• Tadqiq o t n ati j alari n ing amaliyotga j o riy qili n is h i.
  • Ish n ing tu z ilis h i va h ajmi.
  • Toshkent-2018 mundarija bmi ning




    Download 1.62 Mb.
    bet5/24
    Sana16.06.2023
    Hajmi1.62 Mb.
    #73647
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    alisher Navoiy zamonaviy metod.docx 2
    Ma\'lumotlar tuzilmasi va algoritmi (3-labaratoriya), Билдирги Иш хақи
    Tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati. Adabiyot darslarida yozuichi hayoti va ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan ma’lumotlar matni ustida olib boriladigan ishlarning mazmunini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqiladi, ta’lim shakllari, vositalari, metod va usullari yangi pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi nuqtai nazaridan tadqiq etiladi. Ishning materiallari va tavsiyalaridan, dars ishlanmalaridan muayyan shoir hayoti va ijodini o‘rganishda foydalaninsh mumkin.
    Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. BMI mavzusi Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti "O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi" kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilinib, himoyaga tavsiya qilingan. Ushbu tadqiqot natijalari va materiallari Toshkent
    shahri, Shayhontohur tumanidagi 34- umumta’lim maktabi o‘quvchilariga "O‘zbek adabiyoti" fanidan dars mashg‘ulotlarini o‘tish jarayonida amaliyotga joriylashtirilgan, ochiq dars o‘tkazilgan (ochiq dars ishlanmasi ilova qilinadi).

    7

    Ishning tuzilishi va hajmi.


    Bitiruv malakaviy ishi uch bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan
    adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 76 sahifani tashkil etadi.
    I bob. Adabiyot darslarida adib hayoti va ijodini o‘rganishning o‘ziga
    xos xususiyatlari

    1.1. Adabiyot darslarida adib hayoti va ijodini o‘rganish mazmunini belgilash

    Adabiyot o‘qitish metodikasida tarjimai hollarni o‘rganish xususida A.Zunnunov, R.Usmonov, Q.Yo‘ldoshev, B.To‘xliyev, M.Mirqosimova, S.Matchonov, Q.Husanboyeva, R.Niyozmetova va boshqa metodist-olimlar so‘z yuritganlar, biografik ma’lumotlar mazmuni qanday bo‘lishi kerakligi haqida ba’zan yo‘l-yo‘lakay, ba’zan maxsus to‘xtalib o‘tganlar.
    Metodik adabiyotlarda biografik ma’lumotlar haqida bayon etilgan tavsiyalarni umumlashtirar ekanmiz, tarjimai hol mazmuni quyidagi unsurlardan iborat bo‘lishi kerakligi ta’kidlanganini ko‘ramiz:
    1) adibning bolalik chog‘lari va o‘sib ulg‘ayishi;
    2) san’atkorning ijodiy yo‘li;
    3) yozuvchi/shoir/ning ijodiy faoliyati va badiiy mahorati; asarlaridan
    parchalar /estetik maqsadlar/;
    4) dasturiy asarning yaratilish tarixi;
    5) adibning jamiyatda tutgan mavqei, xizmatlari;
    6) yozuvchi (shoir) haqida uning zamondoshlari1.
    Tarjima holni tashkil etuvchi qismlarning umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
    o‘zbek adabiyotini o‘qitish nuqtai nazaridan ahamiyati qay darajada ekanligiga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz.
    1. Adibning bolalik chog‘lari va o‘sib ulg‘ayishi.


