oniy qiymatlarini muntazam oraliqlarda qayd qilish (o‘lchash) jarayonidir [12]. Boshqacha qilib aytganda, bu doimiy o‘zgaruvchan ma’lumotlardan oniy qiymatlarni tanlashdir. Analogli uzluksiz signaldan diskret signal ko‘rinishiga o‘tkazish vaqt bo‘yicha diskretlash asosida amalga oshiriladi (1.4-rasm).


    0
    SD(t)
    S0
    S1
    S2
    0
    S6
    S5
    S3 S4

    t


    S7 S8 S9
    t


    S10
    t

    1.4-rasm. Vaqt bo‘yicha diskretlash

    Yuqoridagi tasvirdan ko‘rinib turibtiki, kiruvchi uzluksiz signal 𝑆_𝐷 (𝑡) qiymatlar ketma-ketligini {𝑆_𝑘 } ifodalaydi. Interval ∆𝑡 diskretlash qadami deb ataladi, 𝑓𝑑 = 1/∆𝑡 – bu esa diskretlash chastotasi deb ataladi. Diskretlash chastotasi signallarga samarali ishlov berish uchun signalni to‘g‘ri ifodalashga bog‘liq bo‘lgan muhim parametr hisoblanadi.

    Daraja bo‘yicha kvantlash – bu o‘zgarmas (oniy) signal qiymatlarini N razryadli ikkilik kodga o‘girishdir. Kompyuter tizimlarida N razryad qiymati 6-12 ikkilik raqamlar oralig‘ida tanlanadi (1.5-rasm).


    1.5-rasm. Daraja bo‘yicha kvantlash


    Qiymat teoremasi. Agar barcha ishlov berish jarayoni joriy signal qiymatlarining vaqt birliklari asosida amalga oshiriladigan bo‘lsa, bunday ishlov berish vaqt sohasi bo‘yicha ishlov berish deyiladi.

    t


    diskretlash
    F > 2f

    F < 2f


    1.6-rasm. Signalni diskretlash qadamini tanlash

    Shunisi aniqki, axborot yo‘qotilishining oldini olish uchun namuna olish qadami yetarli darajada kichik bo‘lishi kerak. Boshqa tomondan esa, juda tez-tez qiymatlarni olish axborot va apparat uskunalarning murakkablashishga olib keladi (1.6-rasm).


    Kotelnikov teoremasiga ko‘ra uzluksiz analog signalni uzatish talab qilinsa signalning barcha qismini uzatish shart emas, balki ma’lum vaqt oralig‘idagi tasodifiy qiymatlarini uzatish kifoyadir. Qabul qiluvchi qism mana shu oniy qismlar bo‘yicha birlamchi analog signalni qayta tiklab oladi. Kotelnikov teoremasi ∆𝑡 ni to‘g‘ri tanlashga mos javob bo‘la oladi [1, 2, 5]:
    - chastotasi 𝑭 bo‘lgan ixtiyoriy signal 𝒔(𝒕) tegishli intervallarda olingan qiymatlar ketma-ketligini (1.6) formula asosida to‘liq tiklash mumkin:
    ∆𝑡 = 1/2𝐹 (1.6)
    Diskretlash va kvantlash chastotasi aynan signal chastotasidan ikki barovardan kichik bo‘lmasligi kerak (Naykvist chastotasi).
    Agar diskretlash chastotasi Naykvist chastotasidan yuqori chastotada amalga oshirilsa, signalni ifodalash aniqligi yuqori bo‘ladi, lekin ishlov beriladigan axborot hajmi juda katta bo‘ladi. Bu nafaqat kompyuterda signallarga raqamli ishlov berish jarayonida, balki masofadan signal qiymatlarini uzatishda ham (N=8 da har bir signal 8 bit hajmni egallaydi) qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Diskretlash chastotasining 8 kGs standart o‘lchamida uzatiladigan signal qiymati sikundiga 64 kbit bo‘ladi.
    Agar diskretlash chastotasi Naykvist chastotasidan past chastotada amalga oshirilsa, qayta tiklanadigan signal ko‘rinishi va chastota xususiyati butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladigan holat yuzaga kelishi mumkin. Ushbu holatdan kelib chiqqan holda, haqiqiy signalni qayta tiklash mumkin emas. Diskretlash chastotasi to‘g‘ri tanlash uchun signal palasasi va uning chastota diapazonini bilish kerak bo‘ladi.



    Download 439,37 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88




    Download 439,37 Kb.