|
Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik |
bet | 240/265 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | | | #233465 |
Bog'liq 11-sinf yangi 2022 (2)2. SMS yuborish.
Foydalanuvchi Internetdan o‘ziga kerakli axborot manbasini topadi va uni
kompyuteriga ko‘chirib olish uchun “Yuklab olish” tugmachasini bosadi. So‘ngra u yuklash
cheklovlarini olib tashlash uchun telefon raqamini kiritishi va “Davom etish” tugmachasini
bosishi kerakligi haqidagi xabarni ko‘radi.
Himoyalanish yo‘li.
“Davom etish” tugmachasini
bosmang. Bu havola bosilganda, firibgarlar telefon yoki kompyuterga virusli dasturiy
ta’minotni yuklaydi yoki turli bahonalar bilan shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun
saytlar tuzog‘iga tushirishga harakat qiladi.
3. Oson pul topish taklifi.
Ko‘p saytlarda hech qanday bilim va ko‘nikmalarsiz pul ishlash
taklif qilinadi. Buning uchun foydalanuvchidan ko‘rsatilgan hisob-raqamiga oz miqdorda
pul o‘tkazish talab qilinadi. Bu holat 2–3 marta takrorlanadi.
Himoyalanish yo‘li.
Faqat
firibgarlargina Internetda tez pul topishni taklif qiladi. “Bir hafta davomida investitsiya qilingan
mablag‘lar 2 barobar ko‘payadi” yoki “Siz uchun sarmoyasiz daromad” kabi iboralardan
ogoh bo‘ling. Saytlardagi oson pul topish haqidagi taklif va shubhali xat-xabarlariga e‘tibor
bermang.
4. Akkauntni bloklash.
Ijtimoiy tarmoqlar (Twitter, Odnoklassniki, Facebook, Vkontakte va
h. k.) akkauntlariga kirilganda, firibgarlar akkaunt yoki unga bog‘langan elektron hamyon
bloklanganligi haqida ma’lumot beradi. Blokdan chiqarish uchun tegishli raqamga SMS
yuborish yoki ko‘rsatilgan havola orqali shaxsiy ma’lumotlarni kiritish kerakligi aytiladi.
Himoyalanish yo‘li.
Bank kartalari va elektron hamyon parollari, shaxsiy ma’lumotlaringizni hech
kimga bildirmang. Bunday xat va xabarlarga e‘tibor bermang va shubhali havolalarni ochmang.
5. Tanishuv saytlari.
Tanishuv saytlarida firibgarlar, asosan, chet ellik yoki va olisda
|
| |