    1 Niyozmetova R. O‘zbek tili darslarida yangi o‘zbek adabiyotinini o‘qitish masalalari. T.,2010, 69-bet.
    8

    Tarjimai holning eng xilma-xil mazmun va hajmga ega bo‘lgan qismi yozuvchi yoki shoirning yoshligi haqidagi ma’lumotlardir. Bu yerda nimalar aks etishi kerakligi to‘g‘risida metodik adabiyotlarda turlicha tavsiyalar beriladi. Bu tavsiyalarni umumlashtirar ekanmiz, biografik ma’lumotda san’atkorning o‘sib ulg‘ayishi, kamol topishi, komil inson bo‘lib yetishuvi, ichki dunyosi, ruhiy olami, bu olamning boyligi haqida hikoya qilinishi lozim degan xulosalarni ajratish mumkin.
    Maktab darsliklarida bu masala yuqoridagi talab darajasida hal etilmay keldi. Ayrim tarjimai hollarda adibning bolaligi 3-4 gap bilan aytib o‘tildi. Bunda uning qaysi maktabda qanday o‘qigani, nimalarga ko‘proq qiziqqani, necha yoshdan she’r yoza boshlagani ma’lum qilinadi. Masalan, Komil Yashinning tarjimai holida quyidagilarni o‘qish mumkin:
    "Otasi No‘’mon Jumaboev o‘z o‘g‘li Komiljonni 6 yoshida Andijondagi eski maktablarning biriga beradi. Harakatchan va ziyrak bola og‘ir qiyinchiliklarga qaramay, tezda o‘qish va yozishni o‘rganib oladi"1 .
    Metodik adabiyotlarda adib hayotidagi muhim voqealar (ko‘pincha bir-ikki voqea) aksariyat hollarda uning shaxsi qanday kamol topayotganini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatish maqsadini ko‘zda tutadi deb ta’kidlanadi2. Bundan bilish mumkinki, tarjimai holdagi bu ma’lumotlar (hikoyalar) tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bunday voqealar yozuvchi ma’naviyatining shakllanish yo‘lini, bosqichlarini, undagi ma’naviyat qay tarzda tarkib topganini ko‘rsatish bilan birga o‘quvchilarni bundan tegishli xulosalar chiqarishga da’vat etishi bilan qimmatlidir.
    Biografik ma’lumotlar, ayrim metodist-olimlarning ta’kidlashlariga ko‘ra, adibning shaxsi, ichki dunyosi va ruhiy olami, ma’naviy e’tiqodi va izlanishlarini qamrab olishi kerak. Bizningcha, ma’naviy e’tiqod va izlanishlar haqidagi gaplarni san’atkorning yoshlik yillari va o‘sib ulg‘ayishi bitiladigan qismda emas, uning ijod yo‘li yoritiladigan joyda berilgani ma’qul.


    1 Kattabekov A. Raxmonov V. O‘zbek adabiyoti. 8-sinf uchun darslik-majmua. T.: O‘qituvchi, 1993.
    2 Zunnunov A. Ozbek maktablarida adabiyot o‘qitish metodikasi tarixidan ocherklar. T.: Oqituvchi, 1980. 191 b.
    9

    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining "Adabiyot", "O‘zbek adabiyoti" darsliklari bilan tanishish shuni ko‘rsatdiki, adibning bolaligi, o‘sib ulg‘ayish davri juda qisqa yoritiladi va bundan uning ichki olamini, ruhiyatini bilib olish qiyin bo‘ladi.


    Adibning bolaligida yoki maktabda o‘qigan paytida yuz bergan xursandchilik kunlari yoki noxushliklar uning taqdirini ma’lum darajada o‘zgartirib yuborgan bo‘lsa, bu voqeadan ham saboq olish mumkin. Ba’zi voqealar adibning yoshlikdagi taqdiriga xayrixohlik uyg‘otadi xolos. Masalan, pirimqul Qodirovning tarjimai holidan quyidagi o‘rinni ko‘rsatish joiz:
    "Maktabda men a’lochilar qatorida yurardim. Bir yilda ikki sinfni bitirib, uchinchiga ko‘chirilgan edim. Oltinchi sinfda meni Toshkentga sayohat qilish yo‘llanmasi bilan mukofotlashdi. Lekin ma’lum joylar "otasi boy bo‘lgan" deb, mukofotni bekor qilishibdi. SHunda Daminov degan jo‘g‘rofiya o‘qituvchimiz: "Axir, otasi hozir kolxozchi-ku!" – deb kuyunib yurgani, lekin uning so‘zi o‘tmagani, meni sayohatdan mahrum qilishgani hech esimdan chiqmaydi"1.
    O‘zbek adiblarining tarjimai holidan asosan ma’rifiy maqsadlar ko‘zlanadi, o‘quvchilar san’atkorning buyukligi, el-yurt oldidagi xizmatlari bilan tanishishlari, ularga nisbatan e’zozlash hissi paydo bo‘lgandan keyingina hayot saboqlaridan xabar topib, o‘zlari uchun xulosalar chiqarishlari o‘rinli bo‘ladi. SHunga ko‘ra ham, dastlabki biografik ma’lumotda adibning bolaligi haqida 3-4 gap bilan ma’lumot berib o‘tish yoki tarjimai holni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijod yo‘li bayonidan boshlash maqsadga muvofiqdir.
    2. San’atkorning ijod yo‘li.
    Adibning ijodiy kamolot sari bosib o‘tgan yo‘li, ijodiy faoliyati biografik
    ma’lumotda o‘ziga xos o‘rin tutib, uning shaxsi, ichki dunyosi, ruhiy olami, qarashlari, ma’naviy e’tiqodi qay tarzda shakllanganidan tortib badiiy mahoratini egallashigacha bo‘lgan hayot yo‘li o‘z aksini to‘liqroq topadi. O‘quvchi so‘z ustasining kimligini, orzu-o‘ylarini, intilishlarini tarjimai holning shu qismidan


