|
Тизимли дастурий таъминот
|
Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 191,67 Kb. | | #141097 |
Bog'liq Maruza №1 1 МАЪРУЗА 1 МАЪРУЗА KIRISh ЭҲМ АРХИТЕКТУРАЛАРИНИНГ АСОСИЙ КОМПОНЕНТЛАРИ. Маърузани режаси - 1.ЭҲМ архитектураси.
2.Аппарат ускуналари. 3.Дастурий таъминот. Калитли сузлар: дастурий таъминот, дастурлаш технологияси , худжадллаштириш. Адабиётлар 1.Abraham Silberschatz, Peter Baer Galvin, Greg Gagne. Operating System Concepts. 6th Edition. Copyright © 2013, 2012, 2008 John Wiley & Sons, Inc. All rights reserved 2.Алиев М.М. Системное программное обеспечение.Т.: - ALOQACHI. 2010. – 145 стр. 3.M.M.Aiyev,T.R.Nurmuxamedov,E.T.Toxirov Tizimli dasturiyy ta’minot.O’quv qo’llanma.T.2017. – 107 bet. 3.Леонтьев В. Новейшая энциклопедия ПК. М. «Олма-пресс образование», 2005, 799 с. 4.Гордеев А.Ю., Молчанов А.Ю. Системное программное обеспечение. Питер, 2002. 6.Вильям Столлингс. Операционные системы = Operating Systems: Internals and Design Principles. — М.: Вильямс, 2004. — 848 с. — ISBN 0-13-031999-6 KIRISh KIRISh O‘tgan asrning 60 yillaridan boshlab hisoblash texnikasini yaratishga bo‘lgan yondoshuv tubdan o‘zgardi. Aloxida bir biriga bog‘liq bo‘lmagan apparat kismi va bir muncha matematik ta’minot vositalarini loyihalashtirishni o‘rniga apparat (hardware) va dasturiy ta’minotdan (software) tashkil topadigan vositalar yaratila boshladi. Shu bilan birgalikda birinchi o‘ringa ningdek ularning o‘zaro bog‘lanish kontseptsiyasi birinchi darajaga chiqdi. Shunday qilib printsipal yangi tushuncha – EHM arxitekturasi paydo bo‘ldi. EHM arxitekturasi deganda uskunaviy – dasturiy vositalarni tashkilining umumiy printsiplari va ularning mos holdagi masalalarini yechishdagi EHM funktsional imkoniyatlarini aniqlovchi xarakteristikalari tushuniladi. EHM arxitekturasining asosiy komponentlarini jadval ko‘rinishida 1-rasmda keltirilgan. ЭХМ архитектурасининг асососий компонентлари Har qanday shaxsiy kompyuter, hatto eng zamonaviysi ham, kerakli dasturiy ta’minotlarisiz oddiy buyumga aylanadi. Bunday holatlarda, y’ani dasturiy ta’minotsiz bironta kompyuter eng sodda amallarni ham bajara olmaydi. Shunday qilib dasturiy ta’minot (DT yoki software) ning o‘zi nima? Dasturiy ta’minot (software) deb, hisoblash texnikasi, tizimida ishlovchi dasturlar to‘plamini tushunishimiz mumkin. Dasturiy ta’minotga (DT) shuningdek, DT loyihalash va ishlab chiqish faoliyat sohasining barchasini kiritish mumkin: - dasturlarni loyihalash texnologiyasi (masalan, loyihalash, strukturali va ob’yektga mo‘ljallangan loyihalash va boshqalar);
- dasturni testlash usullari [ссылка, ссылка];
- dastur sozligini isbotlovchi usullar;
- dastur ishining sifatini tahlil etish;
- dasturni hujjatlashtirish;
- dasturiy ta’minotni loyihalash jarayonini yengillashtiruvchi dasturiy vositalarni qo‘llash va ishlab chiqish va boshqalar.
Dasturiy ta’minot – kompyuter tizimining ajralmas qismi. U texnik vositalarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Kompyuterni aniq bir qo‘llash sohasi DT orqali aniqlanadi. Kompyuter shunchaki o‘zidan o‘zi hech bir qo‘llash sohasida bilimlarga ega bo‘lib qolmaydi. Bu bilimlarning barchasi kompyuter dasturlarida bajarilishiga mo‘ljallangandir. Zamonaviy kompyuterlarni dasturiy ta’minoti o‘z ichiga millionlab dasturlarni oladi – o‘yinlardan boshlab to ilm–fanga oid bo‘lgan dasturlarni. DT quyida keltirilgan asosiy kategoriyalarga bo‘linishi mumkin (2-rasm): 1.2-rasm. Dasturiy ta’minotni asosiy kategoriyalari. Dasturiy ta’minotni asosiy kategoriyalari to‘g‘risida to‘xtab o‘tamiz. Dasturiy ta’minotni asosiy kategoriyalari to‘g‘risida to‘xtab o‘tamiz. 1. Tizimli dasturlar, turli yordamchi funksiyalarni bajaradilar va ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin: foydalanilayotgan axborot nusxasini yaratish; kompyuter faoliyati to‘g‘risida ma’lumotli axborotni berish va boshqalar. 2. Uskunaviy dasturiy ta’minot – kompyuterda foydalanuvchilar uchun yangi dasturlar tuzish jarayonini yengillashtiradi. 3. Amaliy dasturiy ta’minot – operatsion tizim tomonidan quvvatlanadigan ofis dasturlari yordamida foydalanuvchining zarur ishlarini bajarishni ta’minlaydi.
|
| |