|
Topshirdi: Abduqaxxorov Baxodir Guruh raqami: 710 21 Qabul qildi
|
bet | 1/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 173,67 Kb. | | #236755 |
Bog'liq kiber-etika (2)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KIBERXAVFSIZLIK FAKULTETI
Kiber-huquq va kiber-etika
Topshirdi: Abduqaxxorov Baxodir
Guruh raqami: 710_21
Qabul qildi: Murodov Ma`murjon
TUIT 2024
1-Topshiriq
1.Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari to’g’risida gap ketganda, material sifati ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi.Biroq bu ob’ekt, jarayon yoki hodisa to’g’risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo’ladi.Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo’ladi.
Axborot texnologiyasi – ob’ektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon yoki voqeaning yangi xususiyati to’g’risida axborot olish uchun ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan jarayondir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi – inson yoki tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi.
Axborot texnologiyasining maqsadi esa – axborot ishlab chiqarish bo’lib, uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qo’l urish uchun tegishli qaror qabul qilish. Axborotlarni yig’ish, uzatish, to’plash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari va usullari tizimi axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborot texnologiyasi avtomatlashgan va an’anaviy (qog’oz) ko’rinishija amalga oshiriladi.Avtomatlashtirish hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texnologiyaning mohiyatiga bog’liq.
Axborot texnologiyasining asosiy elementlari.
ZAT ning asosiy elementlari quyidagicha:
- ma’lum bir vaqt davomida axborotni kiritish va qayta o’zgartirish;
- tasvirni kiritish va unga ishlov berish;
- signal axboroti paydo bo’lgan yerda uni qayta ishlash;
- og’zaki axborotni qayta ishlash;
- foydalanuvchining ShK bilan faol muloqoti;
- turli axborot tizimlarida mashinali modellashtirish;
-axborot almashuvining tarmoq texnologiyasi (dialog yuritish,video va telekommunikatsiya,elektron pocha,vedioteka va x.z.);
- taqsimlangan tarmoq tizimlarida ma’lumotlarni multiprotsessor asosida qayta ishlash;
- mahalliy, mintaqaviy va xalqaro tarmoqlar bo’yicha axborotni tezkor tarqatish. Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyasi bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
a) texnik ta’minot texnologiyasi;
b) telekommunikatsiya texnologiyasi;
v) dasturiy ta’minot texnologiyasi.
Bu texnologiyalar hisoblash tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining aniq variantlari doirasida birgalikda harakat qiladi va birlashadi.Ularni ayrimlari axborot texnologiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi.Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari taraqqiy etishining asosiy bosqichlari va rivojlanish tendentsiyasi.XIX asrning ikkinchi yarmigachi “qo’l” axborot texnologiyasi rivojlangan bo’lib,uning asosini pero, siyohdon va bug’alteriya daftari tashkil etgan.Kommunikatsiya (aloqa) paket (rasiy xujjatlar solingan konvert) yuborish orqali amalga oshirilar edi.
“Qo’l” axborot texnologiyasi o’rniga XIX asr oxirida “mexanik” texnologiya kirib keldi.Yozuv mashinasi,telefon,diktafonning kashf etilishi,jamoa pochtasi tizimining takomillashuvi-bular bari avvaliga axborotni qayta ishlash texnologiyasida, so’ng ish mahsuldorligida sezilarli o’zgarishlar yuz berishiga zamin bo’ldi.XX asrning 40-60-yillarida “elektr” texnologiyasi paydo bo’lib, u yechib almashtiriladigan elementlarga ega elektr yozuv mashinkalari,oddiy qog’ozdan foydalanuvchi nusxa ko’chirish mashinasi, portativ diktafonlardan iborat edi.XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan esa “elektron (yoki komp’yuter)” texnologiyasi yuzaga kela boshladi va axborotni shaklini emas,mazmunini o’zgartirishga urg’u berila boshlandi.Axborot texnologiyasining keyingi taraqqiyoti asosan kommunikatsiya vositalari bilan bog’liq.
|
| |