Tortuvchi elektr motorlarining qo‘zg’atishini ravon rostlash sxemalarini oʻrganish Ishdan maqsad




Download 1.17 Mb.
Sana05.03.2024
Hajmi1.17 Mb.
#167419
Bog'liq
6-лб.
Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq

Tortuvchi elektr motorlarining qo‘zg’atishini ravon rostlash sxemalarini oʻrganish


Ishdan maqsad: Oʻzgarmas tok motorlarining qoʻzgʻalmas choʻlgʻamini soʻndirish usulida yakor aylanish tezligini rostlashni o‘rganish.
Umumiy ma’lumotlar. Yurtimizda oʻzgarmas tok motori tortuvchi boʻlgan elektrovozlar (VL80S, VL60K, ER9YE, ER9M, jumladan, metropoliten vagonlari 81-714, 81717) quyidagi formula orqali yakor aylanish tezligi rostlanadi:


(2.1)

Oʻzgarmas tok motorlari asosan boshqarish usuli eng sodda koʻrinishda boʻlib, ya’ni kuchlanish qiymati oʻzgartirilishi hisobiga rostlanadi. Bundan tashqari yakor choʻlgʻamiga yoki qoʻzgʻatish choʻlgʻamiga parallel tarzda bogʻlangan qarshiliklarning qiymatini oʻzgartirish orqali ham oʻqning aylanish chastotasini rostlash mumkin. Masalan, VL80 elektrovozida EKG8J qurilmasi (2.1-rasm) yordamida tortuv transformatorining ikkalamchi choʻlgʻamini qoʻshish yoki ayirish orqali kuchlanish qiymati rostlanib, toʻgʻrilagich yordamida tortuv elektr motoriga oʻzgarmas tok kuchlanishi uzatiladi (2.2-rasm). EKG8J qurilmasi transformatorning ikkilamchi choʻlgʻamidagi klemmalarini mos va mos boʻlmagan holda ulab, ya’ni unda 33 ta pozitsiya boʻlib 1 dan 17 gacha boʻlgan pozitsiyalarda choʻlg’amlar nomos, 18 dan 33 gacha boʻlgan pozitsiyalarda esa, transformatorning ikkilamchi choʻlg’amlari mos ulangan holda amalga oshiriladi (2.3-rasm).



2.1-rasm. Asosiy kontroller EKG-8J: 1-rama asosi orqa qismi; 2-chulg’am ulab-uzgich kontaktorlari (12 ta); 3-ramaning asosiy oʻrta qismi; 4- pog’onali ulab-uzgich kontaktorlari (18 ta); 5-yoy soʻndirgichli kontaktorlar (4 ta); 6-elektropnevmatik joʻmrak (ventil) (2 ta); 7-servomotor; 8-yuritmani bloklovchi qurilmalar (14 kontaktli); 9-kontrollerni bloklovchi qurilmalar (17 kontaktli); 10-EKG yechilishida aylantirish uchun qo‘llaniladigan oʻq; 11-reduktor; 12-ramaning asosiy old qismi; 13-izolyatsiyali quvurlar (4 ta); 14- shina


Pozitsiyalar yurutuvchi va oʻtuvchi boʻlib, asosiy yurutuvchi pozitsiyalar quyidagilar 1, 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29, 33 hisoblanadi. Oʻtuvchi pozitsiyalarda transformatorning ikkilamchi choʻlgʻamidagi ulab, uzilish paytidagi qisqa tutashishning davomiyligi sababli, ushbu pozitsiyalarda harakatlanish kam vaqt amalga oshirilishi lozim (2.3-rasm).





2.2-rasm. VL80S elektrovozining soddalashtirilgan elektr kuch sxemasi

Ushbu laboratoriya ishimizda qoʻzgʻatish choʻlgʻamini soʻndirish usulidan foydalanib, asosan qoʻzgʻatish choʻlgʻamiga parallel ulangan qarshilik (2.3, а-rasm) sabab qoʻzgʻatish choʻlgʻamidagi tokning qiymatini, Kirxgofning birinchi qonuniga asosan kamayishiga olib kelib, bu esa oʻz navbatida qutblardagi magnit oqimining kamayishini taʼminlaydi (2.3, б-rasm). Yuqoridagi formuladan koʻrinib turibdiki magnit oqim Ф kamayishi yakor aylanish chastotasini ortishiga olib keladi.





2.3-rasm. Tortuv transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamlari ulab-uzilishida, tok (a) va kuchlanish (б) boʻlinishida oʻtkazuvchi reaktor roʻlining sxemasi: i1, i2-reaktorning birinchi va ikkinchi yelkasidan oʻtayotgan tok; F1, F2- i1, i2 hosil qilayotgan magnit oqimlar; i0-transformatorning ikkilamchi choʻlgʻami reaktor orqali hosil qilayotgan kontur toki

2.4-rasm. Ketma-ket qо‘zgʻatishli oʻzgarmas tok motorining qо‘zgʻatish choʻlgʻamini soʻndirish usulining sxemasi (a) va magnitlanish xarakteristikasi (б)


Laboratoriyani bajarishda Matlab/Simulink dasturidan fodalanish hamda natijalarga erishish mumkin (2.5-rasm).






2.5-rasm. Matlab/Simulink dasturi yordamida olingan laboratoriya natijalari
Download 1.17 Mb.




Download 1.17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tortuvchi elektr motorlarining qo‘zg’atishini ravon rostlash sxemalarini oʻrganish Ishdan maqsad

Download 1.17 Mb.