    1 Karimov N., Nazarov B., Normatov U. XX asr o‘zbek adabiyoti. 11-sinf uchun darslik. T.: O‘qituvchi, 1995,
    –295 b.
    10

    ko‘proq bilib oladi. Demak, bu yerda beriladigan ma’lumotlarning yoshlar uchun ma’rifiy ahamiyati katta.


    SHu qism orqali tarixiy davr bilan tanishish ham yuz beradi.
    R.Usmonovning fikricha, tarjimai holda san’atkorning ijodiy takomiliga ta’sir
    etgan voqea va hodisalar bayoni ham aks etishi kerak. Masalan:
    "To‘rt yil davomida Istambul dorilfununida tahsil olgan Fitrat taqdirida
    Turkiya hayoti muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu yillar bo‘lajak mutafakkir, davlat arbobi, vatanparvar hamda millatparvar olim, yozuvchi Fitratning siyosiy va davlatchilik qarashlarida, dunyoqarashi, san’atkorlik mahorati shakllanishida yo‘naltiruvchi ahamiyat kasb etdi" 1.
    Metodist-olim Q.Yo‘ldoshev 7-sinf darslik-majmuasida2 adiblarning tarjimai hollarini yoritishda ham qaror topgan qoliplarga rioya etilmagani, balki bolalarning tafakkuriga, hissiyotiga ta’sir etish, ularni loqaydlikdan chiqarishga va yozuvchilar hayotining burilish nuqtalariga e’tibor qaratilganini eslatadi.
    3.Yozuvchi, shoirning ijodiy faoliyati va badiiy mahorati; asarlaridan parchalar (estetik maqsadlar)
    R.Usmonov, Ye.D.pristupa, V.G.Marantsman va boshqa metodist-olimlar o‘quvchi tarjimai hol orqali so‘z ustasining bosib o‘tgan hayot yo‘lini o‘rganish barobarida uning badiiy mahorati, bu mahoratning o‘ziga xosligi, badiiy kashfiyotlarini bilib olishi kerak degan fikrni ilgari suradilar.
    O‘rni kelganda yana bir muammoga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. O‘zbek adabiyoti darslarida yozuvchilarning tarjimai holi, ijodini qanday izchillikda o‘rganish kerakligi muhim masalalardan biridir.
    Yozuvchining ijodi va badiiy mahorati haqidagi bayonga asarlari yuzasidan beriladigan sharhlar qo‘shib yoritilgani ma’qul. Bundan ikki xil maqsad ko‘zda tutiladi: birinchisi, adibning badiiy mahoratini ishonarli etib tushuntirish bo‘lsa, ikkinchisi, yozuvchining dasturga kirmagan eng muhim asarlari to‘g‘risida umumiy tasavvur hosil qilishdir.

    1 Karimov N., Nazarov B., Normatov U. XX asr o‘zbek adabiyoti. 11-sinf uchun darslik. T.: O‘qituvchi, 1995,
    –350 b.
    2 Yo‘ldoshev Q. O‘qituvchi kitobi: Metodik qo‘llanma. T.:O‘qituvchi, 1997. 11–12- b.
    11

