Toshkent-2018 mundarija bmi ning




Download 1.62 Mb.
bet7/24
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#73647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
alisher Navoiy zamonaviy metod.docx 2
Ma\'lumotlar tuzilmasi va algoritmi (3-labaratoriya), Билдирги Иш хақи
«Bobur dilbar shaxs. Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo‘lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi ko‘rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarrog‘ bo‘lib, ko‘p yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan».
Javoharlal Neru
«Bobur Mirzo so‘z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan
adib edi. Buni o‘zi ham sezardi. SHuning uchun umrining oxirida o‘g‘li Humoyunga «Boburnoma»ni tugallab taqdim etganda unga bir ruboiy ilova qiladi:
Bu olam aro ajab alamlar ko‘rdum, Olam elidin turfa sitamlar ko‘rdum, Har kim bu vaqoyi’ni o‘qir, bilgaykim,
Ne ranju ne mashaqqatu ne g‘amlar ko‘rdum.
«Vaqoyi’» - «Boburnoma»ning dastlabki nomi edi. Bobur o‘z zamonasida
boshdan kechirgan barcha ko‘rguliklarni haqqoniy tasvirlashga intilganining

7 Qarang: Karimov Ғ. Muqimiy. hayoti va ijodi. – Toshkent, G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti,
1969, 220- 244-betlar.

25


sababi bu ruboiyda aniq ko‘rsatiladi. Uning eng zo‘r istagi «Vaqoyi’»ni o‘qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolarni takrorlamasinlar.
«Boburnoma» ham «Temur tuzuklari» kabi avlodlarga ulkan hayotiy tajriba, sabog‘ va qisman vasiyat tarzida yozilgan edi.
Adibning Hindistonda tartib bergan so‘nggi devonida uning dastxati saqlanib qolgan. Bu dastxat bilan ikki satr she’r yozilgan:
Har vaqtki ko‘rgaysen mening so‘zumni,
So‘zumni o‘qub sog‘ingaysen o‘zumni.
Ushbu satrlar bitilgan sahifa chetiga Bobur Mirzoning chevarasi SHohijahon tomonidan quyidagi sharh bitilgan:
«Ushbu turkiy bayt jannatmakon hazrat Bobur podshohning o‘z qo‘llari bilan bitilgan dastxatdir. SHohijahon binni Jahongir binni Akbar binni Humoyun binni Bobur podshoh»8.
Yirik adiblarimiznig hayoti va ijodini o‘rganishda xronologik jadvallardan foydalanish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu ko‘plab fakt va hodisalar haqida qisqa muddatda ma’lumot berish imkonini yaratadi.
Yozuvchining tarjimai holini o‘rganishda uning o‘z fikrlaridan foydalanish ham keng tarqalgan usullar turkumiga kiradi. Ammo bunda ham me’yor bo‘lishi shart. Chunki, ayrim hollarda yozuvchining o‘z so‘zlarida ham zamonaning, uni qurshab turgan muhitning, bularning yonida esa biz tasavvur qila oladigan va qila olmaydigan ko‘plab ob’ektiv va sub’ektiv omillarning kuchi ham bo‘lishi mumkin.
«Misol uchun Cho‘lponning 1933 yilda yozuvchi V.Yanga aytgan gaplarini olaylik. Shoir otasining «musulmonchilikka haddan ziyod berilgani»yu o‘g‘lini mudarris qilishga ahd qilganini aytarkan: «Ammo mudarrislik qilish o‘rniga men milliy o‘zbek yozuvchisi bo‘lishga ahd qildim, otamdan ham, mullalardan ham qochib Toshkentga bordim va u yerda she’rlar, hikoyalar yozib, jurnallarga yubordim». Cho‘lponning, o‘zi aytmoqchi, «Toshkentga qochib borishi» 1913-14


8 (Pirimqul Qodirov. «Davron meni o‘tkardi saru somondin…..». Bobur Mirzoning so‘z sanhati.- //
O‘zbekiston Adabiyoti va sanhati, 2002 yil, 18 yanvarg’)

