I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA



bet237/265
Sana14.05.2024
Hajmi
#233465
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   265
Bog'liq
11-sinf yangi 2022 (2)

I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
307
Quyida eng keng tarqalgan kiberhujum turlari keltirilgan:
Kiberhujum
Kiberhujum vazifasi
Nima qilish kerak?
Fishing
Begona shaxsning o‘zini ishonchli 
shaxs yoki tashkilot sifatida ko‘rsatib, 
shaxsiy maʼlumotlarni, masalan, 
parol va kredit karta maʼlumotlarini 
yig‘ishga urinishi.
Hech qachon maxfiy ma’lumotni elektron 
pochta orqali yubormang yoki telefon 
orqali aytmang. Shubhali ko‘ringan 
xabarlarni ochmang va o‘qimang. 
Ishonch hosil qilish uchun avval elektron 
pochta manzili va domen nomi to‘g‘ri 
ekanligini tekshiring.
Pharming
Farming xakerlar tomonidan 
Internet foydalanuvchisini haqiqiy 
bank, savdo va xizmat ko‘rsatish 
korxonalarining soxta veb-saytlariga 
avtomatik ravishda qayta yo‘naltiradi 
va parollarni “o‘zgartirish” imkonini 
beradi. Parollarni o‘zgartirish o‘rniga, 
u asl login, parolni saqlab oladi va 
ulardan foydalanadi.
Parolni o‘zgartirishni talab qilgan vaqtda 
parolni o‘zgartirish uchun yuborilgan 
havolalarga kirmang. 
Mahfiy ma’lumotlarni talab qiluvchi har 
qanday veb-sayt domen nomi va veb-
manzilini tekshiring.
Ransomware 
Ransomware virus bo‘lib, u 
foydalanuvchining barcha fayllarini 
bloklab qo‘yadi va undan foydalanish 
uchun ma’lum miqdordagi to‘lovni 
amalga oshirishni talab qiladi. 
Internetda huddi shu holat uchun 
foydalanuvchilar pul to‘lagan yoki 
to‘lamaganligini bilishga harakat qiling. 
Fayllar so‘ralgan pul miqdoriga arziydimi 
yoki yo‘qmi? Puxta o‘ylab ko‘ring va qaror 
qabul qiling.
Zararli 
dasturiy 
ta’minot
Zararli dasturiy ta’minot qurilmalarni 
to‘xtatadi yoki sezilarli darajada 
sekinlashtiradi. Zararli dasturlar 
elektron pochta qo‘shimchalari yoki 
musiqa, rasmga yashirilgan xavfli 
tarkib orqali tarqatiladi. 
Zararli dasturlarga qarshi Avast
Kasperskiy, Bitdefender kabi dasturlar, 
xavfsizlik devori va ruxsatsiz kirishni 
taqiqlovchi tizimlardan foydalaning. 
DDoS-
hujumlari
DDoS hujumlari buzg‘unchiga tizim 
yoki serverga katta miqdordagi 
trafikni yo‘naltirganda, uni biroz 
vaqtga to‘xtatib turishga yoki 
umuman to‘xtatishga majbur qilgan 
vaqtda sodir bo‘ladi. 
Afsuski, DDoS hujumlari uchun universal 
himoya yo‘q. Buning uchun apparat, 
dasturiy ta’minot, hatto tashkiliy chora-
tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi kompleks 
yondashuv zarur. Hujum qilinayotgan 
IP-manzilni blokirovka qilish va hujumni 
aniqlash uchun maxsus apparat va 
dasturiy vositalardan foydalaning.



Download
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   265




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA