Toshkent-2018 mundarija bmi ning




Download 1.62 Mb.
bet9/24
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#73647
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
alisher Navoiy zamonaviy metod.docx 2
Ma\'lumotlar tuzilmasi va algoritmi (3-labaratoriya), Билдирги Иш хақи
2.2. Adib hayoti va ijodini o‘rganishda axborot texnologiyalardan foydalanish usullari.

Bizning asrimiz fan va texnika taraqqiyoti yutuqlari juda ko‘p bo‘lishni dastlabki o‘sish-o‘zgarishlardayoq namoyon qildi. Bugungi taraqqiyotdan fanlarni o‘qitishda ham siljishlar bo‘layotganini sezish mumkin. Shuningdek, adabiyot o‘qitish ishida, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarida ham yangiliklarni ilg‘ashimiz, ularni o‘z ishlarimizda ko‘rsata olishimiz kerak.


Zamonaviy adabiyot darslarida o‘qituvchi o‘z talabalarining mavzuni yaxshi o‘zlashtirishlari uchun yangi-yangi uslublardan, texnika vositalariyu ko‘rgazmali qurollarning eng zamonaviy ko‘rinishlaridan foydalanadi. O‘quvchilarning tafakkur doiralarini kengaytirish, xotiralarini mustahkamlash, yangi bilimni zamonaviy usullar bilan tez o‘zlashtirishlari uchun barcha o‘zida bor bo‘lgan faoliyat qirralarini ishga soladi.
O‘qituvchi pedagogik amaliyotchi, ilmiy tadqiqotchi, ijtimoiy tashkilotchi, badiiy vositachi, badiiy ijrochi, badiiy ijodkorlik sifatlariga ega bo‘lsagina haqiqiy adabiyot darsini bera oladi. Bu faoliyat qirralari har biri matematika, fizika yoki biologiya o‘qituvchisi uchun shart emas. Ammo adabiyot muaalimi esa o‘quvchilarning ko‘ngli bilan, his-tuyg‘ulari bilan ish ko‘radi. O‘qituvchisida insoniy xulq-atvorni shakllantirishga ko‘maklashadi. Shuning uchun ham uning o‘zi eng oliy shaxsiy sifatlar egasi bo‘lmog‘i, o‘quvchisining komil inson bo‘lib
yetishmog‘i uchun badiiy asarlar va o‘z iqtidori va xulqini birgalikda ishga solmog‘i lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganiday, "O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin deb talab qilamiz. Ammo
zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak".1


1 I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1X sessiyasida so‘zlagan nutqidan, 1997 yil 29
avgust. Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent " SHarq", 1997 yil, 5-bet.

41


Bunday darajaga ko‘tarilish uchun o‘qituvchi nihoyatda katta mehnat qilishi kerak, shundagina u o‘qitishni hayot va zamon nafasi bilan uyg‘unlashtiradi, adabiyotning ta’sir kuchini-tarbiyaviy imkoniyatini ishga sola biladi, shu asosda o‘qituvchilarning o‘zini anglashiga rag‘bat uyg‘ota oladi.
Sir emaski, hozirgacha maktablarimizda bilimlarni tayyor qoliplarga solib berish o‘quvchini faqat iste’molchi o‘rnida qabul qilish an’anaga aylanib qolgan edi. Shunga ko‘ra ham " Milliy dasturda shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi"1, deb belgilangan.
Demak, metodika fani oldidagi eng muhim vazifalardan biri, o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol jalb etish, ularning ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishning samarali usullarini kashf etish va amaliyotga joriy qilishdan iborat.
Adabiy ta’lim samaradorligini oshirish, eng avvalo, o‘qituvchining pedagogik mahorati hamda uning ta’lim jarayoniga nisbatan yondashuvi muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda adabiyot o‘qituvchilarining pedagogik mahorati darajasi har bir dars hamda o‘rganilayotgan mavzu o‘quvchilarga yetkazib berish jarayoniga nisbatan ijodiy, texnologik yondashuvni taqozo etmoqda. Texnologik yondashuv negizida namoyon bo‘luvchi holatlarning asosiysi – bu dars jarayonining muayyan loyiha asosida tashkil etilishi sanaladi.
Ta’limning jarayonini texnologik yondashuvga muvofiq tashkil etish individual va ijodiy xususiyatga ega bo‘lib, fan o‘qituvchilarining ichki imkoniyatlari, shuningdek, ularning tashqi omillardan qay darajada foydalan olishlariga bog‘liqdir. SHunday bo‘lsada, biz bu o‘rinda Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanini o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘rganilishiga imkon beruvchi dars namunasi (loyihasi)ni keltirmoqchimiz.

Download 1.62 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Download 1.62 Mb.