26


– yillarga to‘g‘ri keladi, Chunki uning ijodiy faoliyati ayni shu davrda boshlangan. Endi faktlarga murojaat qilaylik: «Sadoyi Farg‘ona» gazetasinigng ilk sonlaridan birida, aniqrog‘i, 1914 yil 4-sonida, gazetaning Andijondagi «Obuna va e’lon qabul qiladigan vakili» Sulaymonqul Yunus o‘g‘li ekanligi qayd qilingan. Keyinroq, 6-sonida otaning yonida «Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Yunusov» qo‘shiladi. Demak, 1914 yil aprelida Cho‘lpon otasi bilan birga «Sadoyi Farg‘onaning Andijondagi vakili bo‘lib turgan. Ayni shu aprelg’ oyida Toshkentda
chop etilgan «Sadoyi Turkiston» gazetasida uning «Turkistonli qardoshlarimizga»
she’ri va «Qurboni jaholat» hikoyasi e’lon qilingan. Keyin ham CHo‘lpon har ikki
gazetada hikoya, maqola, she’rlar e’lon qilib turgan. Bundan ko‘rinadiki, Cho‘lponning qarshisida yozuvchi bo‘lish uchun otasidan qochib Toshkentga borish zarurati bo‘lmagan. Xo‘sh, unda nega Cho‘lpon yana yuqoridagicha ma’lumot beradi? Gap shundaki, 1933 yilga kelib Cho‘lpon boshida anchagina tahlikali vog‘ealar o‘tgan, nomi hamon qora ro‘yxatlar boshida turgan edi. Tabiiyki, 30-yillar sharoitida shoirning ijtimoiy kelib chiqishiyoq uni «yot unsur sanashga yetarli asos bo‘lishi mumkin edi. Ayni shu xil vaziyatda Cho‘lpon o‘ziga zamonabop «biografiya» yaratishga intilgan bo‘lsa hech ajablanarli emas»9. D.Quronov muayyan adiblar haqidagi xotiralarga ham ana shunday
ehtiyotkoranalik bilan yondoshish zarurati borligini uqtiradi10.
Bularning barchasi yirik metodist olim S. Dolimovning «yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish uning dunyoqarashini aniqlashga yordam beradi. Bu esa unga to‘g‘ri baho berish uchun zamin hozirlaydi»11, - degan mulohazalarining nechog‘lik to‘g‘ri ekanligni ko‘rsatib turadi.
Darhaqiqat, yozuvchi tarjimai xolini o‘rganishda o‘quvchilarni uning o‘zi yashab ijod etgan davrdagi ijtimoiy jamiyat va tarixiy muxitga munosabati bilan tanirtirish- ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Alisher Navoiyning Xusayn Boyqaro saltanatida, A.S.pushkin va L.N. Tolstoylarning Rossiya kiborlari jamiyatida, Mahmudho‘ja Behbudiy, Abdulla

9 Quronov D. «Adabiyot nadir» yoki CHo‘lponnin mangu savoli. Adabiy-tanqidiy maqolalar.- T.: «Zarqalam»,
2006,44-45-betlar.
10 O‘sha kitob, 46-bet.
11 Dolimov S., Ubaydullaev H., Ahmedov Q. Adabiyot o‘qitish metodikasi, - T.: O‘qituvchi, 1967, 239-bet.
27

Avloniylarning asrimiz boshlaridagi milliy uyg‘onish harakatida tutgan mavqelari sharhlangandagina ularning ijodi chuqur o‘zlashtirilishi mumkin.