    Yuqori sinflarda yozuvchi uslubini o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi uqtirilgan. Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘zbek adabiyotini o‘qitish borasida ham shunga intilish bo‘lishi kerak deb o‘ylaymiz. "Uslub yozuvchining ijodiga singib ketgan bo‘ladi. Uni ijodining ruhi, har bir asardan anqib turadigan xushbo‘y hid deyish mumkin. Yozuvchining hayotga munosabatidagi, xarakter yaratishdagi, tasviriy vositalaridagi, fikrlash yo‘sinidagi, hatto biografiyasi va shaxsiyatidagi o‘ziga xosliklar hammasi birikib, uning uslubini vujudga keltiradi. Biroq uslub mana shunday murakkab hodisa bo‘lsa ham, ijodning bir sohasi borki, unda uslub birinchi qarashdayoq ko‘zga yarq etib tashlanib turadi. Bu yozuvchining tili. Tilda yozuvchining mahorati ham, estetik printsiplari ham, hayot ranglarini payqay olishi ham, nozik farqlarni his etish qobiliyati ham aniq ko‘rinadi.
    A.Qahhor uslubi asarlarining o‘ziga xos tili orqali namoyon bo‘ladi. Yozuvchi ishlatgan so‘zlar, u yaratgan jumlalar tilimizning boyligini aks ettiradi, milliy xususiyatlarimizni kamalak nurlari kabi tovlantiradi.
    Yuqori sinflarda monografik mavzular o‘z qobig‘ida o‘ralib qolmasligi zarur. O‘quvchilar bu mavzulardan badiiy tafakkurning rivojlanishidagi ichki bog‘lanishlarni, uzviylik va uzluksizlikni ko‘ra olishlari darkor. Ma’lum davrlarda u yoki bu badiiy ixtiro boshqa yozuvchilar tomonidan ilg‘ab olinadi va rivojlantiriladi. Bunda adabiy an’analarning yangicha taraqqiy ettirilishi kuzatiladi.
    Yozuvchi yoki shoir ma’lum janrga asos soladi yoki biror janrni rivojlantiradi, yangicha yo‘nalish, oqim ixtiro qiladi yoki ko‘pincha mutlaqo yangi badiiy obrazlarni yoxud yangicha uslubni yaratadi. Tarjimai holda bu masala ham tilga olingani maqsadga muvofiqdir.
    Umuman, tarjimai holni o‘rganish jarayonida yozuvchining ma’naviy olamiga, ijodiy ravnaqiga (mahoratiga) alohida ahamiyat berilsa, ta’lim va tarbiya vazifalari muvaffaqiyatli suratda hal etiladi.
    Yozuvchining tarjimai holi turli xildagi materiallar: muallifning hayotidan, ayniqsa, o‘rganiladigan asari bilan bog‘lab olingan lavha; ijodiy qiyofasi

    12


    sermazmun tavsif etilgan maqola; adibning butun hayot va ijod yo‘li haqidagi keng
    xabar ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin.
    O‘zbek adabiyoti darslarida bunday keng materiallardan to‘liq foydalanish imkoniyati yo‘q, albatta. Bu materiallardan kichik parchalar olish to‘g‘risida fikr yuritish o‘rinli bo‘ladi.
    Badiiy asardan olingan parchalar ham o‘quvchini tarjimai holi o‘rganilayotgan san’atkorning yashab ijod etgan davri bilan tanishtirishda, uning ma’naviy qiyofasini ochib berishda o‘qituvchi uchun ko‘rsatmali qurolning eng ta’sirchan va eng samarali vositasi sifatida xizmat qiladi. Biz ham biografik ma’lumotda adib yaratgan asarlardan parchalar berilishi kerak, degan fikrni ma’qul ko‘ramiz.
    Ta’kidlash joizki, o‘quvchi hajmi kichik asarlardan yoki katta asarlardan olingan parchalardan aksariyat hollarda adibning ovozini, ruhiyatini, holatini anglab oladi. Amalda asarning o‘zi emas, balki, uning sxemasi, tasodifan ajratib olingan unsurlardan iborat qismigina tahlil qilinadi. Badiiy matodagi "g‘ishtchalar", hatto ular to‘g‘ri saralangan taqdirda ham ma’lum bo‘lishicha, badiiy ijod dinamikasining, dunyoning poetik obrazini yaratib beruvchi unsurlarning faoliyat ko‘rsatishini izohlab bera olmaydi". Bizningcha, bu narsa she’riy asarlarda yaqqol kuzatiladi. Nasriy asarlardan esa muallifning ovozini taxmin qilish ancha murakkabdir. Bu vazifani nasriy asarlardagi muallif nutqi bajaradi. SHu bois hikoya yoki roman markazidagi muammo, hayotiy hodisalarga muallif munosabatini asardagi muallif nutqidan anglab olish mumkin. O‘quvchiga ham adabiy turlar va janrlarning o‘ziga xos xususiyatlarini eslatib turish zarur.
    4. Dasturga kirgan asarning yaratilish tarixidan.
    Yozuvchining ijodiy kamolot sari bosib o‘tgan yo‘li, ijodiy faoliyati biografik
    ma’lumotda o‘ziga xos o‘rin tutib, uning shaxsi, ichki dunyosi, ruhiy olami, qarashlari, ma’naviy e’tiqodi tarjimai holning shu qismida o‘z aksini to‘liqroq topadi.
    Tarjimai holda yozuvchining navbatdagi darsda yoki darslardan birida o‘rganilajak dasturiy asarining yaratilish tarixi shu asarning mazmunini

