Toshkent-2018 mundarija bmi ning




Download 1.62 Mb.
bet6/24
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#73647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
alisher Navoiy zamonaviy metod.docx 2
Ma\'lumotlar tuzilmasi va algoritmi (3-labaratoriya), Билдирги Иш хақи
1.2 Adabiyot darslarida adib hayoti va ijodini o‘rganish ustida olib boriladigan ishlar

Badiiy asarlarni o‘rganishda uning muallifi haqidagi ma’lumotlar ham ayricha ahamiyat kasb etadi. Bu ma’lumotlar ko‘pincha, asarning g‘oyaviy-badiiy mazmunini teranroq anglashda, asarning ijtimoiy-estetik mohiyatini to‘g‘ri belgilashda yordam beradi. Mazkur ma’lumotlar qaerlardan olinadi?
Ularni adiblarning o‘zlari yozib qoldirgan tarjimai hollardan, adib haqida aytilgan zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish- bilishlari va muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma holida yetib kelgan manbalardan olinishi mumkin. Bu boradagi eng yaxshi omillardan yana biri adib va yozuvchilarning asarlarida saqlanib qolgan materiallardir.

19


Masalan, Abdulla Oripov haqida gapirib turib, Erkin Vohidov shunday degan edi: ’’Barcha isyonkor shoirlar kabi Abdullaga ham oson bo‘lgan emas. Qattol tuzum qamchisidan u ham omon qolmagan. Lekin ruhiy azoblar, siquvlar, ming iztiroblar so‘nggida shoirga nasib bo‘lgan kattakon baxt shuki, u xalqi mehrini qozondi, o‘zi kurashgan ozodlik va mustaqillik g‘oyasining kurtak yozganiga guvoh bo‘ldi. Shoir uchun bundan ortiq saodat yo‘q’’3. SHoirning baxti uning dardkash qalbidagi inja tuyg‘ularning samimiyligida, Vatan degan so‘zning butun salmog‘ini, zalvorini, shukuhini qalbiningn tub-tubi bilan teran anglaganidadir.
Taniqli shoir Usmon Azim aytganidek, ’’Uning toza, yuksak, samimiy hech kimu hech narsadan hayiqmaydigan ovozi birdan O‘zbekistonni larzaga soldi.
Abdulla Oripovning har bir satri, har bir she’ri bilan adabiyot o‘zbek adabiyotiga qayta boshladi.
Shoiring birinchi kitobi misli ko‘rilmagan hayajon bilan kutib olindi. G‘ayrat va jasorat bilan yo‘g‘rilgan she’rlar yuraklarga, ruhlarga ’’Vatan” degan tug‘yonning mangu hayot muhabbatini sochib o‘tdi. Hozir biz “O‘zbekiston Vatanim manim’’ deb jo‘ngina aytayotganimiz satrlarni, u paytlarda hasratu g‘ussalar ichida ko‘z yoshlarimiz tirg‘irab yod aytganlarimiz yodimda…..
Abdulla Oripov she’riyati — sho‘rolarning qudratli mafkurasi siquvi ostida sarosimada qolgan yuraklarga sharaf bilan yashashning yagona yo‘li – Vatanni sevmoq ekanligini o‘rgatishga xizmat qildi. Vatanni ozod ko‘rishni istagan va keyinchalik bu yo‘lda sayi harakatlar qilgan insonlarining ko‘pchiligiga ham Abdulla Oripov she’riyati madad bo‘lganiga guvohmiz. Abdulla Oripov she’riyati mustamlakachilik davrida ham o‘zbekda oru nomus barqaror ekanligi haqida kelajakka ko‘rsatadigan o‘lmas hujjatlarimizdandir”.4
Bunday fikrlardan adabiyot darslari jarayonida foydalanish o‘quvchilarning badiiy adabiyotga, uning ijodkoriga nisbatan qiziqish va muhabbatini yanada kuchaytiradi.