"Yozuvchini, deb qayd etgan edi A. Qodiriy, - garchi shaxsan tanilmasa ham asarlarini o‘qib qanday tabiatli shaxs ekanini goyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u asarlarida uz tabiatini, ruxini tasvirlaydi"12.
Yozuvchi shahsiyati, dunyoqarashi, xayotga bo‘lgan munosabati esa uning ijodiy o‘ziga xosligi aks etadi. U yoki bu yozuvchi asarlari xususida suz yuritilar ekan, mualliffning ijodiy o‘ziga xoslgiga tayaniladi. Negaki, bir qalamkashga mansub asarlar o‘zaro shakl va mazmun jihatidan farklansa-da, ularni mualliffning ijodiy o‘ziga xosligi birlashtirib turadi. Ijodiy o‘ziga xoslikni bir yozuvchining turli asarlarini o‘zaro taqqoslash orqali ham, boshqa yozuvchining asarlariga qiyoslash orqali ham aniqlash mumkin. Masalan, Usmon Nosirning ijodiy yo‘li tahlil markaziga qo‘yilganda, uning o‘ziga xosligini "Yur, tog‘larga chiqaylik", '"Yo‘lchi", "Yurak", she’rlarini o‘zaro chog‘ishtirish yoki Hamzaning "Yig‘la Turkiston!", H.Olimjonning "Xolbuki tun", G‘afur G‘ulomning "Sen yetim emassan!" she’rlariga taqqoslash yordamida tushuntirsa bo‘ladi.
Hassos shoir, yetuk dramaturg, taniqli olim, mohir tarjimon Maqsud Shayxzoda tarjimai holi ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Uning asarlari "O‘qish kitobi" (4-sinf) darsligida berilgan "Toshkentnoma" (parcha) dostonidan boshlab, umumta’lim maktablarida turli miqyosda o‘rganiladi. Jumladan, shoir ruboyilariga 7-sinfda 1soat ajratilgan bulsa, "Mirzo Ulugbek" fojeasiga 8-sinfda 3 soat rejalashtirilgan.
Ko‘rinadiki, o‘quvchilar tayanch maktabi doirasida M.SHayxzoda ijodi bo‘yicha yuzaki ma’lumot oladilar, buning uchun ham adabiyot o‘qituvchisining zimmasida kirish mashg‘ulotlarida M.SHayxzodani shoir, olim, dramaturg va tarjimon sifatida kashf etishdek ma’suliyatli vazifa turadi.
Shoir hayoti va ijodi tahlilida uning boshiga tushgan taqdir o‘yinlarini eslatish foydadan xoli bo‘lmaydi. Binobarin, 1928 yilda tug‘ilib o‘sgan ona yurti -

12 Abdulla Qodiriy zamondoshlari xotirasida. - Toshkent: Ғofur Ғulom nomidagi
Adabiyot va sanhat nashriyoti, 1986. 140-bet.

