Toshkent-2018 mundarija bmi ning




Download 1.62 Mb.
bet14/24
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#73647
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
alisher Navoiy zamonaviy metod.docx 2
Ma\'lumotlar tuzilmasi va algoritmi (3-labaratoriya), Билдирги Иш хақи
Oquvchilar tomonidan berilgan savollar:
1. G‘afur G‘ulomning yoshlik chog‘lari Qo‘rg‘ontepa mahallasida o‘tgan
ekan. Hozirgi paytda bu uyning ahvoli haqida gapirib bering.
2. Olmos opa, oilada nechta farzand bo‘lgansizlar, ular haqida qisqacha
ma’lumot bering.
3. G‘afur G‘ulom shoir bo‘libgina qolmasdan yetimparvar inson sifatida elga
tanilgan. Adib bolalar uyida ishlashi bilan bir qatorda bolalarning millatidan qat’iy nazar ayrimlarini o‘z uyida tarbiyalagan. Hozirgi kunda ularning taqdiridan xabardormisiz?
4.Olmos opa, otangiz tabiatiga xos bo‘lgan yumoristik hislatlari farzandlariga o‘tganmi? Iloji bo‘lsa qiziqarli voqealarni gapirib bering?

53


5. Adibning «G‘ulomov»taxallusi nimaga asoslanib qo‘yilgan?
6. G‘afur G‘ulom «Men o‘zbek shoiriman»,-deb qayta-qayta mag‘rurlanar
ekan, sababi nimada?
7. Shoir G‘afur G‘ulomning «Said Ahmad she’rlarimga doyalik qilgan»,
«Oybek bir asrlik do‘stim» kabi iboralarini tushuntirib bering?
8. Olmos opa, shu hovlini uy-muzeyi qilish otangizning orzusi edimi yoki
Siz o‘zingiz shu fikrga kelganmisiz?
9. Hozirgi paytda ham G‘afur G‘ulomning uy-muzeyiga chet el yozuvchi
va (shoir)lari kelib ziyorat qilib turishadimi?
10. Olmos opa - kelajakdagi orzularingiz va biz yoshlarga beradigan
maslahatlaringiz.
Akademik shoir G‘afur G‘ulom uy-muzeyidan talabalar katta va boy
taassurotlar bilan qaytdilar. O‘quvchilar ketish oldidan muzey direktori Olmos G‘ofurova bilan estalik uchun suratga tushishadi, muzey xotira daftariga o‘z taassurotlarini yozib qoldirishadi. (Bu ma’lumotlarning barchasi G‘afur G‘ulom uy muzeyida suratlar, chizmalar, kitoblar bilan berilgan) .
Talabalarga sayohat taassurotlari yuzasidan «Men sevgan adib», «G‘afur G‘ulom - Toshkentda», «G‘afur G‘ulomning ijod xonasi» kabi mavzularda alg’bom, insho, referat va kecha ssenariylarini yozib kelish vazifasi topshiriladi. Demak, adib hayoti va ijodini o‘rganishda adabiyot va san’at muzeylari va adib uy muzeylariga tashrif buyurish kutilgan natijani beradi. Talabalar adib hayoti va ijodi bilangina tanishib qolmay, shu davrning ijtimoiy- siyosiy va madaniy hayotidan
ham xabardor bo‘ladi. Shu tariqa yoshlarni ona-Vatanga, buyuk ajdodlar merosi va xalqimizning misli ko‘rilmagan bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg‘ularini singdirish maqsadida ularni, dunyoni hayratga soladigan milliy obidalar, qadimiy yodgorliklar, muzey va adib uy-muzeylarini ziyorat qildirish, yurtimizning go‘zal tabiati bilan muntazam ravishda tanishtirib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu dars usulidan foydalanish orqali o‘quvchilarning erkin fikrlash doirasi kengayadi, o‘zi mustaqil fikrini bayon qila oladigan bo‘ladi. Adib hayoti va

54


ijodini o‘rganishda muzeylarga sayohat uyushtirish, u yerdagi portret va asarlar, ko‘rgazmalarni bevosita adib hayoti bilan bog‘lagan holatda o‘quvchiga yetkaza olish o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq.
Umuman, G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor kabi adiblarimiz ijodini o‘rganayotgan paytda ham adabiy ekskursiya usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. G‘afur G‘ulom ijodini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga shoir haqida ma’lumot beriladi va shoir uy-muzeyiga ekskursiya uyushtiriladi. O‘quvchilarning u yerda shoir haqida yanada to‘laroq ma’lumot olishga muvaffaq bo‘ladilar. Chunki shoirning esdaliklari, suratlari, shoir foydalangan buyumlari, hattoki adibning chalgan tanburi-yu, o‘qigan “Qur’on” kitoblari o‘quvchida umrbod esda qoladigan tuyg‘uni paydo qiladi. Bu adibga bo‘lgan mehr va hamnafaslik tuyg‘usidir.

55



Download 1.62 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Download 1.62 Mb.