• 2.Birgalikda harakat qilish qobiliyati.
  • 4.Globallashtirish.
  • Axborot texnologiyasi
  • Xorijiy mutaxassislar Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari rivojlanishiing beshta asosiy tendentsiyasini ajratib ko’rsatadi




    Download 173,67 Kb.
    bet2/3
    Sana16.05.2024
    Hajmi173,67 Kb.
    #236755
    1   2   3
    Bog'liq
    kiber-etika (2)

    Xorijiy mutaxassislar Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari rivojlanishiing beshta asosiy tendentsiyasini ajratib ko’rsatadi:
    1.Axborot mahsulotlarining murakkablashuvi.Axborot vositasi ko’rinishidagi axborot mahsuloti, ekspert ta’minoti xizmatining ma’lumotlar bazasi stategik ahamiyat kasb eta boradi.Turli shakldagi (nutq, ma’lumot, tasvir) axborot mahsulotlari eshitish,ko’rish va anglash uchun foydalanuvchining talabiga ko’ra ishlab chiqiladi hamda unga qulay vaqtda va shaklda mahsulotni yetkazib berish vositasi mavjud bo’ladi.
    2.Birgalikda harakat qilish qobiliyati.Axborot mahsulotining ahamiyati oshib borishi bilan mazkur mahsulotlarni kompyuter va inson yoki axborot tizimlari o’rtasida ideal tarzda almashuvini o’tkazish imkoniyati ilg’or texnologik muammo kasb etadi.
    3.Oraliq bo’g’inlarni tugatish.Birgalikda harakatlanish qobiliyatining rivojlanishi axborot mahsulotlari almashish jarayonining takomillashuviga,so’ngra,axborot manbai yo’lidan iste’molchiga qarab oraliq bo’g’inlar tugatiladi. 4.Globallashtirish.Tashkilot yo’ldosh aloqa va Internet tarmog’ida foydalanib texnik tizimlarda axborot texnologiyalari yordamida hohlagan joyda va hohlagan paytda ish olib borish mumkin.
    5.Konvergentsiya (uyg’unlashish).Konvergentsiya AT ning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirigi bosqichi sifatida ko’rib chiqiladi.Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o’rtisidagi farq yo’qoladi.
    Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi.Axborot texnologiyasi – axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.
    Multemediya va Internet texnologiyalarining paydo bo’lishi va keng tarqalishi AT ni muloqot, tarbiya, jahon xamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi.Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji,kasbiy belgilash va “oyoqqa turish”dagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi.Multemediyali texnik vositalarga ega bo’lgan kompyuterlar video va audio axborotlarning didaktik imkoniyatlaridan foydalana oladi.Gipermatn tizimlari yordamida matnning o’zida murojaatlarni tashkil qilsa bo’ladi, bu esa kalit so’zlar yordamida kerakli ma’lumotlarni izlashni osonlashtiradi.Gipermediya tizimlari faqat matnni emas,balki tasvirni, raqamlashtirilgan tovushni, rasmlarni, multfilm va videofilmlarni o’zaro bog’lash imkonini beradi.Bunday tizimlardan foydalanish elektron qo’llanmalari, spravochniklarni,kitoblarni,ensiklopediyalarni yaratish va kompakt disklar yordamida tarqatish imkonini beradi.
    Bu terminalogiyaga mos holda ta’limda axborot texnologiyalari (TAT) o’quv jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullarining yig’indisi sifatida ta’riflasa bo’ladi.TATda qo’llaniladigan elektron vositalar tarkibiga metodik qo’llanmalarida ko’rsatiladigan apparat,dasturiy va axborot komponentlari kiradi.
    Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari – bu hususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va eltib berish bilan bog’liq bo’lgan obektlar, harakatlar va qoidalar, shuningdek barcha texnologiyalar hamda sanab o’tilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta’minlovchi sohalar majmuasi.AKT tushunchasiga mikroelektronika,kompyuter va dasturiy ta’minot, telekommunikatsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish, Internetdan erkin foydalanishni ta’minlash,Internetning axborot resurslarini ta’minlash, shuningdek sanab o’tilgan sohalar bilan bog’liq bo’lgan turli xil hodisalar va bu faoliyat sohalarini tartibga soluvchi qoidalar (rasmiylari kabi norasmiylari ham) kiradi.
    2.Axborotni yaratish, uzatish, boshqarish va unga ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan texnologiyalar.
    3.Xohlagan kommunikatsiya qurilmasi yoki qo’llanmaga nisbatan ishlatiluvchi umumiy atama,jumladan:radio, televideniya,uyali telefonlar,kompyuterlar va tarmoq uskunalari va dasturiy ta’minot, yo’ldosh tizimlari,shuningdek turli xizmatlar va ularga tegishli dasturlar, masalan, videoanjuman va masofaviy ta’lim. AKT,shuningdek, torroq ma’noda ham ishlatiladi,masalan,AKT ta’limda, tibbiyotda,kutubxonada va h.k.Evropa Komissiyasi fikricha,AKT muhimligi texnologiyaning o’zida emas,balki AKTning aholi orasida ko’proq axborot va kommunikatsiyasidan erkin foydalanish qobiliyatidadir.Dunyoning ko’p mamlakatlari AKT rivojlanishi uchun tashkilotlar yaratgan,chunki rivojlangan mamlakatlarning texnologiya jihatidan kamroq rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ustunligi texnologiyalar bor va texnologiyalar yo’q hududlar o’rtasidagi iqtisodiy ajralishni keskinlashtirishi mumkin.Jahon miqyosida BMT raqamli tabaqalanishga qarshi vosita sifatida «AKT rivojlanish uchun» dasturini faol ravishda olg’a surmoqda.

    Download 173,67 Kb.
    1   2   3




    Download 173,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xorijiy mutaxassislar Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari rivojlanishiing beshta asosiy tendentsiyasini ajratib ko’rsatadi

    Download 173,67 Kb.