28


Ozarboyjonning Ganja viloyatidan o‘sha davr siyosatiga shakkoklikda ayblanib Toshkentga badarg‘a qilinishi, urushdan sung 1952 yilda xalk dushmani degan dahshatli ayblov bilan qamalishi, lekin shunga qaramay, "Mirzo Ulug‘ek", "Toshkentnoma"dek vatanga cheksiz mehr-muhabbat bilan yo‘g‘rilgan yuksak badiiy asarlar yaratib, ijodiy jasorat ko‘rsatganini tushuntirish orqali yozuvchi shaxsiyati to‘g‘risida qizg‘in fikr uyg‘otish mumkin. Bu esa, M. SHayxzoda ijodiy laboratoriyasi bilan chuqur tanishib, asarlari mag‘zini chaqish, qahramonlari bilan tanishish uchun kalit vazifasini o‘taydi.
O‘zbek adabiyotining nurli siymolaridan bo‘lgan Maqsud SHayxzodaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan suhbat-hikoya "Toshkentnoma" dostonidan olingan quyidagi misralarni ifodali o‘qish bilan boshlangani ma’qul:
Umrim bino bo‘ldi Ozarbayjonda,
Kechdi bolaligim u gul makonda.
Nizomiy vatani, Ganja o‘lkasi
O‘pkamga to‘ldirdi she’r xavosini,
Lekin shoirlikning nozik tolei
Kuldi Sirdaryoning xavzalarida...
Hazrat Navoiyning o‘pib qo‘lini
O‘zbek vodiysida otimni surdim.
Shu parchaning o‘ziyoq qator savollarni tug‘diradi. She’riy parchada kim
haqida so‘z yuritilgan? Shoir "Umrim bino bo‘ldi Ozarbayjonda" deganida nimani nazarda tutadi? Ozarbayjonda tug‘ilgan bo‘lsa, Toshkentga qanday kelib qoldi va hakazo. Bu savollarga javob berish uning o‘ziga xos hayot va ijod yo‘lini chuqurroq anglashga yo‘l ochadi.
Adabiy ta’limdan ko‘zlangan maqsad – Barkamol shaxs tarbiyasini amalga oshirishda mashg‘ulotlarni mavzuga oid kundalik, maktub va esdaliklardan foydalangan holda tashkil etish ijobiy samarasini beradi. Jumladan, 7-sinf adabiyot darslarida Abdulla Qahhor hayoti va ijodini xatlarga bog‘lab o‘rganish yozuvchiga xos sinchkovlik, g‘amxo‘rlik va talabchanlik jihatlarini yuzaga chiqaradi. Ilk mashqi bosilib chiqqan talaba O‘tkir Hoshimovga yo‘llagan maktubi misolida

29


yozuvchining kamol topayotgan iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashi, ularga
xayrixohligi namunasini sezish mumkin. Masalan:
“Cho‘l havosi”ni o‘qib, – deb yozadi Abdulla Qahhor, – suyunib ketdim. Birdan lov etib, alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq bo‘ladi. Qissa sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladi. Qissaning xat shaklida bo‘lishi ko‘p o‘rinlarda sizni cheklab qo‘ygan. Asar bosh qahramon tilidan hikoya qilinganida ham shunday bo‘lardi. Kelgusida buni hisobga oling. SHu alanga hech qachon pasaymasin. Ijodingiz hech qachon tutamasin. Salom bilan, Abdulla Qahhor” .
O‘zbek adabiyoti bo‘stonida shaxsiy hayoti va ma’naviy fazilatlari bilan bugungi kun o‘quvchisiga o‘rnak bo‘la oladigan adiblar ko‘pchilikni tashkil etadi. Jumladan, taniqli hikoyanavis, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad shunday
ijodkorlardan biridir. Kitobxonlarga yozuvchi ayni navqiron yigitlik chog‘ida
ko‘plab o‘zbek ziyolilari qatori nohaq qatag‘onga uchrab, umrining besh yilini Qozog‘istonning Jezqozg‘on konlarida o‘tkazgani sir emas. Surgundalik yillari uning irodasi metinday toblandi, haqiqat hech qachon yengilmasligiga ishonchi ortdi. El-yurt manfaati, istiqloli uchun butun umri, kuch-g‘ayrati, qalb qo‘rini baxshida etgan insonlar nomi abadiyatga daxldordir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Adabiyot fani o‘quv dasturida Said Ahmad umrbayoni va ijodi bilan tanishishga 6-, 8-sinflarda 2 soatdan vaqt ajratilgan. Yozuvchi tarjimai holi u mahbusligida rafiqasi Saida Zunnunovaga yozgan maktublar bilan uzviylikda o‘rganilsa, shaxsiyatining muhim qirralari, sho‘rolar davridagi muhitning biqiqligi, adibning atrofidagi insonlar bilan munosabatlari haqida mustaqil fikr-mulohaza yuritishga zamin yaratiladi. Buning uchun esa maktublarga bag‘ishlangan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Kutilgan natijalarga erishishida dastlab loyiha tayyorlanishi, ta’lim maqsadlari puxta rejalashtirilishi, metod va usullar to‘g‘ri tanlanishi hamda o‘rganilayotgan mavzu mazmun-mohiyatini ochishga qaratilgan topshiriqlar tizimi ishlab chiqilishi zarur.
Mustaqil izlanishlarni tashkil etishda vazifalar qanchalik aniq bo‘lsa, o‘quvchilar faoliyati shunchalik yengil kechadi. Mashg‘ulotga qadar o‘quvchilarga

