• Shular n ing o‘r n iga va u larga qo‘s h imc h a qilib q u yidagi sav o
  • Toshkent-2018 mundarija bmi ning




    Download 1.62 Mb.
    bet8/24
    Sana16.06.2023
    Hajmi1.62 Mb.
    #73647
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
    Bog'liq
    alisher Navoiy zamonaviy metod.docx 2
    Ma\'lumotlar tuzilmasi va algoritmi (3-labaratoriya), Билдирги Иш хақи
    II bob. Adabiyot darslarida adib hayoti va ijodini o‘rganishda savol-
    topshiriqlardan foydalanish

    2.1. Adib hayoti va ijodini o‘rganishda savol-topshiriqlardan foydalanish

    Adabiyot darsliklarida savol va topshiriqlarning soni ham, mazmuni ham rang-barang. Ular bir-biridan katta farq qiladi. Bu mualliflarning yondoshuvlariga, adbiy materialning xarakteriga ham bog‘liq. Bularning barchasi o‘quvchilarning mustaqil ijodiy ishlarni amalga oshirishlarida yaqindan yordam beradi.
    Darslik materiallari bilan tanishish asosida ularni quyidagi turkumlarga ajratish mumkin bo‘ladi:
    1. O‘quv materialini qayta esga olishga undaydigan – reproduktiv xarakterdagi savollar.
    2. Ayrim ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan savollar. Bunga bevosita badiiy matn ustida ishlash, o‘lkashunoslik materiallarini izlash, topish va undan foydalanish, ayrim jadvallarni tuzish, axborot va referatlar tuzishni kiritish mumkin.
    3. Bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etishni talab qiladigan savollar. Bular sirasiga asardagi muayyan adabiy-nazariy tushunchaning izohini ko‘rsatish, qo‘yilgan adabiy asar haqida shaxsiy nuqtai nazarini bildirish, ijodiy ishlarni amalga oshirish mansub bo‘ladi.

    34


    4. O‘quvchidan muayyan voqea - hodisalarga nisbatan emotsional munosabat bildirishni talab qiladigan savollar.
    Umumiy tarzda aytiladigan bo‘lsa, o‘quvchilarimizning ijodiy imkoniyatlarini ko‘paytirishga yo‘naltiriladigan savol va topshiriqlarni ko‘paytirish zarurati bor.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9 sinflari uchun mo‘ljallangan darsliklarda adib va yozuvchilarning hayoti va ijodi haqidagi ayrim muhim ma’lumotlar ham beriladi. Masalan, 5-sinf darsligida Hamid Olimjon, Shukrullo, Xans Kristian Andersen, Maqsud Shayxzoda haqida ikki sahifa, Mirkarim Osim haqida bir yarim sahifa hajmida ma’lumot beriladi. Ularda ijodkorlarning tug‘ilgan vaqti va joyi, o‘qish yillari, qiziqishlari, asosiy asarlari haqida ixcham ma’lumotlar jamlangan.
    Darslikda mustaqil o‘qish uchun ham ayrim asarlar tavsiya etilgan. «Hikmat durdonalari» ruknidagi «Do‘stlik» matni, «Vatanni sevmoq iymondandir» ruknida E.Vohidovning «Yoshligim», «Tandir kiygan «Matmusa» kabi asarlari tavsiya etilgan. Afsuski, «Ertaklarning sehrli olami», «Mumtoz adabiyotga sayohat», «Bolalikning beg‘ubor olami» ruknlaridagi qismlar mustaqil o‘qishga beriladigan asarlar bilan ta’minlanmay qolgan. Bu darslikning umumiy tuzilishidagi nuqsonlardan biridir.
    Darslikdagi har bir mavzu tegishli savol va topshiriqlar bilan ta’minlangan. Ular mavzuning xarakteri, materialning hajmi, ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar bilan aloqador holda tuzilgan. Maqollar mavzusi uchun 10 ta, Sahdiy SHeroziy uchun 6ta, Shukrullo uchun 7ta, Andersenning «Bulbul»i uchun 15ta savol va topshiriqlar tuzilgan. Demak, savol va topshiriqlar adabiy materialning hajmi, xarakteri va undan ko‘zda tutilgan maqsad bilan bog‘liq holda tuziladi.
    Ularning mazmuni ham rang-barang. Ayrim savollar asar yoki muallif haqidagi yangi ma’lumotlarni bilishga qaratilgan (Ushbu ertakdagi Shahzodaning bog‘ida qanday gullar o‘sgan?) Ayrim savollarda boshqa o‘quv predmetlari, sanhat turlari bilan aloqadorlik nazarga olingan («Uning ertaklari asosida yaratilgan qanday multfilmlarni bilasiz?»).

