|
Buxoro viloyatining doimiy aholisi taqsimlanishi
|
bet | 4/5 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 23,04 Mb. | | #259837 |
Bog'liq Amaliy ish DilshodbekBuxoro viloyatining doimiy aholisi taqsimlanishi (3-rasm)
Olot tumani aholisi soni 2013-yil 1-yanvar holatida 95,06 ming kishini tashkil qiladi. Shundan shahar aholisi 14,1 ming kishi, qishloq aholisi 80.96 ming kishini tashkil qiladi. Umumiy aholi sonidan erkaklar 46,5 ming kishi, ayollar esa 48,56 ming kishini tashkil qiladi. Tuman aholisining 92.4 ming kishini oʻzbeklar tashkil qiladi. Shuningdek, ruslar 0,3 ming kishi, ukrainlar 0,1 ming kishi, qozoqlr 0,5 ming kishi, tojiklar 0,3 ming kishi, tatarlar 0,3 ming kishi, ozarbayjonlar 0,2 ming kishi, beloruslar 0,2 ming kishi, turkmanlar 0,4 ming kishi va boshqa millat vakillari 0,3 ming kishini tashkil qiladi.
B uxoro viloyati aholi zichligi (4-rasm)
Aholining hududlar bo`yicha taqsimlanishi (5-rasm)
Buxoro viloyati Olot tuman markazi toposyomkasini bajarish tartibi
Sas planet dasturini ishga tushiramiz
Dasturning ishchi oynasidan ”Nuqtani tanlash” buyrug`ini tanlaymiz.
3. Topshiriqdagi hududning koordinatalarini kiritamiz.
4.Hudud markazini “Poligon kiritish” buyrug`i asosida belgilab olamiz
5.Kerakli hududning rastrli tasvirini qirqib olsih uchun “Poligin hudud” buyrug`ini tanlaymiz.
6. Qirqib olingan rastrli tasvirni Autocad dasturiga eksport qilamiz
Ishning qolgan qismi Autocad dasturida amalga oshiriladi.
Autocad dasturida tayyor holga kelgan chizma
Xulosa qilib shuni aytish keraki, bugungi kunga kelib geoaxborot tizimi rivojlanishi bilan birga geoinformatika ta‘limini isloh qilish zaruriyati paydo boʻlmoqda. Hozirda geoaxborot tizimi nafaqat texnik fanlar majmuasi sifatida, balki boshqaruv, qaror qabul qilish hamda ijtimoiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan fan sifatida ham qaralmoqda. Alohida tashkilotlar miqyosida geoaxborot tizimi boʻyicha aniq dasturlarni oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning asosiy maqsadi dasturda ishlashni oʻrganish boʻlmoqda. Ammo bu soha rivojlanishi bilan birga bakalavrlik, magistrlik hamda doktorlik dasturlari nafaqat texnik, balki yuqorida sanalgan sohalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. Shuning uchun ham zamonaviy mutaxassis oʻz ustida ishlashi va aynan geoinformatika sohasidagi bilimlarni egallashi juda muhimdir.
Shuningdek, hududning toposyomkasini bajarish jarayonida GAT dasturlari(SASPlanet)dan foydalanish ish ko`lamini oshirishga va ishni sifatli va tez amalga oshirishga yordam beradi. GATning geodeziya va ayniqsa, kartografiya sohalarida qoʻllanilishidan bir qancha yengilliklar kelib chiqadi. Bunda ish hajmi keskin ortib, ma‘lumotlarni qayta ishlash va bosmaga chiqarish kabi ishlarga sarflanadigan vaqt keskin kamayadi. Bundan tashqari, ma‘lumot olish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar miqdor va sifat jihatidan ortadi. Bunda hozirgi kunda mavjud zamonaviy geodezik asboblar, jumladan elektron taxeometrlar, sun‘iy yoʻldosh orqali obyektning Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari koordinatasini oʻta yuqori aniqlikda bera oladigan qabul qilgich (priyomnik) lar juda ham katta yordam beradi
|
| |