30


xatlarning mavzusi, tuzilishi, g‘oyasini o‘rganish; badiiy tasvir vositalarini topish; taassurotlarini bayon qilish; o‘tgan asr va mustaqillik davri adiblari ijodining farqli jihatlarini belgilash vazifalari topshiriladi.
Manbalarni topishda esa axborot-kutubxona fondidan foydalanishga doir tavsiyalar berilib, adabiyotlar ro‘yxati ilova qilinadi. Vaqti-vaqti bilan topshiriqlar ijrosi yakka yoki jamoa tarzida savol-javob, suhbat usullarida nazorat qilib turiladi.
Mashg‘ulot maqsadi murakkab insoniy his-tuyg‘ular yuzasidan mushohada yuritish va muayyan xulosalar chiqarishni taqozo etadi. Shu bois o‘quvchilardan muallif ichki kechinmalari aks etgan jumlalarga ijodiy yondoshishlari talab etiladi. Binobarin, yozuvchi xarakter xususiyatlari, tafakkur doirasi nafaqat asarlarida, balki maktublardagi har bir so‘zda o‘zining teran ifodasini topgan.
Yurakdan qog‘ozlarga ko‘chgan haroratli satrlar o‘quvchilarning hayotga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirishi, qahramonning sermashaqqat, ammo havas qilishga arzigulik umr sahifalari esa ibrat bo‘lishi, shubhasiz.
Botiniy ehtiyojlari mahsuli bo‘lgan yozishmalarda bu juftlikning bir-biriga samimiy muhabbatlari, maqsadi yo‘lidagi kurashlari va e’tiqod qo‘ygan jamiyat adolatsizligidan norozilik ohanglari sezilib turadi.
Adib po‘rtana misol tug‘yon urayotgan hislarini g‘oyatda nuktadonlik bilan tasvirlab, “chinakam do‘sti”ni yorug‘ kunlar kelishiga ishontiradi:
“... Yozgan xatingizda “hasratimni yozay desam, qalamga o‘t tushib qog‘oz kuyib ketdi”, debsiz.
O‘sha kuygan qalam bilan qog‘ozning yolqini mening ham qalbimda alanga olib ketdi. Qalamni kuydirmang. Hijron o‘tida toblansin, chiniqsin. Qalam qancha qora bo‘lsa oppoq qog‘oz betida jonli manzaralarni yanada jonliroq yaratadi. Mana shu qog‘ozlarda tasvir etganimiz manzaralardan poyondoz qilib kelajakka bormog‘imiz kerak. Ha, birga bormog‘imiz kerak. Ruhan tusha ko‘rmang. Kitob bilan qalam ulfatingiz bo‘lsin.
Men xuddi shunday qilyapman ...” .
Da’vatlariga javoban Saida Zunnunova Said Ahmad kutganidan-da
qat’iyatli bo‘ldi va hech qachon nomard kimsalar oldida bosh egmadi.