3 O‘z AS, 2001 yil, 23 mart.
4 Usmon Azim. Vatanni sevmoqni o‘rgatgan shoir. // Oz AS 2001 yil, 23 mart.
20

Professor B.To‘xliyev “Adabiyot o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasida adib hayoti va ijodini o‘rganish yuzasidan batafsil ma’lumotlar bayon etilgan1.
Badiiy asarni tahlil qilish jarayonida adibning o‘z fikrlaridan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Masalan, Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodini o‘rganishda bevosita uning o‘z asari – “Qutadg‘u bilig”ga murojat qilish o‘rinli bo‘ladi. Buning asosiy sabablaridan biri adib haqida boshqa ilmiy, tarixiy manbalarda tegishli axborotlarning saqlanib qolinmagani yoki hozircha topilmay turishidir.
Kitob muqadimasida adib o‘zining tug‘ilgan yurtini eslatib o‘tadi:
Munuqi turug‘laq Quz o‘rdu eli,
Tub-asli, nasabdin yurumish tili.
Buning tug‘ilgan eli, Quz o‘rdudir,
Tub-asli, nasl-nasabdan tili so‘z ochdi.
Quz o‘rdu turkiylar istiqomat qiladigan qadimiy shaharlardan biri.
U Bolosag‘un nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. Bu shahar XI asrda
yaratilgan yana bir muhtasham obida – Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘ot it-turk” asarida bir necha marta tilga olinadi. Jumladan, bu shaharning arg‘un lahjasida Quz ulus, o‘g‘uz lahjasida esa Quz o‘rdu deb yuritilishini Mahmud Qoshg‘ariy maxsus qayd etadi.
Yusuf Xos Hojib ham, Mahmud Qoshg‘ariyga o‘xshab ko‘pgina o‘lkalarni kezib chiqqan, talaygina sayru-sayohatlarda bo‘lgan, chamasi. Uning quyidagi misralari shunday fikrga undab turadi:
Bu tug‘mish elindin chiqib barg‘ani,
Kitabni qo‘shuban tugal qilg‘ani.
Bu o‘z tug‘ilgan elidan chiqib borgani,
Kitobni jamlab tugal qilgani (haqida gapiradi).

Adib asarini yozishga bir yarim yil vaqt sarflaydi.

1 To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T., Yangi asr avlodi, 2006,113-bet.
21

Tugal o‘n sakkiz ayda aydim bu so‘z,
O‘durdum, adirdim so‘z evdim tera.
Bu so‘zlarni tugal o‘n sakkiz oyda aytib bo‘ldim,
Tanladim, farqladim, terib so‘z yig‘ib (to‘pladim).
O‘n sakkiz oy, tabiiyki, asarni bevosita yozish uchun sarflangan muddat. Adibning unga katta tayyorgarlik ko‘rgani va ko‘pkuch sarflagani aniq. Har holda asarning Qashg‘arda tugatilgani maxsus qayd etiladi:
Barusi bitilmish, yeturmish nizam,
Bu Qashg‘ar elinda qo‘shulmish tamam.
Borini yozdim, tartib berdim,
Bu kitob Qashqar elida tamom yozildi.
“Qutadu bilig” da dostonning yozilishi sanasi ham qayd etilgan:
Yil altmish eki to‘rt yuz bila,
Bu so‘z so‘zladim men tutib jan sura.
To‘rt yuz oltmish ikkinchi yil edi,
Men jonni koyitib ushbu so‘zni so‘zladim.
To‘rt yuz oltmish ikkinchi - hijriy yili. Uni milodga aylantirsak, 1069-1070 yillarga to‘g‘ri keladi.
Adibning ismi Yusuf ekanligi haqida asar so‘nggidagi qasidalardan birida o‘qiymiz:
E Yusuf, kerak so‘zni so‘zla ko‘ni,
Keraksiz so‘zug kezla, qilg‘a qo‘r-a.
Ey Yusuf, kerak so‘zni ro‘yi rost so‘zla,
Keraksiz so‘zni yashir, (chunki u) ziyon qiladi.
Kitob Qashqar eligi – hukmdori Tavg‘ach ulug‘ Bug‘roxonga tortiq qilinadi.
Buning evaziga esa u Xos Hojiblik lavozimi bilan taqdirlanadi. Asardagi nasriy muqaddimada shunday deyiladi: “Ammo bu kitobni Qashg‘arda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg‘achxon uskinga kekurmish, malik ani ag‘irlab, ulug‘lab o‘z Xos Hojibliki anga bermish turur, aning uchun Yusuf Ulug‘ Xos Hojib teb ati-javi yazilmish turur (ya’ni), «Ammo bu kitobni Qashqarda tugal qilib, Mashriq maliki

22


Tavg‘achxon dargohiga keltiribdi. Malik uni yorlaqab, ulug‘lab, o‘z (saroyida) Xos Hojiblik (lavozim)ini unga beribdi. SHuning uchun Yusuf Ulug‘ Xos Hojib deb mashhur nomi tarqalibdi».
Dostonda adibning yoshi borasida ham ayrim ishoralar mavjud:
Tegurdi menga algi ellik yashim,
Qug‘u qildi quzg‘un tusiteg bashim.
Ellik yoshim menga qo‘l tegizdi,
(Qora) quzg‘un tusidek boshim(ni) oqqush(dek) qildi
(ya’ni sochim oqardi).
Yoki:
O‘tiz yig‘mishin yandru aldi elig,
Neku qilgay altmish tegursa alig.
O‘ttiz (yosh) yiqqanlarini ellik (yosh) qaytarib oldi,
Agar oltmish (yosh) qo‘l tegizsa, nimalar qilar ekan?
Bulardan ko‘rinadiki, adib asar yozilgan paytda ellik bilan oltmish orasida
bo‘lgan.
Mana bunday muallif izohlari, eslatmalari badiiy ijodning o‘ziga xos
xususiyatlarini tushunish uchun ham, adibning shaxsiyatiga aloqador bo‘lgani ma’lumotlarni oydinlashtirish uchun ham, o‘rni-o‘rni bilan esa muayyan bir adabiy hodisaning ijtimoiy-estetik ahamiyatni tasavvur etish uchun ham favqulodda katta yordam berishi mumkin bo‘ladi.
Adabiyotshunos olim D.Quronov bu haqda yaxshigina kuzatishlarini e’lon qilgan: «Ko‘pincha el ichida ijodkorlar to‘g‘risidagi turli-tuman mish-mishlara, uzunquloq gaplarga duch kelinadiki, goho ularning bir-biriga tamomila zidligiyu aql bovar qilmas darajada ajabtovurligidan shoshib qoladi kishi. Albatta, bu nav mish-mishlar el nazdida katta obro‘-e’tibor topgan kishilar hayotiga qiziqishning zo‘rligidan yuzaga keladi. Biroq o‘ylashimizcha, buni ommaviy qiziquvchanlikning o‘zi bilangina izohlash kam ko‘rinadi. Zero, buning asosiy sabablaridan biri sifatida adabiyotshunosligimizda ijodkor biografiyasini o‘rganishga yetarli e’tibor berilmasligini ko‘rsatishga moyilmiz. Hatto, sir emas,