    35


    O‘qituvchi ularga ijodiy tarzda yondoshishi mumkin. Tajribali o‘qituvchilar matn mazmunidan kelib chiqib, savol va topshiriqlarni o‘zlari tuzishlari mumkin. pedagogik amaliyot jarayonida bunday vazifani amaliyotchi o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda amalga oshirganligining bir necha marotaba guvohi bo‘lganmiz. Bunda o‘quvchilarning faollik darajasi keskin ortadi. Ularning matn mazmunini o‘zlashtirishlari uchun yanada qulay sharoit yaratiladi, eng muhimi o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligidagi jonli bir holat maydonga keladi.
    Ba’zi savollar voqelarning izchilligi, mantiqiyligini («Hikoyani o‘qib bo‘lim-
    bo‘limlarga ajrating va har bir bo‘limga sarlavha qo‘ying») kuzatishga undasa, Yana bahzilari ularni ijodiy fikrlashga dahvat etadi («Nima uchun yozuvchi ertakka sunhiy bulbul obrazini kiritgan?»). Amaliy-ijodiy faoliyatni talab etadigan («Ertak voqealari asosida rasm chizing») savollar ham darslikda anchagina.
    Ayni bir tipdagi savol va topshiriqlar bir o‘rinda juda muvaffaqiyatli bo‘lib, boshqa bir o‘rinda o‘z vazifasini to‘la bajarmasligi mumkin. Adibning tug‘ilgan joyini aniqlashga oid savollarda bu hol ko‘proq uchraydi. Masalan, kasb-hunar kollejelari uchun tuzilgan o‘quv qo‘llanmasida shunday savol mavjud («Rabg‘uziy qaerda tug‘ilgan?») Bunday savolga o‘quvchi hech bir qiynalishsiz, mustaqil va
    ijodiy fikrlashga zarurat sezmagani holda javob bera oladi. Hatto u birgina so‘z bilan «Raboti O‘g‘uzda» deb qo‘ya qolishi ham mumkin. Vaholanki, savollarni tuzayotganda «ha», «yo‘q», «shunday» deb javob berilishi mumkin bo‘lganlaridan tiyilish kerakligini tajribali pedagoglarimiz ko‘p tahkidlashadi.
    Ayni mana shu savolni akademik litseylarning birinchi bosqichida Lutfiyning hayoti va ijodini o‘rganish jarayonida berish esa boshqacha samara beradi. Hozirgacha Lutfiyni barcha manbalarda Hirotda tug‘ilgan va shu yerda vafot etgan degan ma’lumotlari ehtirof etilib kelar edi. Shayx Ahmad Xudoydod Taroziyning «Funun al-balog‘a» kitobida Lutfiyga «Shoshiy» nisbasi berilgan ekan. prof. A.Hayitmetov shu ma’lumotga tayanib turib, Lutfiyni Toshkentda tug‘ilgan deb ko‘rsatadi. O‘quvchilardan shu holatga oid javoblar olinadigan bo‘lsa, ularning faqat bilimlari oshibgina qolmasdan, ayni chog‘da vatanparvarlik tuyg‘ulariga ham ijobiy ta’sir o‘tishiga shubha bo‘lmaydi.

    36


    Topshiriqlarda ifodali o‘qish, rollarga bo‘lib o‘qish, matnni yod olish, matn mazmunini hikoya qilish, matn mazmunini qisqartirib hikoya qilish singari ko‘rinishlar mavjud. Ular o‘quvchilarning og‘zaki nutq malaklarning ortishiga omil bo‘ladi. Bevosita yozma nutq takomiliga yo‘naltirilgan topshiriqlar ham bor.
    5-sinf darsligida adabiy-nazariy tushunchalar elementar tarzda taqdim etilgan. Adabiyot, maqollar, ertaklar haqidagi ma’lumotlar shu siraga kiradi. Ayrim holatlarda muayyan adabiy janr haqidagi muxtasar ma’lumotlar berilgan. «Shiroq» afsonasi haqida shunday ma’lumot mavjud. Ayni paytda afsonalar, ruboiylar, hikoya, qasida haqida ham alohida nazariy ma’lumot berilgan. Kitobda xarakter haqidagi nazariy ma’lumot ham bor.
    5-sinf uchun Adabiyot darslari yangi fan hisoblanadi. Ular bu paytgacha «O‘qish kitobi» bilan shug‘ullanib kelishgan edi. 5-sinfdan boshlab ular tom ma’nodagi adabiyot darslarining ichida yashashadi. Xuddi shu jarayonni oson va mazmunli kechishi uchun ham darslik o‘ziga xos vazifalarni ado etadi.
    Har bir adabiyotchi shu narsani yaxshi biladiki, katta yoshdagi ko‘pgina kitobxonlar san’atni his qilishda, san’at bilan munosabatlarda bolalikdagi darajalarida qolishadi, ularni faqat «kim?» va «qanday » degan savollar bezovta qiladi xolos, bu savollar o‘smirning kitobxonligini belgilaydi – bu 10-13 yoshdagi o‘quvchining ma’naviy kamoloti uchun xosdir.
    Adabiyotni uning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda o‘rganishning boshlanishi yetuk kitobxonni shakllantirish uchun muayyan zamin yaratish imkonini beradi. Hammadan burun bu bolalikning undagi «nima?» va «nima uchun» degan savollariga javob berish uchun tayyorgarlikdir. Faqat bilim zahiralari, tuyg‘ular madaniyati, kitobxonlik ko‘nikmalari bilan boyigan, kitobxongina katta yoshdagi insonlarning yetuk baho va mulohazalariga tengma- teng yaqinlashgan holda hayotiy muhim muammolarni yechishga qobildirlar.
    Adabiyot darslari mutaxassis shaklantirish uchun emas, shaxs ma’naviyatini tarbiyalash uchun xizmat qiladi. Shu bois adabiy ta’lim jarayonida sof adabiyotshunoslikdan bilim berish emas, balki, inson ko‘nglini tarbiyalash ustuvor ahamiyat kasb etmog‘i maqsadga muofiqdir.

