|
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA |
bet | 238/265 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | | | #233465 |
Bog'liq 11-sinf yangi 2022 (2)I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
308
Kiberjinoyatlarda xakerlar to‘g‘ridan to‘g‘ri kompyuter yoki boshqa qurilmalarni nishonga oladi
va undan zararli dasturiy ta’minot kodlarini tarqatish, noqonuniy ma’lumot olish, firibgarlik
maqsadida shaxsning ma’lumotlarini o‘g‘irlash maqsadida foydalanadi. Demak, kiberjinoyatlar
ko‘rinishlari bilan tanishamiz.
Axborotlarning o‘g‘irlanishi
Axborot
– boshqa shaxslarga zarar yetkazmoqchi bo‘lgan shaxslar uchun eng qimmatli
manbalardan biri. Kiberjinoyatchilar boshqa shaxs kompyuteridagi fayllarni buzish orqali
uning shaxsiy ma’lumotlariga kiradi:
shaxsiy ma’lumotlar
kiberjinoyatchiga shaxsiy identifikatsiya raqamingizdan foydalanib,
sizning nomingizdan savdo hisob raqami ochish, kredit olish uchun ariza berish kabi
imkoniyatlarni beradi;
moliyaviy ma’lumotlar
orqali kiberjinoyatchi sizning bank rekvizitlaringizni bilib oladi va bank
hisob raqamingizga kirish, pullaringizni o‘g‘irlash va onlayn xarid qilish kabi ishlarni amalga
oshiradi;
ijtimoiy mediama’lumotlar.
Agar kiberjinoyatchi ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingiz yoki
ma’lumotlaringizga kirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u sizning nomingizdan do‘stlaringiz va oila
a’zolaringizni ta’qib qilishi yoki ulardan foydalanishi mumkin. Buni u odamlardan pul so‘rash
yoki virusni o‘z ichiga olgan turli mavzulardagi xabarlarni yozish orqali amalga oshiriadi;
qiziqishlar
ingiz doirasida o‘ylab qo‘ygan g‘oya va fikrlaringiz boshqalar uchun juda qimmatli
bo‘lishi mumkin. Kiberjinoyatchi ana shu g‘oya va fikrlaringizni turli kompaniyalarga “sotishi”,
keyinchalik o‘girlangan g‘oyalar asosida kompaniya aynan sizga yo‘naltirilgan maxsus taklif va
reklama e‘lonlarini ishlab chiqishi mumkin.
Bunday muammolarning oldini olish uchun agar zarurat bo‘lmasa, maxfiy ma’lumotlaringizni
boshqalarga bermang, ularni kuchli va xavfsiz parollar yordamida himoya qiling.
Download |
| |