23


ijodkor biografiyasi bilan bog‘liq ishlarga mensimasdanroq, ilmdan yirog‘ hodisa sifatida qarash hollari ham yo‘q emas. Holbuki, adibu shoirlar hayotiga oid
faktlarni to‘plashu ilmning chinakam «qora ishi» sifatida baholanishi kerak. Sababki, bu xil ishlar konkret ijodkorning shaxs va san’atkor sifatidagi tadrijini
kuzatish yoki konkret asarning ijodiy tarixini, uni to‘g‘ri talqin qilish uchungina
emas, ijod psixologiyasi, ijodkor va jamiyat munosabati kabi qator umumestetik muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi»5. SHunga qaramay, muallifning shaxsiyati uning asarlarida turlicha aks etishi mumkin. Ba’zan u ochiqdan ochiq ifodalansa, ba’zan muayyan vositalar org‘ali tasvirlanashi, ba’zi
hollarda esa muallifning shaxsiyatini bevosita idrok etish ancha qiyin kechadi. Badiiy asarning ijodkor shaxsiyatining ifodachisi ekanligini anglab yetgandan keyingina asar mohiyati ham, uning muallifinitng nuqtai nazarlari ham o‘quvchiga
to‘laroq va teranroq tushuniladi. SHundagina muallifning adabiyotga, jamiyatga, shu xalq va millatga bo‘lgan muhabbati va xizmatlari to‘la idrok etiladi.
«Yozuvchi, san’atkor oddiy kishilardan shu bilan ham farq etadiki, uning asarlarida hayot hodisalari, faktlar faqat qayd etilibgina qolmaydi. Har gal biror hodisa, fakt haqidagi hikoya – yozuvchining, san’atkorning shu narsaga, hodisaga, pirovardida- kishilarga ijobiy yoki salbiy munosabati bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Bu «munosabat faktori» shunchalik muhimki, faqat ugina bizga hodisa haqida haqqoniy, mukammal, yorg‘in tasavvur bera oladi. San’atkorning ijobiy munosabati, mehri va muhabbati bilan qizdirilgan hayotiy fakt, xuddi endigina cho‘g‘dan olingan temirdek, o‘z rangi, harorati, fazilatlari bilan hayratga solishi va tahsinimizga sazovor bo‘lishi mumkin»6.
Ta’lim jarayonida «Sayohatnoma» o‘rganilyapti deylik. Bunda muallifning tarjimai holiga, yoki yanada aniqrog‘i shaxsiyatiga oid qaysi jihatlarga urg‘u berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi?


5 Quronov D. «Adabiyot nadir» yoki Cho‘lponnin mangu savoli. Adabiy-tanіidiy maqolalar.- T.: «Zarqalam»,
2006,40-41-betlar.
6 Izzat Sulton. Navoiyning іalb daftari. Buyuk shoir µayoti va ijodi ґzining va zamondoshlarining tasvirida. –
Toshkent, o‘afur o‘ulom nomidagi adabiyot va sanhat nashriyoti, 1969, 11-bet.
24

Asar matni ustida ishlash asnosida muallif nuqtai nazarini aniqlashga imkon beradigan nuqtalarga o‘quvchilar e’tiborini tortish, shu asosda muallif aytgan fikrlar zamiridagi aytilmagan nuqtalarni topishga imkon qidirish mumkin bo‘ladi7.
Ayrim adiblarning tarjimayi holini o‘rganishda boshqa kishilar, mashhur
shaxslar, yirik olimlar, yirik davlat va jamoat arboblarining fikrlaridan ham foydalanish mumkin bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Erniyozbey o‘g‘li Ogahiy, Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat singari ko‘plab mumtoz adabiyotimiz vakillarining hayoti va ijodini o‘rganishda shu usuldan foydalanish yaxshi samara beradi.
Zahiriddin Muhammad Bobur
«Chig‘atoy sultonlarining eng sarasi va zo‘r
shijoatlisi edi»
Hasanxo‘ja Nisoriy

Download 1.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 1.62 Mb.