31


Xo‘rliklar, ta’qiblar, “xalq dushmani”dan voz kechish kerakligi haqidagi da’volarga chidab, bardosh va sadoqatdan o‘zbek ayoliga haykal qo‘ya oldi.
Muallif o‘zligini yuzaga chiqarishi barobarida maktublar begona tuproqda yurt sog‘inchidan o‘rtangan inson qiyofasini yaqqol gavdalantiradi:
“... Radio Toshkentdan eshittiryapti. Tanish ovozlar, kontsert va nihoyat torda “Cho‘li Iroq”.
Butun vujudim bilan torning titroq sadolariga berilib ketdim, balki
ko‘zimdan yosh ham chiqqandir, sezmadim ...” .
Kun kelib orzular amalga oshdi. Adib oqlandi va ozodlikka chiqdi. Vatani va xalqi oldida yuzi yorug‘ bo‘ldi. Bunga esa osonlikcha erishilgani yo‘q, albatta ...
Demak, xatlar bu juftlik ma’naviyati ko‘zgusi, armonlari ro‘yobi hamda
haqiqat tantanasiga ilinj manbai bo‘lganligini qayd etish mumkin.
Tahlildan kutilgan natijalarga erishishda savol-javoblar o‘tkazish o‘quvchilarda ijodkor shaxsiyatidagi evrilishlar yuzasidan paydo bo‘lgan fikr- mulohazalar bilan o‘rtoqlashish imkonini beradi.
1. Oilasi boshiga tushgan baxtsizliklarda adibning faqat o‘zini aybdor sanashini to‘g‘ri deb hisoblaysizmi?
2. Bayram arafasidagi “Qutlov” maktubida “... Kechardim ertangi qolgan umrimdan, Kechardim jonimdan, bo‘lib minnatdor” satrlari ma’nosini izohlang.
3. Shoirning “Ajabmas, bir kun kelib Baxt qo‘nsa peshonamga” misralarini qanday tuyg‘ular mahsuli deb bildingiz?
4. Xatlardan biridagi ”Cho‘g‘ni qog‘ozga o‘rab bo‘ladimi?” jumlasining ma’nosini izohlang.
5. Ayol kishiga yolvorishni ojizlik va tubanlik deb bilishidan ijodkor tabiatidagi qaysi jihatlarni ilg‘adingiz?
6. Olis o‘lka iqlimi, odamlari kayfiyati ham yozuvchi nazaridan chetda qolmaganligi nimadan dalolat beradi?
7. Nima sababdan Toshkent shahrida o‘rnatilgan monumentda adib bilan umr yo‘ldoshi yonma-yon ishlangan?

32


Demak, mustaqil va sog‘lom tafakkurli, o‘z maslagida sobit shaxs tarbiyasida epistolyar janr namunalarini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Tahlil muammosini belgilash va o‘quvchilarni o‘rganilayotgan asarga qiziqtirish kirish mashg‘ulotlarining asosiy maqsadidir.
O‘qituvchilarga yordam tariqasida shuni aytish mumkinki, hozirgacha alohida adiblarning o‘rganishga oid bir qator qo‘llanmalar nashr etilgan. Ularning ayrim namunalarini eslatib o‘tish mumkin:
1. Jo‘rayev K. Maktabda Oybekning hayoti va ijodini o‘rganish.- T.: O‘qituvchi,
1974.
2. Ismatov S. Maktabda Abdulla Qahhorning hayoti va ijodini o‘rganish. T.:
O‘qituvchi, 1978.
3. Ishoqov F. Maktabda Gulxaniy adabiy merosining o‘rganilishi. – T.:
O‘qituvchi, 1983.
4. Maktabda Ogahiy ijodini o‘rganish. Mualliflar Q.Sultonova, N.Madaminova. –
T.: 2003.
5. Pirnazarov M. Maktabda Uyg‘unning hayoti va ijodini o‘rganish.- T.:
O‘qituvchi, 1972.
6. Mirqosimova M. Otamurotova R. Ta’lim bosqichlarida Abdulla Oripov hayoti
va ijodini o‘rganish. Jizzax, 2012.
7. To‘xliyev B. Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish. Toshkent, 2012.
8. To‘xliev B. Bobur hayoti va ijodini o‘rganish. Toshkent, 2013.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilar yozuvchi tarjimai holini o‘rganish orqali
adib ijodiga turtki bo‘lgan voqea-hodisalarni, ularning adib asarida qanday aks etgani, asarlarining yaratilish tarixi, ularning zamonloshlari tomonidan qanday kutib olingani va keyingi davrlar uchun qanday ahamiyatli ekanini tushunib oladilar.

33



Download 1.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Download 1.62 Mb.