|
Tiger SHARC oilasidagi signal protsessorlar
|
bet | 78/88 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 439,37 Kb. | | #262851 |
Bog'liq Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmuaTiger SHARC oilasidagi signal protsessorlar. ADSP-TS001 protsessor oilaning eng taniqli modeli bo‘lib hisoblanadi (11.7-rasm).
11.7-rasm. ADSP - TS001 signal protsеssorining qisqartirilgan sxеmasi.
Bu supeskalyar arxitekturaga ega bo‘lgan, RISC-protsessorlar (buyruqning qo‘zg‘almas struktura, konveyerli ishlanishi, o‘tishlarni oldindan aytib berish) va VLIW-arxitekturasining (kompilyatsii bosqichida buyruq darajalarining parallelizmini aniqlash, funksional bloklarni yuklash dasturida mustaqil topshiriq berish imkoniyati) imkoniyatlari birlashgan birinchi protsessordir.
ADSP-TS001 150 MGs taktli chastotaga, lekin qo‘zg‘almas va suruluvchi vergul bilan ishlashda oila protsessorlari o‘rtasida eng ko‘p unumdorlikka ega, 8,16,32-razryadli ma’lumotlarga bir xil tezlikda ishlov berishi mumkin.
Ko‘p protsessorli tizimga birlashtirishda 8 tagcha ADSP-TS001 protsessorlari birlashishi mumkin. 2 ta hisoblash bloki, ichki xotira, adresnoy arifmetikasining 2 AMQ (AMQ «J» va AMQ «K»), buyruqlar ketma-ketligini tuzish bloki (секвенсор), tashqi portlar, XBF kanallari, periferiya.
SP funksional qurilmalarining dastur kompilyatsiyasi bosqichida
rejalashtirilayotgan samarali yuklash bir taktda 16-razryadli ma’lumolar uchun
to‘plash bilan 2 ta ko‘paytirish amalini, 16-razryadli kompleks sonlar to‘plash bilan 2 ta ko‘paytirish amalini yoki 80-razryadli sonlar bilan 32-razryadli ma’lumotlarni to‘plash 2 ta amalni bajarish imkonini beradi.
AMQ «J» va AMQ «K» adreslarni hisoblash yoki ma’lumotlar ustidla to‘liq sonli amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Ular 32-razryadli registr fayliga ega, siklik buferlar va bit-revers adresatsiyani ta’minlaydi.
Sekvensor oldindan belgilangan shartlar natijalari bo‘yicha buyruqlarni bajarish tartibini ta’minlaydi. Bundan tashqari bitta buyruqning o‘zi ma’lumotlarning turli qiymatlaridan foydalangan holda ikkita blok tomonidan bir vaqtda bajarilishi mumkin (SIMD-ishlov berish). Sekvensor tarkibida o‘tish aderslarining buferi (BTB- Branch Target Bufer) va o‘tishlarni oldindan aytib berish bog‘lama ishlatiladi.
SP ichki va tashqi xotirasi yagona adres maydoni ko‘rinishida tashkil etilgan. Ichki xotira har biri 2 Mbit dan (M0, M1, M2), bo‘lgan uchta 128-razryadli blokga bo‘lingan. Bu xotiraga murojaat qilganda regisrli faylda normal, uzun va to‘rt marta kattalashgan so‘zlarni o‘qish, shuningdek har bir siklda 4 tagacha 32-razryadli buyruqlarni tanlash imkonini beradi.
So‘z uzunligi 8, 16 va 32 razryaddan iborat ma’lumotlar xotiraga ketma-ket joylangan holda yozilishi mumkin.
Uchta 128-razryadli shinalar ichki bloklar va tashqi qurilmalari o‘rtasida tezkor kanalni hosil qiladi. Tashqi shinaning 64-razryadli interfeysi 8 ta protsessorga ega multiprotsessor tizimlar qurish imkonini beradi.
ADSP TS101/201/202/203 signal protsessorlar - eng kuchli protsessordir, ular faqatgina yuqori unumdorlikka (bir sekundda to‘plash bilan 480 mln. gacha ko‘paytirish amallari) emas balki samarali multiprotsessor tizimlar qurish uchun mo‘ljallangan ichiga o‘rnatilgan kuchli qurilmalarga ega. Ushbu seriyadagi signal protsessorlarni qo‘llashning asosiy sohalari quyidagilardir: signallarga vaqtning real masshtabida ko‘p kanalli raqamli ishlov berish kerak bo‘lgan mobil aloqa tarmoqlari uchun ko‘p kanalli tayanch stansiyalar, Internet-telefoniya shlyuzlari, uch o‘lchamli
grafik tasvirlarga ishlov berish va siqish tizimlari, radarlar, ko‘p kanalli raqami abonent liniyalari, sanoatga va harbiy qismlarga mo‘ljallangan qurilmalar.
|
| |