    13


    tushunishga, o‘quvchilarni shunga ruhiy hamda o‘quv-biluv jihatdan tayyorlashga yordam beradi. Bu yordam asarning yozilishiga turtki bo‘lgan narsa, voqea-hodisa bayonidan, tarixiy-adabiy davr sharhidan, yozuvchining asar ustida olib borgan ishlari haqidagi ma’lumotdan, zamondoshlari kitobni qanday kutib olgani to‘g‘risidagi qaydlardan iborat bo‘lishi mumkin. SHuningdek, bu qismda asarga singdirilgan g‘oyaviy fikrlar, asarning keyingi davrlar, kelgusi avlod uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi bayon etilishi mumkin 1.
    Asarning yaratilish tarixi bilan mufassal tanishish, o‘quvchilarni tarixiy sharoitga olib kirish davrdagi ijtimoiy vaziyatni ko‘rsatish, yozuvchi tanlagan pozitsiyaga e’tiborni qaratish imkonini beradi.
    Yozuvchi biografiyasini o‘rganishda adib haqidagi ma’lumotlardan, qiziqarli hayotiy voqealardan foydalanish o‘quvchilarda uning asarlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Masalan, A.Qahhor biografiyasini o‘tishda Kibriyo Qahhorovaning "Chorak asr hamnafas" kitobidan olingan parchalar o‘quvchilarni juda qiziqtiradi. Yoki "Hikmatlar"idagi ayrim mazmunli chiroyli fikrlar yozuvchiga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yana ham oshiradi.
    5. Adibning jamiyatda tutgan mavqei, xizmatlari.
    Adibning el-yurt oldidagi xizmatlari, jamiyatda tutgan mavqei bajargan davlat
    ishlari, jamoat ishlari va boshqalar haqidagi fikrlarda o‘z ifodasini topadi.
    Ayrim tarjimai hollarda san’atkorning ijod yo‘li mehnat faoliyatiga qo‘shib
    bayon etiladi. Hamza Hakimzoda Niyoziyning tarjimai holi shu tarzda (adibning o‘z tilidan) yoritilgan1. Bunda ijodiy faoliyatdan ko‘ra ko‘proq mehnat faoliyati haqida so‘z yuritilgan. Maktab o‘quvchisi adibni harakatda, el-yurt xizmatidagi holatini yaqqol ko‘z oldiga keltiradi.
    Ba’zan adibning ijodi haqidagi ma’lumot so‘ngida uning kimligi aytiladi. Masalan, Komil Yashin to‘g‘risida shunday deyiladi: "K.Yashin Hamza nomidagi Respublika davlat mukofotining sohibi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining


    1 Usmonov R. K. Yuqori sinflarda yozuvchi biografiyasini o‘rganish. T.: O‘qituvchi, 1969. –17 b.
    1 Karimov N., Nazarov B., Normatov U. XX asr o‘zbek adabiyoti. 11-sinf uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 1995, 159- b.
    14

