Tmc institut pedagogika fakulteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bts-5 gurux talabasi




Download 122.5 Kb.
Sana13.09.2023
Hajmi122.5 Kb.
#81728
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH TA\'LIM MAZMUNI VA MOHIYATI
mbb, Abdullayeva Nasiba, 7-A SINF., MELIQO\'ZIYEV EIM VA TQSO\', Туропов Тохир, БЕЖИК EVOS, 1701442968, Python dasturlash tili yaratilishi tarixi, Untitled document, 67-72, Rustemova Ulbosin (1), 1710419635, 5-МАВЗУ СЕЗГИ Семинар

TMC INSTITUT PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI BTS-5 GURUX TALABASI

  • MANGLIYEVA MAHLIYO “____________________________________”
  • MUSTAQIL
  • ISHI

BOSHLANG'ICH TA'LIM MAZMUNI VA MOHIYATI

  • Reja:
  • Boshlang'ich ta'lim mazmuni va mohiyati
  • Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standarti.
  • Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari
  • Annotasiya: Maqolada ta’lim maqsadi – boshlang’ich ta’limning bosh mezoni ekanligi ta’limning mazmunini, DTS talablarini izohlash hamda boshlang’ich ta’lim jarayonida ta’limda qo’yilgan maqsadi va vazifalarini amalga oshirish orqali asoslangan. 
  •  Ta’lim maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi bog’liq.Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi.
  • Ta’lim maqsadi (o’qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning aniq yo’nalishini belgilab beruvchi yetakchi g’oya hisoblanib, u boshlang’ich ta’limning bosh mezoni sanaladi. Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’limning dastlabki bosqichi davlatimizda 1-4-sinflarni qamrab oladi. Unda ta’lim berish, ularni aqliy, ma’naviy, jismoniy kamol toptirishning dastlabki bosqichi sanaladi. Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standartida belgilangan maqsad orqali amalga oshiriladi.
  • Davlat ta’lim standartining maqsadiga e’tiborni qaratadigan bo’lsak, umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
  • Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standarti - boshlang’ich ta’lim mazmuni va ushbu o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilar egallaydigan bilim, ko’nikma, malakalarga qo’yilgan talablarni davlat tomonidan tasdiqlangan etaloni, modeli hisoblanadi. Boshlang’ich ta’lim jarayonida belgilanadigan ta’lim maqsadi umumiy o’rta ta’limning DTSda keltirilgan umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni amalga oshiradi:
  • - umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
  • - milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
  • - o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
  • - kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
  • - ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek, ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
  • - davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
  • Ta’lim maqsadini o’rganish birinchi navbatda “taʼlim”ning mazmuni bilan yaqindan tanishish lozimligini anglatadi. Ta’lim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Talim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Talim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
  • Ta’limning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida ta’limning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan.
  • Maqsad esa – muayyan natijaga erishish yo’l va usullarini belgilovchi omildir.
  • Ta’limning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, ta’limning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi.
  • Ta’limning maqsadi boshlang’ich ta’lim oʻquvchilarning bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Didaktik tamoyillarda ta’limning mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar belgilanadi. Talimning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek, muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi.
  • Boshlang’ich ta’lim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shart-sharoit, fan va texnika, sanʼat holati va shu kabilarni hisobga olgan holda belgilanadi. Boshlang’ich ta’lim jarayonida ta’lim maqsadi quyidagi vazifalarni amalga oshirishi lozim:
  • - Boshlang’ich ta’lim jarayonida qo’yiladigan talablarning avvaldan fikran loyihalashtirish;
  • - ijtimoiy zarurat, ijtimoiy talab, ijtimoiy buyurtma hamda didaktik masalani aniq belgilash;
  • - ta’limning umumiy va xususiy maqsadini amalga oshirishda ta’lim shakl, metod va vositalarini to’g’ri tanlash;
  • - ta’limning tur va bosqichlarida maqsad va uzviyligini ta’minlash.
  • Ta’lim maqsadi ta’limiy, tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshiradi. Boshlang’ich ta’limda belgilangan ta’lim maqsadi har bir pedagogik texnologiyani yaratishga asos bo‘lib hisoblanadi. Maqsadning zamonaviy ta’lim va tarbiya muammolarini yuqori samaradorlik bilan hal qilishga qaratilgan bo‘lishi zarur asos hisoblanadi. Biror pedagogik texnologiyani yaratish uchun eng zarur shart shunday dolzarb maqsadni aniqlay olishdan iborat. Bunday maqsad zarur tadqiqotlar, ijodiy izlanishlar olib borish, o‘zining va boshqa mutaxassislarning ish tajribalarini chuqur tahlil qilish orqali aniqlanadi.
  • Raqobatbardoshlik har bir boshlang’ich ta’limda pedagogik texnologiyaning maqsadga muvofiqligini taraqqiyot nuqtayi nazaridan aytganda, o‘z vazifalarini ijtimoiy ehtiyojlariga muvofiq bajarayotganligi darajasini belgilaydi. Bunday maqsadlarning yuqori raqobatbardoshlikni ta’minlashga yo‘naltirilishi hozirgi talablardan kelib chiqadi.
  • Raqobatbardoshlik boshlang’ich ta’limda pedagogik texnologiyaning barcha tarkibiy qismlari uchun eng zarur shart bo‘lib, bunda yakuniy natijani bevosita tayyorlovchilar bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchining raqobatbardoshligiga erishish asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu unga bo‘lgan talab yuqori bo‘lishini ta’minlash uchun muntazam takomillashtirib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
  • Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich ta’limning ta’lim maqsadi ilmiylik, tushunarlilik, ko’rgazmalilik, insonparvarlik, tizimlilik kabi tamoyillarga tayangan holda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablarni amalga oshorishga xizmat qiladi. Aniq qo’yilgan maqsad kelajak poydevoridir.
  • Hozirgi davrda mamlakatimizda tarbiyaviy ishlarning mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan. Birgina - Ta’lim to’g’risidagi Qonunning qabul qilinishi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga yo’naltirilganligini keltirish kifoya. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy , jismoniy, axloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo’lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar bo’libgina qolmay, uning yetakchi g’oyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham o’z ichiga oladi. Zero, tarbiya ta’limga nisbatan kengroq bo’lgan tushunchadir.
  • Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu jihatdan tarbiya ta’lim olish bilan chambarchas 8 bog’liq holda amalga oshiriladi. Ta’lim – tarbiya orqali shaxda ezgu ma’naviy – axloqiy sifatlar tashkil topadi. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: ―Albatta, ta’lim – tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan muhim omildir. Binobarin, ta’lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi..... har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rish kerak. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish joizki, insonning boy ma’naviy-tarixiy jarayonida samarali foydalanish, o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, xalqparvar, yuksak ma’naviyatli etib voyaga yetkazish, insoniy fazilatlarni singdirishda tarbiyaviy ishlarni to’g’ri tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: - maqsadning aniq mezonlarda ifodalanishi; - faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi; - bolalar tarbiyasidagi faoliyatni o’qituvchi, ota – ona va jamoa bilan hamkorlikda boshqaruvni ta’minlash muhimdir. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish ko’p jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishga bog’liq. Ular quyidagi omillarni qo’llash asosida vujudga keladi: - tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqyealari jamoadagi tartib qoida va xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondoshuv kabilardir; - tarbiyaviy ishlarning maqsadi, aniqligi va ta’sirchanligi. Tarbiyaviy jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart – sharoitlarni oldindan aniqlab qo’yilgan maqsadga muvofiqlashtirish; - tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o’zaro munosabatlari.
  • Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, muloqot va munosabatda bo’lishlari, ruhiy shart – sharoitlar yaratilishi, tarbiyaviy tadbirlarni gigiyena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, tarbiyaviy ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir. -o’quvchi – yoshlarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishda o’quvchi yoshlarning faolligi ko’p jihatdan ixtiyoriylik, tashkilotchilik va ijodkorligiga bog’liq; - tarbiyaviy ishlar ta’lim jarayonida olgan bilimlariga uyg’un bo’lishi. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda turli fanlarning integrasiyasi hisobga olish ijobiy xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi yosh avlodni har tamonlama barkamol avlod qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy g’oyani singdirishda har tamonlama ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqaroning ilm olishi, o’z qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish ta’kidlanadi. Ta’lim to’g’risida qabul qilingan qonunda maktabning, unda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaning mazmuni amalga oshirilishi lozim bo’lgan tarbiyaning vazifalari belgilab berildi. Ma’lumki yosh avlodga tarbiya berish jarayonida maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarga tarbiya berish, ularga ta’lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi.
  • Ammo, tarbiyaning o’z vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va vositalari mavjud. O’qish va tarbiya jarayonining uzviyligi ta’lim muassasalari oldiga qo’yilgan eng muhim pedagogik vazifalardan biri 9 hisoblanadi. Shuning uchun 1-sinfdan, maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o’quv jarayoni bilan bog’langandir. Har bir fanning predmeti, o’rganish obyekti, amalga oshirishi lozim vazifalari mavjud bo’lganidek, tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ham predmeti, o’rganish obyekti va amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalari bor. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu o’qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o’qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog’i lozim. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdan iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarbiyaviy ishlar shaxs kamolotining uzluksizligini va uzviyligini muvaffaqiyatli ta’minlaydi. Shu jihatdan tarbiyaviy ishlar tizimi shaxs kamolotining eng muhim va zaruriy omillaridan biri hisoblanadi. Albatta, bunda tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish muhimdir.
  • ETIBORINGIZ
  • UCHUN
  • RAHMAT

Download 122.5 Kb.




Download 122.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tmc institut pedagogika fakulteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bts-5 gurux talabasi

Download 122.5 Kb.