    37


    Adabiyot insonga badiiy ta’sviriy vositalar bilan qanday yashash kerakligi haqida o‘rgatadi. Adabiyotga muhabbatni inson qalbida yoshlikdan shakllantirlishi kerak.
    Bu borada umumta’lim maktablari muhim o‘rin tutadi. Darsliklarda berilayotgan yozuvchi tarjimayi holi, tanlangan badiiy asar va ular asosida o‘quvchini bilimini, tafakkurini shakillantirish uchun xizmat qiladigan savol va topshirqlar adabiyot darsliklarining asosini tashkil etadi. Bugun biz asar mazmun mohiyatini tushinishga, o‘quvchini mustaqil fikrlashga xizmat qiladigan savol va topshiriqlarga qisqacha to‘xtalmoqchimiz.
    Mustaqillikning ilk yillarida yaratilgan darsliklarning ayrimlarida mavzular, o‘rganishga tavsiya etilgan matnlardan so‘ngs avol va topshiriqlar berilmagan edi. Bizningcha, bunga sabab yangi talablar asosidagi darsliklarning tezlik bilan yaratilganligi hamda matnlar bo‘yicha savol va tolshiriqlarni har bir o‘qituvchi o‘zining tushunchasi, tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib mustaqil tuzishni nazarda tutishgan bo‘lsa kerak. Shunda har bir mavzudan, matndan keyin uning mohiyatini ochishga qaratilgan, asar badiiyatini anglashga yo‘naltiruvchi, qahramonlarning ruhiy olami tadqiqiga yo‘l ochuvchi savol va topshiriqlar berilishi zarurligi oydinlashdi. Jo‘yali va aniq maqsadni ko‘zlagan savol, topshiriqlar adabiyot darslarining samaradorligini ta'minlasa, faktlarnigina qayd etishni talab etuvchi so‘rovlar mashg‘ulotlar saviyasining past bo‘lishiga olib keladi. Amaliyotda savol va topshiriqlar mohiyatiga ko‘ra a) faktologik; b) konseptual kabi ikki turga ajratiladi.
    Faktologik savollar asosan darslikda mavjud bo‘lgan yoki o‘qituvchi so‘zlab bergan faktlarni qayta so‘zlab berishni ko‘zlaydi. Bunday savollar ustuvor bo‘lgan darslarda o‘quvchi fikrlamaydi, matn ustida izlanmaydi. Chunki ularniig javoblari darslikning o‘zida berilgan, faqat birrov o‘qib topib olinsa bas. Ko‘pincha amaliyotda o‘quvchilar darslikdagi savollarga javob topish uyga vazifa qilib berilganda, darslik sahifalariniig chetiga javoblari bayon etilgan o‘rinlarga shu savol raqamlarini qo‘yib chiqishadi. Eng achinarlisi, ba'zan uyga vazifani shu tarzda bajarishni o‘qituvchsilarning o‘zlari ko‘rsatib beradilar. Bir qarashda bu