    haqiqiy a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobidir. Unga o‘zbek yozuvchilaridan birinchi bo‘lib "Mehnat Qahramoni" unvoni berilgan"2.
    Bu jihatdan, ayniqsa, zamondosh shoirlar haqidagi ma’lumotlar muhimdir. O‘tkir Hoshimov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov singari zamondosh adiblarning ijtimoiy mavqei har qanday o‘quvchini qiziqtiradi. Masalan, Abdulla Oripovning O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Qahramoni ekanligini bilish ularda maroq va havas uyg‘otadi.
    6. Yozuvchi (shoir) haqida uning zamondoshlari.
    Ijodkor va uning asarlari to‘g‘risidagi fikrlar tarjimai holning yakunlovchi
    muhim bir qismi sanalib, bular ham adibning jamiyatda va adabiyotda (jahon adabiyotida) tutgan mavqeini ko‘rsatish shakllaridan biri hisoblanadi. Bunda yozuvchi (shoir)ning faoliyat davrlari, yaratgan asari haqida tanqidiy maqolalardan ko‘chirmalar berish, zamondoshlarining xotiralaridan lavhalar keltirish, adibning buyukligini, o‘ziga xosligini, uslubini, asarlarining jahon adabiyotida tutgan o‘rni, estetik qimmatiga baho beriladi. Masalan A.Qodiriy jahon romanchiligida oltinchi o‘rinda turishini aytish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Yozuvchining buyukligini, adabiyot sohasidagi xizmatlari, jamiyatda tutgan mavqei, milliy ma’naviyatga qo‘shgan hissasi, chinakam so‘z ustasi ekanligini o‘quvchilarga yetkazish zamirida bir tomondan, ma’rifiy maqsadlar yotsa, ikkinchi tomondan, o‘rganiladigan asarga ijobiy munosabatni shakllantirish yotadi. So‘z ustasining ijtimoiy mavqei, badiiy mahorati haqida chiqariladigan xulosa uchun uning o‘zi to‘g‘risida aytganlari bilan bir qatorda boshqa atoqli kishilarning fikrlari muhim rolg’ o‘ynaydi. Bu kabi vositalar san’atkorning, adibning boshqalarga o‘xshamaydigan qiyofasi va uslubi haqida o‘quvchida yaqqol tasavvur uyg‘otish uchun xizmat qilishi kerak. Zero, A.Oripovning O‘zbekistonni sevishi H.Olimjonning sevishiga o‘xshamaydi; Usmon Nosirning yurt tabiatiga maftunligi Cho‘lpon lirikasidagi tabiat tasvirlaridan tamoman farq qiladi. Har bir ijodkorning olam go‘zalliklarini ko‘rishi, his qilishi, tasvirlashi o‘ziga xos. Masalan, A.Qahhor hayoti va ijodi haqidagi monografik mavzuni yuqori sinfda yoritishda adib

    2 Kattabekov A. Raxmonov V. O‘zbek adabiyoti. 8-sinf uchun darslik-majmua. T.: O‘qituvchi, 1993. 270 b.
    15

    shaxsiga oid halollik, rostgo‘ylik, illatlarga murosasizlik kabi xususiyatlarning ijodida aks etish darajasini o‘rganish qiziqarli, albatta. Bu o‘rinda "O‘tmishdan ertaklar" qissasining rus tilida nashr etilishi munosabati bilan tarjimonlik qilgan K.Simonovning "Drujba narodov" jurnalining 1968 yil 10-sonidagi so‘z boshisidan ko‘chirma keltirish mumkin: "Men Abdulla Qahhor bilan Toshkentda yonma-yon turib ishlagan chog‘larimni eslab, uning asarlarini rus tiliga ag‘darganimdan, undan saboq olganimdan o‘zimni behad baxtiyor hisoblayman. Bundan tashqari, o‘sha yillar shunisi bilan esda qoladiki, men shu bahonada Abdulla Qahhordek oqilu dono, hozirjavob, bir so‘zli, hatto tili hiyla achchiq, ayni zamonda bag‘ri keng, odamshavanda inson bilan do‘stlashdim..."
    Adibning umr yo‘ldoshi Kibriyo Qahhorova u haqda: "Biror yozuvchi yoki shoir o‘zbek tilining nazokatini buzsa, ming yaqin, jonajon do‘sti bo‘lsa ham uni ayab o‘tirmasdilar. Abdulla Qahhor faqat o‘zigagina emas, hatto tengqurlari, qalamkash do‘stlariga nisbatan ham talabchan edilar. Eng avvalo, o‘zlari yozadigan har bir so‘zni fikr tarozusida obdon o‘lchardilar", – deb yozgan edi .
    Aynan shu fazilatlari adibning ijodiy faoliyatida, yaratgan asarlari ruhida harakat qiladi. Abdulla Qahhor asarlarida nashtarlik vazifasini kulgu o‘taydi. Yozuvchi o‘quvchini shunchaki kuldirish uchun yozmaydi, balki tasvirlayotgan hodisaga munosabatini ifoda etishda kulguning xilma-xil turlaridan foydalanadi. Masalan, "O‘tmishdan ertaklar"ning "Teshik tosh" bobini eslatish mumkin. Babar degan qashshoq, mushtipar odamning achchiq taqdirini, alamli hayotini tasvirlashda, kitobxonga uning fojiasini his qildirishda yozuvchi achchiq kulgudan asosiy vosita sifatida foydalanadi. Kulgu voqelikni har tomonlama badiiy tahlil qilishga va baholashga imkon beruvchi, o‘quvchi tuyg‘ulariga ta’sir qilish bilan muayyan kayfiyat va munosabat hosil etishga yordam beruvchi estetik kategoriyaga aylanganligini "Mayiz yemagan xotin", "To‘yda aza" hikoyalari, "Shohi so‘zana", "So‘nggi nusxalar" singari asarlari orqali kuzatish mumkin. Bu asarlar kitobxon qalbida yomonlikka nisbatan nafrat uyg‘otishi aniq.
    Alohida e’tibor berish lozimki, muayyan adib haqida turli mashhur kishilar aytgan fikrlar o‘quvchi ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Mashhur kishilar, taniqli

