• ...ad a biy o t masalasi b u ma’naviyat masalasidir
  • Toshkent-2018 mundarija bmi ning




    Download 1.62 Mb.
    bet2/24
    Sana16.06.2023
    Hajmi1.62 Mb.
    #73647
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    alisher Navoiy zamonaviy metod.docx 2
    Ma\'lumotlar tuzilmasi va algoritmi (3-labaratoriya), Билдирги Иш хақи
    Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma
    zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda.
    “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.1
    Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda.
    Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohqandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Mana shunday va boshqa ko‘plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani – ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi. Sizlarga yaxshi ma’lum, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohot va o‘zgarishlar, keng ko‘lamli dasturlar yagona va ulug‘ bir maqsadga qaratilgan. U ham bo‘lsa, xalqiqmiz hayotini yanada obod va farovon qilish, farzandlarimizni har tomonlama yetuk va burkamol etib tarbiyalashdan iborat.
    O‘zbek adiblari xalqimizning nodir ma’naviy boyliklarini yaratib, ularni ko‘paytirib kelgan va bugungi kunda yana ham ko‘paytirayotgan shaxslardir. Har bir tarixiy davr ruhi, xalqimizning turmush tarzi, shu davrga xos ijtimoiy munosabatlar ko‘proq adib orqali kitobxonlar qalbiga yetib boradi, u yerda puxta o‘rnashib, muhrlanib qoladi, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib turadi. Ravshanki, biografik ma’lumotlar o‘z mazmuni bilan yoshlarni milliy ma’naviyatimizni anglash, his etish ruhida tarbiyalashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Respublikamiz


    1 Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev. Jismoniy va manaviy barkamol yoshlar – bugungi va ertangi kunimizning hal
    qiluvchi kuchidir. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV quriltoyida so‘zlangan nutqi. 2017 yil 30 iyun.
    3

    birinchi prezidenti bejizga: “...adabiyot masalasi bu ma’naviyat masalasidir2,- degan fikrni aytmagan.


    Ayrim hollarda yaqin o‘tmishga aylangan davrlar ruhini, xalqimizning shu davrlar mobaynidagi orzu-o‘ylarini, milliy ma’naviyatini, urf-odatlarini, adibning egallagan pozitsiyasini anglamay, bilmay turib, badiiy asarlar mazmunini to‘g‘ri
    va to‘liq tushunib olish qiyin. O‘quvchining qalbiga yo‘l topa olmagan adabiy ma’lumot asarni o‘qishga, adibni bilish va tushunishga havas, qiziqish uyg‘ota olmaydi.
    Metodik adabiyotlarda adib hayotidagi muhim voqealar (ko‘pincha bir-ikki voqea) aksariyat hollarda uning shaxsi qanday kamol topayotganini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatish maqsadini ko‘zda tutadi deb ta’kidlanadi1. Bundan bilish mumkinki, tarjimai holdagi bu ma’lumotlar (hikoyalar) tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bunday voqealar yozuvchi ma’naviyatining shakllanish yo‘lini, bosqichlarini, undagi ma’naviyat qay tarzda tarkib topganini ko‘rsatish bilan birga o‘quvchilarni bundan tegishli xulosalar chiqarishga da’vat etishi bilan qimmatlidir.
    Biografik ma’lumotlar, ayrim metodist-olimlarning ta’kidlashlariga ko‘ra, adibning shaxsi, ichki dunyosi va ruhiy olami, ma’naviy e’tiqodi va izlanishlarini qamrab olishi kerak2. Bizningcha, ma’naviy e’tiqod va izlanishlar haqidagi gaplarni san’atkorning yoshlik yillari va o‘sib ulg‘ayishi bitiladigan qismda emas, uning ijod yo‘li yoritiladigan joyda berilgani ma’qul.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining "Adabiyot", "O‘zbek adabiyoti" darsliklari bilan tanishish shuni ko‘rsatdiki, adibning bolaligi, o‘sib ulg‘ayish davri juda qisqa yoritiladi va bundan uning ichki olamini, ruhiyatini bilib olish qiyin bo‘ladi.
    Adib hayoti va ijodini o‘rganishda matbuot materiallaridan foydalanishning o‘rni kattadir. “Badiiy asarni tahlil qilish jarayonida adibning o‘z fikrlaridan

    2 Каримов И. Адабиётга эътибор – маънавиятга, келажакка эътибор. –Т.: O‘збекистон”, 2009. -23 б.
    1 Zunnunov A. O‘zbek maktablarida adabiyot o‘qitish metodikasi tarixidan ocherklar. T.: O‘qituvchi, 1980. - 191 b. Zunnunov A. O‘zbek tili va adabiyoti darsliklari mezoni. - T.: O‘zPFITI, 1994. - 15 b.Usmonov R. K. Yuqori sinflarda yozuvchi biografiyasini o‘rganish. T.: O‘qituvchi, 1969. -68 b.
    2 Usmonov R. K. O‘zbek maktablarining yuqori sinflarida yozuvchi tarjimai holini o‘rganish: Ped. fan.nomz.dis..- T.,1969.-246 b. Yo‘ldoshev Q ., Madayev O., Abdurazzoqov. A. Adabiyot o‘qitish metodikasi. -T.: O‘qituvchi, 1994. -92 b..
    4

    foydalanish ham yaxshi samara beradi. Masalan, Yusuf Xos Hojibning hayoti va


    ijodini o‘rganishda bevosita uning o‘z asari – «Qutadg‘u bilig»ga murojat qilish o‘rinli bo‘ladi. Buning asosiy sabablaridan biri adib haqida boshqa ilmiy, tarixiy manbalarda tegishli axborotlarning saqlanib qolinmagani yoki hozircha topilmay turishidir”1.
    Yozuvchining buyukligini, adabiyot sohasidagi xizmatlari, jamiyatda tutgan mavqei, milliy ma’naviyatga qo‘shgan hissasi, chinakam so‘z ustasi ekanligini o‘quvchilarga yetkazish zamirida bir tomondan, ma’rifiy maqsadlar yotsa, ikkinchi tomondan, o‘rganiladigan asarga ijobiy munosabatni shakllantirish yotadi. ”So‘z ustasining ijtimoiy mavqei, badiiy mahorati haqida chiqariladigan xulosa uchun uning o‘zi to‘g‘risida aytganlari bilan bir qatorda boshqa atoqli kishilarning fikrlari muhim ro`l o‘ynaydi. Bu kabi vositalar san’atkorning, adibning boshqalarga o‘xshamaydigan qiyofasi va uslubi haqida o‘quvchida yaqqol tasavvur uyg‘otish uchun xizmat qilishi kerak. Zero, A.Oripovning O‘zbekistonni sevishi H.Olimjonning sevishiga o‘xshamaydi; Usmon Nosirning yurt tabiatiga maftunligi Cho‘lpon lirikasidagi tabiat tasvirlaridan tamoman farq qiladi..’’2 . Har bir ijodkorning olam go‘zalliklarini ko‘rishi, his qilishi, tasvirlashi o‘ziga xos.
    Adib hayoti va ijodini o‘rganishda tarjimai holni tashkil etuvchi qismlar
    ma’rifiy maqsadlarga erishish nuqtai nazaridan o‘rganib chiqilishi zarur.
    “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adib hayoti va ijodini o‘rganish
    metodikasi” mavzusining dolzarbligi ana shular bilan belgilanadi.

    Download 1.62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 1.62 Mb.