    38


    hamma uchun qulay, bunda bola qiynalmaydi, ortiqcha zo‘riqmaydi, bir zumda darsni tayyorlab qo‘yadi. Ammo bu holat adabiy ta'lim uchun qimmatga tushmoqda. Oqibatda badiiy so‘zni his qilishdan mahrum, badiiy asar tahillash ko‘nikma va malakasi shakllanmagan, mutolaadan zavq tuymaydigan bitiruvchilarga ega bo‘linmoqda.
    Konseptual savol va topshiriqlar o‘quvchini o‘ylashga, mustaqilf ikrlashga,
    izlanishga chorlaydi, asar badiiyati, uning mazmuniga mustaqil nazar tashlash, o‘ziga xosliklarini, farqli tomonlarini topishga yo‘llashi jihatidan g‘oyat muhim metodik jihat sanaladi. Kitobdan ularga mashaqqatsiz tayyor javoblar topilmaydi, har bir savolga tayyorlanish, matnni sinchkovlik bilan o‘qish, persanajlarning ruhiy kechinmalarini ko‘nglidan o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Javob topish yo‘lidagi aqliy, ruhiy zo‘rqishlar avvaliga qiyin tugalsada, keyinchalik izlabt opilgan haqiqatlar, kashf etilgan go‘zalliklar o‘quvchilar uchun shirin “azob”, estetik lazzat manbaiga aylanadi. Tasavvur uchun 8-sinf (Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov) lar tomonidan tuzilgan darslikda Maqsud Shayxzoda hayoti va
    ijodiva “MirzoUlug‘bek ”tragedyasidan parcha berilgan. Yakunida adib hayoti va ijodi, “MirzoUlug‘bek” tragedyasiga oid umumiy 18 ta savol va topshiriqlar berilgan. Savollarning 7-, 11-, 12-, 13-, 17-lari asosan faktologik ruhda berilgan. Shularning o‘rniga va ularga qo‘shimcha qilib quyidagi savollar berilsa, o‘quvchini asar mohiyatini yanada chuqurroq tushinishiga xizmat qilar edi:
    1. Amir Temur qabri yonida Ulug‘bek Mirzo “Sulton o‘lsahamki, donishmand yashar,Olimlarga mangu hayot tarixi -bashar…” jumlasini izohlang.
    2. Asarda Mirzo Ulug‘bekning shaxsiyatida dinlararo bag‘rikenglik xislatlari qaysi o‘rinlarda ko‘zga tashlanadi?
    3. Piri Zindoniy“Istasangiz tiz cho‘kayin oyog‘ingizga,sizga buyuk qalbli inson,ulug munajjim! Ammo sulton Ulug‘bekka, Sohibitojga bosh egmayman”- deyish sabablarini tahlil qiling.
    4. “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasida davr voqealarini yoritishga xizmat qiladigan epizodik obrazlar (Piri Zindoniy, Amir Temur arvohi, elchilar) haqida mulohaza yuriting.

    39


    5. Ali Qushchini Ulug‘bek uchun bunchalar suyukli va ishonchli inson ekanligi sabablarini izohlashga urinib ko‘ring ?
    6. Misr elchisi “Turkistonning, Xurosonning donishmandlari yozgan nodir asarlari jahonda ma’ruf”-degan so‘zlarini siz qanday tushundiz,ularning ma’naviy qudrati haqida bilganlaringzni so‘zlab bering?
    7. Piri Zindoniy ta’nalariga Ulug‘bekning “Birinchi gal orif bo‘lsa sultonlar o‘zi, G‘aflat ketib ochiladi ulusning ko‘zi” jumlasida shohlikning asosiy tayanchi haqida o‘z fikringizni ayting.
    8. 7-sinf tarix darsligida olgan bilimlariz va asardagi Mirzo Ulug‘bek shaxsi yoritilishidagi o‘xshashlik va farqli xususiyatlarni toping?
    9. Yozuvchining asar qahramonlariga xolisona yondashishiga e’tibor bering ? Suhbat savollari yuqori sinflarda bir muncha murakkabroq shaklda tuziladi.
    O‘quvchilar diqqati badiiy adabiyotni muhim muammolarini tushinishga, yozuvchining mahorati va uslubini o‘rganishga qaratilgan bo‘lishi kerak. O‘quvchilarga suhbat vaqtida beriladigan savollar so‘roq, buyruq, buyruq-iltimos, tasdiqlash shaklida tuziladi.
    So‘roq shaklidagi savollar:
    Siz o‘tmish hayotini aks ettirgan qanday asarlarni o‘rgangansiz ? Maqsud
    Shayxzodaning qaysi asarlari sizga yoqadi va nima uchun? Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasida Ulug‘bek obrazi sizda qanday taassurot qoldirdi.
    Demak, o‘qituvchi uchun ham, ta’lim sub’ektiga aylanib borayotgan o‘quvchi uchun topshiriq, ijodiy, muammoli savol asar ustida mustaqil, maqsad sari izlanish yo‘lidagi faoliyat tavsifini belgilaydigan ochqich bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchining ta’lim jarayonini boshqarishi maqsad sari eltadigan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib turishda namoyon bo‘ladi, o‘quvchilar faoliyatini tartibli, izchil, yangi pedagogik texnologiya darajasida uyushtirishni ko‘zda tutadi. Bunda har bir adabiy materialni o‘qib o‘rganish natijasi ham e’tiborga olinadi.

    40



    Download 1.62 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




    Download 1.62 Mb.