    16


    shaxslar, ayniqsa, yirik olimlar va yozuvchilar o‘quvchi yoshlar uchun hamma vaqt namuna maktabi bo‘lib kelgan. Bunda ayniqsa o‘quvchilar uchun o‘z millatdoshlarining fikrlari kuchli ta’sir ko‘rsatadi. SHu nuqtai nazardan A.Qahhor haqida mashhur adabiyotshunos O.SHarafiddinov yoki M.Qo‘shchanov bilan yonma-yon taniqli adib Leonid Lenchning, Konstantin Simonovning fikrlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi. Bu o‘quvchilar uchun tasdiqlovchi omil vazifasini o‘taydi.
    Bundan tashqari, muayyan san’atkorga daxldor turli ilmiy va badiiy asarlardan qaydlar tarjimai holni yana ham boyitadi.
    Ijodkor faoliyatining davrlari haqida, u yaratgan asarlar to‘g‘risida beriladigan ma’lumotda xilma-xil manbalardan ko‘chirmalar keltiriladi, ayrim parchalar aks ettiriladi, zamondoshlari xotiralaridan lavhalar, adabiy tanqidchilar fikrlaridan misollar beriladi, adibning buyukligi, o‘ziga xosligi, asarlarining jahon adabiyotida tutgan o‘rni, estetik qimmati yoritiladi.
    A.Qodiriy bir asrlik milliy adabiyotimiz rivojida ulkan burilish yasagan, yangi bosqichni boshlab bergan, nodir asarlar yaratgan adibdir. U "O‘tgan kunlar", "Mehrobdan chayon" asarlari bilan o‘zbek romanchiligiga asos soldi. Bu romanlar zamonaviy jahon adabiyotining nodir namunalari qatorida turadi. Uning qalamiga mansub hikoyalar, hajviy, publitsistik, adabiy-tanqidiy maqolalar, badiiy tarjimalar XX asr o‘zbek adabiyoti xazinasidan munosib o‘rin olgan.
    Yuqorida biz adibning tarjimai holini tashkil etuvchi unsurlarning mazmuni qanday bo‘lishi kerakligi masalasiga ayrim-ayrim to‘xtaldik. Lekin bundan o‘sha qismlarning joylashish tartibi hamma vaqt tasnifdagiday bo‘lishi zarur degan ma’no kelib chiqmasligi darkor. Biz tarjimai holning ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘rganish asosan ma’rifiy, qisman o‘quvchilarning adabiy tayyorgarligi bilan bog‘liq ravishda ta’limiy-estetik ahamiyatga molik jihatlariga urg‘u berib o‘tdik. Aslida, metodik adabiyotlarda tavsiya etilishicha, bu qismlar ayrim-ayrim emas, balki qo‘shib o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir.
    Adibning hayoti va ijodiy faoliyatini darsliklarda beriladigan tarjimai hollar yordamida o‘rganish ta’lim jarayonini to‘liq qamrab olmaslikdan iborat bir yoqlamalilikka sabab bo‘ladi. Ayrim ma’lumotlarni eshitish mashqlari sifatida

    17


    taqdim etish, ba’zilarini seminarda ma’ruza sifatida o‘quvchilarga yetkazish (yozuvchi yoki shoirning tavallud kuni munosabati bilan tashkil etiladigan adabiy kechalar dasturiga kiritiladi, devoriy gazetalarda beriladi), kinoko‘rsatuv, diafilg’m, videofilg’m va boshqa materiallardan foydalanish yo‘li bilan o‘rganish mumkin. Bular biografik ma’lumotlar mazmunini kengaytiradi.
    Adibning o‘zi haqidagi hikoyasida ko‘proq tarixiy davr, tarixiy voqealar bilan bog‘lab o‘z mehnat faoliyati yoritiladi. Ijodiy faoliyati, badiiy mahorati haqida esa juda kam so‘z yuritiladi. Bunday so‘z yuritilgan o‘rinlar ba’zan hisobotga o‘xshab ketadi.
    Ba’zan yozuvchi o‘z uslubining farqli xususiyatlarini aytib o‘tadi. Masalan, Sharof Boshbekov shunday deydi: ’’Har bir yozuvchining qandaydir o‘zigagina xos jihati bo‘ladi. Kimdir syujet topishga usta, kimdir noyob xarakterlar yaratishga mohir, boshqalari asar voqealarini zargarona terishda tengi yo‘q. Mening eng yaxshi ko‘rgan qurolim – yumor. Asar qanday janrda yozilmasin, voqealar qanchalik jiddiy, qahramonlarimning taqdiri qay darajada fojiali bo‘lmasin, yumor, hazil-mutoyiba, askiya unsurlari, so‘z o‘yinlaridan unumliroq foydalanishga harakat qilaman... ”2.
    Nihoyat, aytish joizki, biografik ocherkning tili nisbatan sodda bo‘lishi kerak. Hajm masalasi. Tarjimai hol sermazmun bo‘lishi bilan bir qatorda hajm
    jihatdan katta bo‘lib ketmasligi, o‘quvchilarning imkoniyat doirasidan chetga chiqmasligi, ularni zo‘riqtirishga olib kelmasligi, o‘ta zarur ma’lumotlar bilan qurollantirishni ko‘zda tutmog‘i lozim.
    Adib hayoti va ijodining ilmiy bayoni: a) muayyan adibning yozuvchi va mutafakkir sifatidagi mavqei; b) yashagan davrida tutgan o‘rni; v) ijodkor uslubi va uning shakllanishi; g) adibning milliy-ijtimoiy tafakkuri va adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi; d) uning umumjahon badiiyati va tafakkuri rivojiga munosabati; e) milliy g‘oya va milliy qadriyatlar tarkibidagi o‘rni singari masalalardan tashkil topsa, o‘quvchi e’tiborini jalb etishga yordam beradi.

    2 Kattabekov A. Raxmonov V. O‘zbek adabiyoti. 8-sinf uchun darslik-majmua. T.: O‘qituvchi, 1993. – 195 b.

    18


    Yoshlarning komil inson sifatida shakllanishida milliy an’analar, qadriyatlar, ma’naviy boyliklar, davr ijtimoiy hayotining roli beqiyosdir. Bunday ma’lumotlar tarjimai hollar mazmunini to‘g‘ri belgilash orqaligina mukammal bo‘la oladi. SHu bois tarjimai hollar mazmuni qanday bo‘lishidan qat’i nazar birinchi navbatda adibning o‘zi haqidagi hikoyasi bilan ijodi to‘g‘risidagi maqola qo‘shilgan holda berilishi lozim.
    Xullas, yozuvchining tarjimai holini va ijodiy faoliyatini o‘rganish, bir tomondan, ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘quvchilarga davr ruhini chuqurroq anglatish, ijtimoiy munosabatlarni ular qalbiga yetkazish, ularni milliy istiqlol mafkurasi, milliy ma’naviyatga cheksiz hurmat ruhida tarbiyalash, adibning adabiyot ravnaqida va jamiyatda tutgan mavqeini, uning novatorligini ko‘rsatish orqali adabiy jarayonning rivojlanish bosqichlarini chuqurroq anglatish, yozuvchi shaxsining kamol topishi, ruhiy olami misolida yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etish, eng muhimi, o‘rganilajak asarning yaratilishiga turtki bo‘lgan voqea-
    hodisalar bilan tanishtirish, shu orqali parcha mazmunini to‘liq tushuntirish, imkon yaratish uchun xizmat qiladi; asarni o‘qish uchun havas uyg‘otadi.


    Download 1.62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 1.62 Mb.